O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi «O’zbekiston temir yo’llari»



Download 26,5 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi26,5 Kb.
#577432
  1   2
Bog'liq
2 5215475600390619876


O’zbekiston RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


«O’zbekiston TEMIR YO’LLARI»
akstionerlik jamiyati


TOSHKENT TEMIR YO’L MUHANDISLARI INSTITUTI


MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH




Toshkent – 2018

“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, ta’lim va tarbiya bo’yicha tadbirlar tizimini ishlab chiqishga qaratiladiki, bu talabalarda iqtisodiy ta’lim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil fikrlashni shakllantiradi. U bilim va ko’nikmalarni oqilona, kam vaqt va kuch sarflab ishlab chiqishni, o’quv rejasi va kurs dasturida ko’zda tutilgan iqtisodiyot nazariyasi sohasida zarur bilimlarga ega bo’lishni o’zida mujassamlashtiradi.


Talabaning mustaqil ishi ishchi o’quv rejasida “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta’minlanadi va bajarilishi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi Nizomi talablari asosida nazorat qilinadi. Mustaqil ish bakalavriatning 3-bosqichi har semestrida amalga oshirilib, uning umumiy hajmi 52 soatni tashkil etadi.
O’quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bo’yicha to’plagan reyting ballari “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha auditoriyadagi o’quv ishlariga berilgan reyting ballari bilan birgalikda guruh reyting qaydnomasida, Talabaning reyting daftarchasida va o’qish yakunida qayd etiladi.
Mustaqil ish bajarishining asosiy maqsadi professor-o’qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanlarni uzluksiz o’rganishini tashkil etish, olingan bilim, ko’nikmalarni chuqur o’rganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgardik ko’rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu tariqa institutda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
Talabalar mustaqil ishlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda, kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan yagona uslubiy yondoshish bo’yicha sharoit yaratish;

  • mustaqil tarzda puxta bilimli o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;

  • zarur ma’lumotlarni topishda qulay usullarni aniqlash;

  • axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;

  • o’quv va ilmiy adabiyotlar hamda me’yoriy xujjatlar bilan ishlash;

  • elektron adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;

  • internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;

  • berilgan topshiriqning oqilona echimini aniqlash;

  • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

  • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;

  • topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;

  • Talaba shaxsini barkamol rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.

Talabalar mustaqish ishlarini tashkil etishda “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining xususiyatlarini, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

  • ayrim nazariy mavzularni turli xil o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;

  • berilgan mavzu bo’yicha referat yoki esse tayyorlash;

  • seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;

  • ilmiy maqola, anjumanlarga ma’ruza tezislarini tayyorlash;

  • talabalarning ilmiy jamiyatlarida ishtirok etish;

  • maxsus seminar ishlarida ishtirok etish;

  • kafedra va fakultetning ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish..

Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan soatga mos ravishda “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha kafedrada mustaqil ishning shakllari, topshiriqlari, variantlari, uslubiy qo’llanma, ko’rsatma, tavsiyalar, nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari kafedraning professori (yoki etakchi dostenti) tomonidan va o’quv mashg’ulotlarini bevosita olib boruvchi o’qituvchi bilan birgalikda tuziladi hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi (ishchi o’quv rejasida keltirilgan) professor-o’qituvchi shaxsiy ish rejasining tashkiliy-uslubiy bo’limida qayd etiladi. Mustaqil ish bo’yicha maslahat soatlari guruh jurnalida qayd etib boriladi va uni nazorat qilish kafedrada ishlab chiqilgan jadval va fanning texnologik xaritasi asosida olib boruvchi professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabaning mustaqil ishi “Iqtisodiyot nazariyasi” fani ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi fan bo’yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi. Mustaqil ishlarini baholash mezonlari talabalarga o’quv yili boshlanishi oldidan uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.



Download 26,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish