Ko‘nikma
|
shifokor o‘rta tibbiy xodim munosabatlaridagi muammolarni yechish;
o‘rta tibbiy xodim-bemor munosabatlaridagi muammolarni yechish;
maqsadli guruhlarni aniqlash;
aholining turli guruhlari salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
turli guruhdagi aholini salomatlik darajasiga qarab guruhlarga ajratish;
antistress dasturlarni ishlab chiqish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
|
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi
|
“Valeologiya” fani umumkasbiy fan hisoblanib, dasturni amalga oshirishda o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha umumkasbiy va maxsus fanlari bilan o‘zaro bog‘liq. Ta’limga bunday yondashish o‘quvchilarning o‘quv jarayonida va kelgusi amaliy faoliyatlarida uchraydigan tibbiyotga oid qoidalarini ongli ravishda o‘zlashtirishini ta’minlaydi.
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
N –nazariy ta’lim;
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, seminar topshiriq
|