Ilmiy ishni o ‘zing
yozganingdagina, har xil
davrlarda yashagan
mutafakkir olimlar yordamini
seza boshlaysan
G.Alekandrov
Afsuski, ko‘chirmachilik f
£
(plagiat) muammosi ta’lim, eng yomoni, ilm-fan sohalarida hozir ham davom etib kelmoqda. Bu illat talabalar, magistrantlar va hatto ayrim doktorantlar orasida ham uchraydi.
Ko‘chirmachilik(plagiat)da ayblanmaslik uchun ilmiy ishni yozishda ma’lum qoidalarga rioya qilish zarur. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, ko‘chirmachilik(plagiat) borasida so‘z yuritilganda, ilmiy tadqiqotlarda har xil manbalardan foydalanmaslik kerak, degani emas. Aksincha, har qanday ilmiy ish ham bizdan oldin yashab o‘tgan va zamondosh olimlarning ishlari negizida amalga oshiriladi. Har doim ham yangi ilmiy ish boshqa mualliflar asarlarini sharhlash, tadqiq va tahlil qilish, ularni rivojlantirish natijasida bunyod bo‘lgan. Faqat boshqalarning ishini qanday bo‘lsa, shundayligicha ko‘chirmaslik yoki soxtalashtirmaslik kerak!
Ayrim hollarda bitta muammoga ayrim mualliflar fikri, nuqtai nazari mos kelib qolishi ham mumkin. Bu ko‘chirmachilik(plagiat) hisoblanmaydi. Boshqa mualliflar g‘oyalariga asoslanib, izlanuvchi qandaydir muammo yechimiga yangicha yondashishi, o‘z uslublarini taklif etishi va asoslab berishi mumkin. Albatta bu ham ko‘chirmachilik hisoblanmaydi.
Shunday qilib, falsafa doktori (Ph.D) yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar, xususan ilm yo‘lini tanlagan barcha yoshlar o‘z tadqiqotlarida boshqa mualliflarning ishlaridan foydalanganlarida hamda o‘zlarining fikrlarini bayon qilishda juda e’tiborli bo‘lishlari zarur. Boshqalarning ishini ko‘chirish va ma’lumotlarni soxtalashtirish izlanuvchining ilmga layoqatsizligidan
dalolat beradi, g‘ayriilmiy (soxta) xulosalarga va natijada, ilm-fanni hamda ilmiy jamoatchilikni obro‘sizlantirishga olib keladi.
2-§. Iqtibos (sitata)lar keltirish
Dalil-isbot bo ‘Imaganida sitatadan foydalanishadi.
Gelvetsiy
Endi iqtibos xususida. O‘zbek tili izohli lug‘atining 2-jildida iqtibos (^ЦЗк) tushunchasi arabchadan, «qisqartirish, toraytirish; qo‘lga kiritish; ko‘chirma olish; ko‘chirma, dalil keltirish»130 deb izohlangan.
Bu tushuncha O‘zbekiston milliy entsiklopediyasining 2-jildida yanada batafsilroq tavsiflangan: «Iqtibos (arab. -ziyo olmoq), s i t a t a- biror asardan so ‘zma-so ‘z olingan parcha. Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material-misol sifatida qo ‘llaniladi»124 125.
Shu yerda iqtibos tushunchasining etimologiyasi, asl mohiyati ustida chuqurroq fikr-mulohaza yuritsak. Chunki ilmda aslni noasldan ajratish eng muhim va murakkab masalalardan hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan «ziyo olmoq» so‘z birikmasidagi «ziyo» tushunchasi biron- bir narsani ziyolantirish, yorug‘likka olib chiqish, aslini ko‘rsatish ma’nolarini bildiradi. Darhaqiqat, xalq orasida «asil aynimas, oltin zanglamas», «qazisan qartasan, axir aslingga tortasan» (O‘zbek xalq maqollari), «har yigitning aslin bilay desangiz, ma’rakada o‘tirib- turishin ko‘ring» (Maxtumquli) degan gaplar bir necha asrlardan beri ishlatilib keladi.
Iqtiboslar keltirish, asosan, ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘p qo‘llani- ladi. Bunda keltirilgan iqtibos qo‘shtirnoq ichiga olinib, uning asl manbasiga havola ham ko‘rsatilishi lozim. Boshqalarning fikrlari tilga olganida muallif juda xushyor bo‘lishi kerak. Zarur hollarda keltirilayotgan iqtibos matnini, uning mazmunini buzmagan holda qisqartirish ham mumkin. Umuman, ilmiy maqola, ilmiy ma’ruza, monografiya, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari qo‘lyozma huquqidagi, ilmiy jamoatchilikka e’lon qilinadigan, ochiq, jiddiy ishdir. Ularda iqtibos keltirish qoidalari va ilmiy axloq-odob normalariga qat’iy rioya qilinishi lozim.
Lekin, afsuski ayrim ilmiy ishlarda iqtiboslar keltirishda asl manbalar bir yoqda qolib, didsizlik va ilmiy axloq-odob taomiliga rioya qilmaslik yoki hech qanday mantiqqa asoslanmasdan, ko‘plab poyintar- soyintar ko‘chirmalarni keltirib, «iqtibosfurush»likka berilib ketish hollari ham uchraydi. Iqtiboslar muallifning sayoz, zaif, ta’bir joiz bo‘lsa, «tuzi yo‘q» fikrlarini «xas-po‘shlash» uchun qo‘llanilmasligi kerak.
Shuningdek, ilmda mukammallikka yetishish uchun avvalo Xudo bergan aql va qobiliyatimizni asrab, uni to‘g‘ri ishlata bilishimiz, piri ustoz ko‘rgan, fidoyi, mehnatkash, sabr-qanoatli va shukronalik bo‘lishimiz kerak. Ilm yo‘liga kirish, bu yo‘lda mukammallikka intilish har qanday odamdan eng avvalo o‘zining ijtimoiy mohiyatidan hasadgo‘ylik, baxillik, xudbinlik, takabburlik, munofiqlik, mol- dunyoparastlik kabi salbiy illatlarni yo‘qotishni talab etadi. Shu bilan birga ilm ahli uchun bunday toifa odamlardan ehtiyot bo‘lish ham o‘ta muhimdir. Darhaqiqat, «bu dunyoda ezgu ishlarni bilish barobarida, aldamchilik va firibgarlik haqida ham, ulardan foydalanish uchun emas, balki ehtiyotkorlik uchun bilib qo ‘yish kerak» (Filipp de Komlin).
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ilmiy ishni yozish jarayonida iqtiboslar keltirish Siz tadqiq qilayotgan masalaga boshqa olimlarning yondashuvlarini chuqur o‘rganib, o‘z munosabatingizni bildirish, mualliflik yondashuvlaringizni shakllantirishingiz uchun zarur. Shuningdek, iqtiboslar Siz bayon qilayotgan fikrni, sohaning mumtoz maktabiga asos solgan, taniqli olimlarning fikrlari bilan quvvatlantirish uchun ham qo‘llaniladi. Lekin, sayoz, xom fikrni boshqalar fikri bilan xas-po‘shlash uchun emas.
§. Kitob o‘qish xosiyati
So‘nggi yillarda ko‘pchilik odamlar, hatto ta’lim va boshqaruv sohasidagilar ham kitob o‘qimay, teatr va muzeylarga bormay qo‘ygan edi (ixtiyoriy-majburiy tartibda tadbir uchun jamoa bo‘lib borishdan tashqari).
Xo‘sh, nima uchun kitob o‘qish zarur? Nima uchun kitob o‘qishga va umuman kitobga bepisandlik holatlari vujudga kelgan edi? Internet va boshqa zamonaviy axborot manbalarining rivojlanib ketganligimi? Yo‘q, mutlaqo! Bunday manbalar orqali biz go‘yoki ko‘p narsani bilamiz (?!), juda ko‘p axborotlarni (kerakli va keraksiz) zudlik bilan olishimiz mumkin. Lekin bu bilan o‘zimizning fikrlash layoqatimizni, ong-tafakkurimizni, hayot tarzimizni yaxshi tomonga o‘zgartira olmaymiz. Aksincha, murakkablashtiramiz, ayrim hollarda esa, hatto yomonlashtiramiz. Natijada, ko‘pchiligimiz faqat hayotdan noliymiz, tafakkurimizni o‘zgartira olmasdan, yillar davomida qanday bo‘lsak, shundayligimizcha qolib ketamiz. Darhaqiqat, «kimki o ‘zining dunyoqarashini o‘zgartira olmasa, u hech narsani o‘zgartira olmaydi» (Bernard Shou). Demak, hammasini, xususan kitob mutolaa qilishni ham, o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Bizning atrofimizda sodir bo‘layotgan barcha voqea, hodisalar ongimizda aks etadi va tafakkurimizdan o‘tadi. Qanday aks etishi esa ong-tafakkurimiz darajasiga bog‘liq. Xalqimizda «basharang qiyshiq bo‘lsa, ko‘zgudan opkalama» degan maqol bor. Lekin ko‘zgu qiyshiq bo‘lsa-chi?!...
Kimki o‘z hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirmoqchi ekan, ko‘proq kitob mutolaa qilishi lozim. Chunki kitob odamning butun hayoti mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar har kuni ozgina bo‘lsada, kitob mutolaa qilsak, qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga fikrlash layoqatimizni ham rivojlantiramiz, bilmaganlarimizni o‘rganamiz. Bunga vaqt ajratmasak, o‘zimizni intizomga o‘rgata olmaymiz, natijada, har qanday narsaning qarama-qarshi tomoni bo‘lganidek, hosil bo‘lgan bo‘shliqni bilim o‘rniga bilimsizlik, bepisandlik va loqaydlik kabi illatlar egallaydi. Bu esa qonuniyat. Bilimsizlik esa rivojlanmaslikka, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘la olmaslikka, mol-dunyoga hirs qo‘yishga, ma’naviy qashshoqlikka va birovlarga tobe bo‘lishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |