Kimki bilimsizlik zindonida gum,
Gadodir tillosi bo‘lsa hamyuz xum.
(Xusrav Dehlaviy)
Jamiyatda e’tirof etilishni, mazmunli hayot kechirishni istagan odam, avvalo shaxs sifatida shakllangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa o‘zimizda muvozanatlashgan hayot falsafasini shakllantirishimiz va so‘ngra uning qoidalariga muvofiq yashash sari to‘xtovsiz intilishimiz zarur.
Kitob o‘qish ko‘nikmasini orttirish esa mazkur hayot falsafasining asosini mustahkam qurish uchun muhim vosita hisoblanadi. Agar biz, eng bo‘lmaganda, so‘nggi 3-4 oyda bitta kitob o‘qimasak, bu intizomsizligimiz va loqaydligimiz hayotimizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmayotganday tuyuladi. Go‘yoki hammasi joyida, pul topishimiz yaxshi, mansabimiz, yuqorida ishongan odamimiz bor va h. Demak, go‘yoki hech qanday «fojea» sodir bo‘layotgani yo‘q, hamma narsadan kafolatlanganmiz, keyinchalik ham mana shunday davom ettiraverish mumkin. Aslida, esa fojea boshlangan va chuqurlashayotgan bo‘ladi. Kitob mutolaa qilmaslikdan ham eng dahshatli fojea, umuman kitobga, xususan badiiy adabiyotga qiziqmaslik, loqaydlik. Bundan qutulishning yagona va to‘g‘ri yo‘li o‘zimizda kitob mutolaa qilish ko‘nikmasini qaror toptirish.
Ilmiy-pedagogik faoliyatda mukammallashib borish uchun ham badiiy adabiyotlarni ko‘proq mutolaa qilish lozim. Masalan, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» asarlarini
o‘qiganimizda Otabek bilan Kumushning, Anvar bilan Ra’noning sevgisi, sadoqati bilan birga xalqimizning mentaliteti, odamlar psixologiyasi va ijtimoiy munosabatlarning boshqa nozik jihatlari to‘g‘risida keng qamrovli chuqur bilim olamiz. Said Ahmadning «Kelinlar qo‘zg‘oloni» asari asosida sahnalashtirilgan pyesada Farmonbibining kelini Sotti bilan oila daromadlari va buromadlarini hisob-kitob qilish epizodiga e’tibor beraylik. Bunda biz o‘qitayotgan «Moliya» fanidagi «oilaviy xo‘jalik moliyasi», «oila byudjeti» yoki «byudjetlashtirish» muammolarining hayotdagi yechimlarini ko‘ramiz. Hatto, xorijiy tillardan yuksak mahorat bilan tarjima qilingan asarlar ham insonni zavqlantiradi, quvonch baxsh etadi. Jumladan, A.Oripov tomonidan tarjima qilingan Dante Aligerining «Ilohiy komediya» asari yoki E.Vohidov tarjimasidagi S.Yeseninning «Fors taronalari» turkumini fikrimizning dalili sifatida keltirishimiz mumkin.
Hatto maxsus bilimlar sohasidagi fanlar ham o‘z tadrijiy taraqqiyoti yo‘lida dastlab ijtimoiy-iqtisodiy makondagi ehtiyojni qondiradigan hodisa sifatida vujudga kelib, keyinchalik adabiy tilning bir bo‘lagiga va nihoyat professional bilimlar sohasiga aylanadi hamda shu tarzda takomillashib boradi. Shu bois, haqiqiy, hayotiy, qomusiy badiiy asarlarni mutolaa hamda mushohada qilish tor ixtisoslashgan bilimlar sohasini o‘rganishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Demak, yosh izlanuvchilar va magistrantlarda ham mumtoz o‘zbek badiiy adabiyotini o‘qish va mushohada qilish ko‘nikmasini rivojlantirish zarur.
O‘zbek adabiy tilini mukammal o‘zlashtirish uchun A.Qodiriy, G‘.As-salom, A.Qahhor, P.Qodirov, Sh.Xolmirzayev kabi adiblarning nasriy asarlarini muntazam o‘qishimiz, «ilmiy poeziya» tilini egallash uchun esa A.Oripov, E.Vohidov, O.Matchon, M.Yusuf kabi hassos shoirlar ijodidan bahramand bo‘lishimiz zarur. Darhaqiqat, «Fan bilan she’riyat go ‘yo qarama-qarshi ikki qutbdir, deya hisoblanadigan odatiy fikr aksari yanglish fikrdir. Hayotlarini ilmiy izlanishlarga bag ‘ishlagan kishilar ular o ‘zlari o ‘rganayotgan narsaning poeziyasini boshqa odamlar singarigina emas, balki ularga nisbatan ancha jonliroq qabul qila olishlarini bizga doimo isbotlab kelishyapti» (G. Spenser). Bu tafsilotlar o‘quvchida birinchidan, til boyligini oshirsa, ikkinchidan, fikrni bayon qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Shunday qilib, olim bo‘lishdan oldin fikrlarimizni ilmiy-adabiy tilda nafis va mantiqan izchil bayon qilish layoqatiga ega bo‘lish, yozgan ilmiy ishimizning har bir jumlasini o‘quvchida mufassal tasavvur shakllantiradigan darajaga yetkazishning muhim shartlaridan eng asosiysi kitob mutolaa qilishdir.
§. «Ustoz-shogirdlik» taomillari126
Biz erkaklar, hammamiz otamiz. Ota sifatida xafa bo‘lish yo‘q. Hammamiz qaysidir ma’noda ustozmiz. Ustoz sifatida taltayish yo‘q. Ammo haq gapni aytish kerak. Ustoz otangdan ulug‘!
Barcha farzandlar singari Amir Temur uchun ham otasi ulug‘. Uning qudrati otasini shu maqbaraga dafn qilib poyiga o‘zini qo‘ydirishga yetar edi. Ammo ustozini ulug‘lab uning poyiga dafn etishligini vasiyat qilganligi ha,m ustozning otadan ulug‘ligidan dalolatdir.
Ota o‘z farzandiga oZining bisotidagi hamma narsani berishi mumkin. Ammo, farzand u bilan ulug‘lik darajasiga ko‘tarila olmasligi muqarrar. Chunki, barcha otada ustozlik qila oladigan kasbi va qobiliyati bo‘lmasligi mumkin. Farzandni tarbiyalab ulug‘lar safiga qo‘sha oladigan ustozdir. Bu bilan ham ustoz ulug‘dir.
Ota uchun farza.nd uning zurriyoti, hayotining
davomchisi. Ustoz uchun esa u ulug‘ ishlarning davomchisi. Farzand ota xizmati bilan bu darajada ulug‘la,nma,sligi mumkin, ammo ustoz o‘rgatgan kasb bilan u ulug‘lar safidan joy oladi. Bu ham otaga nisbatan ustozning ulug‘ligidan dalolatdir.
Ota o‘g‘ri bo‘lsa, farzand ham o‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Bundaylar jamiyatda la’natlanadi. Agar unda iqtidor bo‘lsa va yaxshi ustozning qo‘liga tushib qolsa, u alloma bo‘lishi mumkin. Bu ha,m ustozning ulug‘ligidan dalolatdir.
Otaning farzandiga yaxshilik qilishi uchun ota,lik hissi bor, ustozning esa, birovning farzandini koklarga
ko‘taradigan kasbni o‘rgatish uchun jonkuyarlik bilan harakat qilib, hatto o‘zini ha,m bag‘ishlashi uning insoniylik fazilatlaridandir. Insoniy fazilati yuksak odamlar ulug ‘dirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |