O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Dori moddalarining metabolizmini o‘rganishda mass-spektrometrik usulning qo‘llanilishi



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/185
Sana11.04.2022
Hajmi4,77 Mb.
#542164
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   185
Bog'liq
dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari fanidan oquv-uslubiy majmua

 Dori moddalarining metabolizmini o‘rganishda mass-spektrometrik usulning qo‘llanilishi 


132 
Biologik ob’ekt tarkibi xilma-xil tuzilishga ega bo‘lgan turli moddalardan iborat bo‘lganligi 
uchun ularni aniqlash nihoyatda murakkab jarayon hisoblanadi. Xattoki eng oddiy biologik suyuqlik 
hisoblangan peshob tarkibida bir necha yuzlab moddalar borligi aniqlangan. 
Dori moddalarining metabolizmini o‘rganishda radioaktiv izotoplardan foydalanish yaxshi 
samara berishi mumkin. Ammo dori moddalarning metabolik o‘zgarishlari natijasida hosil bo‘lgan 
birikmalarni o‘rganishda bu usul qulay emas. 
YUqori sezgirlikka ega bo‘lgan, xromatografiyaning turli turlari bilan birga qo‘llash mumkin 
bo‘lgan mass-spektrometrik usulning yaratilishi biologik faol moddalarning metabolitlarini o‘rganish 
ishini nisbatan osonlashtiradi. 
Biologik ob’ektlarda kechadigan jarayonlarni o‘rganish uchun fizik-kimyoviy usullarning 
qo‘llanilishi tirik organizmdagi moddaning o‘zgarishlarini o‘rganish bilan bog‘liq. 
Ishonchli natijalar olish uchun odatda tajribaga massasi, yoshi va jinsi (odatda erkak jinsiga 
mansubi olinadi, bu esa urg‘ochi jinsiga mansub bo‘lgan hayvonlardagi fiziologik siklni tajribaga 
ta’sirini kamaytiradi) bir xil bo‘lgan hayvonlar olinib, 1-2 hafta davomida maxsus ovqatlanish rejimida 
ushlab turiladi. Ishonchli natijalar olish uchun tajribalarni bir necha bor qaytarish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Eng asosiy va qiyin bo‘lgan vazifa biologik ob’ekt tarkibidagi turli-tuman moddalar orasidan 
biotransformatsiyalangan mahsulotni aniqlash va uni toza holda ajratib olishdir.
Metabolitlarni izlab topishda radioaktiv izotoplardan foydalanish va xromatografiya usullari 
bilan qo‘llash radioaktiv belgisi bo‘lgan barcha metabolitlarni aniqlash imkonini beradi. 
Ikkinchi usul bosqichli xromatografiya usuli bo‘lib, bunda fiziologik suyuqlik yoki ekstrakt 
erituvchilar sistemasining polyarligi oshirib borilgan holda xromatografiyalanadi. Har bir bosqichda 
xromatografiya quritilib UB-nurda suratga olinadi va yana xromatografiyalanadi (polyarroq 
sistemada). Xromatogrammada nazorat tajribasi bilan solishtirilganda dori moddasining hayvon 
organizmiga yuborilishi natijasida hosil bo‘lgan moddani aniqlash mumkin. Metabolizmlar 
mahsulotlarini tekshirishning yana bir usuli past ionlashish energiyasiga ega bo‘lgan mass-
spektrometrik usuldir. 
Odatda 12 eV atrofidagi kuchlanishda ko‘pchilik organiq birikmalar mass-spektrda molekulyar 
ionni qo‘shib hisoblaganda 3-4 ta cho‘qqi beradi. Bu esa mass-spektrometrik usulning eng samarali 
kapillyar-gaz xromatografik usulga nisbatan bir necha marotaba afzalligini ko‘rsatadi. 
Liofillangan peshob, dori moddasi kiritilishidan avval va keyin mass-spektrometrning 
ionlashish manbasiga kiritilib, mass-spektr olinadi va moddaga tegishli ionlar aniqlanadi. 
Hozirgi vaqtda metabolitlarni o‘rganishda YUSSX bilan mass-spektrometr birlashtirilib 
xromato-mass-spektrometrik usul keng qo‘llanilmoqda. 
Organizmda hosil bo‘ladigan metabolitlar sonini oshirish maqsadida ko‘pchilik hollarda 
hayvon organizmiga dori moddasining maksimal dozasi yuboriladi.Natijada hosil bo‘ladigan 
metabolitlarning konsentratsiyasi birmuncha ortib, ularni sof holda ajratib olish nisbatan engillashadi. 
Hozirgi vaqtda bu maqsadda yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan mass-fragmentatsiyalash usulidan 
foydalanilmoqda. 
Misol tariqasida, lidokain va uning dezetillangan metabolitini inson qonining plazmasidan 


133 
aniqlashni keltirish mumkin. Ichki standart sifatida mass-spektrida lidokainga xarakterli bo‘lgan 
cho‘qqilar saqlagan trimekaindan foydalaniladi. 
Namunaga qo‘shilgan trimekainning miqdorini cho‘qqilar maydoniga nisbatan bilgan holda 
kalibrlangan grafik tuzib, tekshirilayotgan birikmaning konsentratsiyasini hisoblash mumkin. Olingan 
natijalarni kasalning ahvoli bilan solishtirish orqali dezetillangan metabolitning markaziy nerv tizimiga 
zaxarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi taxmin kilingan. Bu esa biologik faol moddalar va ularning 
metabolitlari bilan organizmning o‘ziga xosligi orasida bog‘liqlik bo‘lishi mumkinligini yana bir bor 
tasdiqlaydi. Usulning nisbiy xatoligi ±7%, aniqlash minumimi esa 0,01 mkg/ml. 
Ichki standart sifatida turg‘un izotoplar bilan belgilangan standart birikmalardan foydalanish 
yanada aniqroq natijalarni beradi. Tahlil qilish uchun biologik ob’ekt dastavval ekstraksiyalash va 
suyuqlik xromatografiyasi usullari bilan fraksiyalarga ajratiladi. SHuning uchun ichki standart bilan 
aniqlanuvchi birikmaning fizikaviy-kimyoviy xossalari yaqin bo‘lib, mass-spektrlari esa farq qilishiga 
e’tibor berish lozim. 
Turg‘un izotoplardan foydalanish usuli yordamida qon plazmasi tarkibidagi propoksifen 
metabolitlari miqdori aniqlanib, bunda ichki standart sifatida deyteriy analoglaridan foydalanilgan. 
CH
3
CH
3
NH C
O
CH
2
N
CH
2
CH
3
CH
2
CH
3
С
H
3
Тримекаин
120
86

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish