Periferik nerv sistemasiga ta’sir kiluvchi vositalar
|
Afferent innervasiya haqida tushuncha, tasnifi va guruh preparatlarining nomlanishi,qo‘llanilishi va ta’siri haqida tushuncha berish. Afferent innervasiyaga ta’sir qiluvchi dori preparatlarning terapevtik dozalari, qo‘llanishi, ulardan zaharlanish belgilari, zaharlanishlarda yordam choralari.Anseteziya qiluvchi vositalari: novokain, lidokain, dikain va anestezin, burishtiruvchi vositalar: eman po‘stlog‘i qaynatmasi, shalfey bargi damlamasi, moychechak guli damlamasi, dermatol, kseroform, achchiqtosh. O‘rab oluvchi vositalar: kraxmal va zig‘ir urug‘i shilimshiqlari; adsorbiyalovchi vositalar: aktivlangan ko‘mir, karbolen, oq gil va smekta. Ta’sirlantiruvchi vositalar: kamforaning spirtdagi eritmasi, mentol, achchiq qalampir nastoykasi, ammiak eritmasi va menovazin. Preparatlarining dozasini aniqlash va resept yozishni o‘rganish.
Efferent innervasiya haqida tushuncha. Xolinergik sinapslarga ta’sir qiladigan moddalar, tasnifi, xossalari, qo‘llanishi, nojo‘ya ta’siri va oldini olish choralari haqida ma’lumot berish
M-Xolinomimetik moddalar: pilokarpin gidroxlorid, aseklidin.
N-Xolinomimetik moddalar: sititon, lobelin gidroxlorid. Sitizin va lobelin alkoloidlaridan chekishga qarshi foydalanish (tabeks, lobelin, anabazin).
Antixolinesteraza moddalari: prozerin, galantamin gidroxlorid, kalimin, neyromedin. Fizostigmin salisilat ta’siri va qo‘llanilishi (fosfakol, priafos). Fosofororganik birikmalarning toksik ta’siri, ular bilan zaharlanish va davolash usullari.
M-xolinoblokada qiladigan moddalar: atropin sulfat, skopalamin gidrobromid, platfilin gidrotartrat, metasin.Atropin sulfatning ko‘zga va silliq mushaklarga ta’siri, undan zaharlanganda birinchi yordam berish.
N-xolinoblokada qiladigan moddalar: benzogeksoniy, pentamin, gigroniy, pirilen, temexin, kvateron.
Kuraresimon vositalar: paramion, anatruksoniy, diaksoniy, melektin, ditilin, dekametoniy, tubokurarin xlorid, diplosin, melliktin, ditilin, dioksoniy preparatlarining dozasini aniqlash va resept yozishni o‘rganish
Adrenergik sinapslarga ta’sir qiladigan moddalar, tasnifi, xossalari, qo‘llanishi, nojo‘ya ta’siri va oldini olish choralari.
Adrenomimetiklar: adrenalin, noradrenalin, efedrin, mezaton, naftizin, izadrin, salbutamol. Adrenoblokatorlar: labetalol, rezerpin, oktadin, fentolamin, digidroergotamin, anaprilin, oksiprenalol preparatlarining dozasini aniqlash va resept yozishni o‘rganish
Simpatolitiklar: oktadin, rezerpin, raunatin, ornit, metildofa preparatlarining dozasini aniqlash va resept yozishni o‘rganish, ularning qo‘llanilishi va salbiy ta’siri, vaziyatli masalalar yordamida ularni qo‘llash va monelik holatlarini o‘rganish, preparatlarning terapevtik dozalari, qo‘llanishi, ulardan zaharlanish belgilari, zaharlanishlarda yordam choralari, preparatlarga resept yozish.
|
8
|
N
|