O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
O‘quvchilar:
organizmning tuzilishi, uning tizimlardan, to‘qima va xujayradan tashkil topishi;
tizimlarni tashkil qiladigan a’zolarni tuzilishi va vazifasi;
a’zolarning aniq joylashishini va topografiyasi;
a’zolardagi o‘zgarishlarni va moddalar almashinuvi jarayoni;
tizimlarga kiradigan a’zolarni ketma-ketlikda joylashishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
|
Bilimlar
|
Anatomiya, fiziologiya va patologiya fanining rivojlanish tarixi va uni o‘rganish usullari
Salomatlik va kasallik. Organizmning muhofaza va kompensator-moslashish reaksiyalari.
Yallig‘lanish. Shikastlanish vashikastlanish natijasida organizmning umumiy reaksiyalari
Hujayra haqida ma’lumot. To‘qima tuzilishi, turlari.
A’zo va a’zolar sistemasi haqida tushuncha. O‘smalar.
Suyaklar haqida ta’limot.
Mushaklar xaqida ta’limot.
Nafas a’zolari tizimi.
Ovqat hazm qilish a’zolari tizimi.
Ayirish a’zolari tizimi.
Reproduktiv a’zolar tizimi.
Gomeostaz.
Moddalar va energiya almashinuvi. Ichki sekresiya bezlari
Yurak qon-tomirlar, limfa tizimi.
Asab tizimi.
Sensor tizimi.
|
Ko‘nikmalar
|
Hujayrani tuzilishi, tarkibiy qismlari, joylashishini anatomik atlas, tarqatmalarda, jadval va elektron darsliklar yordamida o‘rganish. To‘qimalarni turlarini, tuzilishini jadvallarda ko‘rsatish. A’zolarni organizmda joylashishini, qaysi tizimga kirishini torsda ko‘rsata olish;
Skeletning tarkibiy qismlar, ularni o‘zaro birikishi, joylashishi. Suyaklarning qismlarini mulyajlarda ko‘rsata olish;
bosh va bo‘yin mushaklari guruhlarining qismlari;
orqa, ko‘krak va qorin mushaklari guruhlari;
qorinning oq chizig‘ini hosil bo‘lishini, yelka kamari va qo‘l mushaklari, chanoq va oyoq mushaklari, bosh va bo‘yin mushaklari guruhlarini mulyaj, planshetlarda ko‘rsata olish;
tinch holatda va jismoniy mashqdan so‘ng nafas tezligini aniqlash, spirometriyani o‘tkazish, fonendoskop yordamida o‘pkaning faoliyatini eshitish, nafas olish tiplarini aniqlash;
yurak qon tomirlar va limfa tizimiga kiruvchi a’zolarning tuzilishini va joylanishini rangli chizmalarda, anatomiya atlasi, planshet, mulyajlar vositasida o‘rganish;
tinch holatda va jismoniy mashqlardan so‘ng pulsni sanash, yurak tomirlarini eshitish, qon bosimini o‘lchash;
tomirdan qon oqayotganda to‘g‘ri jgut qo‘yish, vaqtini belgilay olish.
sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish.
EKGni qo‘llashni va standart usullarni o‘rganish. EKG rasmini chizish;
yurak qon tomir, limfa tizimiga kiruvchi a’zolar kasalliklaridagi patologik holatlarni o‘rganish
ovqat hazm qilish a’zolari tizimiga kiruvchi a’zolarning tuzilishni, joylashishi, chegaralarini palpasiya, perkussiya qilib chegaralarini va konsistensiyasini aniqlash, mulyaj va fantomlarda ko‘rsata olish;
qon surtmasining jadvalini o‘rganish, qon guruhlari va rezus faktorni aniqlash. Qon ivishini aniqlash. Gemogrammani taxlil qilish. Qon oqishlarda, gemotransfuzion shokda shoshilinch yordam ko‘rsatish. Qon ivish xususiyatining kasalliklaridagi o‘zgarishlarini o‘rganish;
ichki sekresiya bezlari va ularning gormonlarini o‘rganish. Ichki sekresiya bezlarini joylashgan joyini jadvallarda, mulyaj va tarqatma, qo‘llanmalar, anatomik atlasda ko‘rsata bilish. Ichki sekresiya bezlarini gormonlarini bir-biridan ajratib turadigan xususiyatlarini va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni o‘rganish;
orqa miya va bosh miyaning tuzilishi, joylashuvini, ulardan chiquvchi nervlarni planshet, mulyaj, jadvalda, kalla skeletida, umurtqa pog‘onasida, anatomiya atlasi va elektron darsliklar yordamida o‘rganish, rasmlarini chizish. Ko‘z qorachig‘i va tizza reflekslarini kuzatish;
ko‘zning tuzilishi, joylashishini planshet, jadvallar, kalla skeleti va modellar vositasida o‘rganish. Ko‘z qorachig‘i refleslarini aniqlash. Ko‘ruv o‘tkirligini Sivsev jadvali yordamida aniqlashni o‘rganish.
quloqning tuzilishi, joylashishini anatomik atlas, planshet, jadvallar vositasida o‘rganish;
Sensor tizimga kiruvchi a’zolar kasalliklarining patologik holatlarini o‘rganish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |