O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/114
Sana04.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#431403
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114
Bog'liq
kasbpsixologiyapdf

his-
tuyg'u paydo 
bo'ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai faoliyat va 
munosabat jarayonlari bo'lib, u ana shu jarayonlarda ro'y beradi, o'zgaradi, 
barqaror tus oladi yoki yo'qoladi. 
His-tuyg'ular
-kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni 
bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli 
xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. 
His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla his etayotgan psixik holat 
sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib yetish, biron-
bir narsa to'g'risida bilib ldish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma'lum yoki 
noma'lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birlikda ro'y beradi. Ana 
shu hollarning barchasida his-tuyg'ularning boshdan kechilishi xususida, kishining 


alohida hissiy holati xususida gapiriladi. Shu bilan birga his-tuyg'ularning kechishi 
o'z rivojlanishiga ega bo'lgan, joriy va o'zgarib turadigan psixik jarayondir. 
His-tuyg'ular shaxs extiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga 
yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi. 
Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli kechinmalar olimning izlanuvchanlik 
faoliyatini rag'batlantiradi, bilish extiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda 
saqlaydi. Ehtiyoj namoyon bo'lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo 
yorqin hissiy tusga ega bo'ladi. 
Kishi uchun sub'yektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning ehtiyojlari 
qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo'ladi. 
Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo'lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish, 
mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining xush keladigan 
tarzda kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi salbiy 
hissiy kechinmalarga (uyalish, o'kinish, hasrat va shu kabilarga) olib keladi. 
Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, ularning kechishi ham miya 
faoliyatining natijasi hisoblanadi. Emosiyalarning paydo bo'lishi tashqi olamda ro'y 
beradigan o'zgarishlardan boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining 
jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki 
boshqalarning yo'qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardgi 
o'zgarishlarga olib boradi.
Kishining tevarak-atrofida va uning o'zida yuz berayotgan o'zgarishlar kishi 
uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, his-tuyg'u kechinmalari ham shu 
qadar chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y beradigan muvaqqat bog'lanishlar 
sistemasining jiddiy qayta qurilishi katta yarim sharlar qobig'i bo'ylab tarqalgan 
holda qobiq osti markazlariga ta'sir qiladigan qo'zg'alish jarayonlarini yuzaga 
keltiradi. Miyaning katta yarim sharlar qobig'ining pastroqdagi bo'lmalarida 
organizm fiziologik faoliyatining har xil markazlari: nafas olish, yurak-qon 
tomirlari, ovqatni hazm qilish, ichik sekresiya bezlarini ishlatish va boshqa 
markazlar joylashgandir. Shuning uchun qobiq osti markazlarining qo'zg'atilishi bir 
qancha a'zolar faoliyatining kuchayib ketishiga olib keladi. Shu boisdan ham his-
tuyg'ularning kechirilishi nafas olish maromining (kishi hayajonlanganidan bir 
lahza nafasi chiqmay qoladi, og'ir va o'xti-o'xtin nafas oladi) va yurak ish 
faoliyatining o'zgarishi (yurak urishdan to'xtab qoladi yoki tez-tez ura boshlaydi) 
bir vaqtda sodir bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon kelishi o'zgarib 
(uyalganidan rangi qizarib, qo'rqqanidan oqarib ketadi), sekresiya bezlarining ishi 
buziladi (g'am-g'ussa ko'z yoshi to'kilishiga sababchi bo'lsa, hayajonlanib ketganda 
og'iz quriydi, qo'rqqanida badandan «sovuq» ter chiqadi va hoqazo. Tananing ichki 
a'zolarida yuz beradigan jarayonlarning qayd qilinishi va kishining o'zi tomonidan 
kuzatib borilishi nisbatan oson. Shu sababdan ham qadimgi zamonlardan buyon 
ularni ko'p hollarda his-tuyg'ularning sababchisi deb hisoblab kelingan. Xalq 
orasida haliga qadar ham «yuragim sezib turibdi», «yuragim g'ash» va shu kabi 
iboralar saqlanib qolgandir. 
His-tuyg'ular ba'zan har qanday psixik jarayonning faqat ёqimli, ёqimsiz 
yoki aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi. 


Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil shaklni kasb 
etadigan o'ziga xos kechinmalarni: emosiyalarni, affektlar (hissiy bo'ronlar)ni, 
kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress) holatlarini va xususan his-tuyg'ular (tor 
ma'nodagi so'z bilan aytganda)ni hosil qiladi. 
«Hissiyot» («emosiya») va «his-tuyg'u» degan so'zlar ko'pincha sinonimlar 
sifatida qo'llaniladi. Torroq ma'noda olganda, hissiyot bu qandaydir bir oz 
doimiyroq his-tuyg'ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishidan 
iboratdir. «Emosiya» so'zini o'zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy 
hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma'noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan, 
kishining musiqaviy asarga nisbatan o'rnashib qolgan xususiyati sifatidagi 
muhabbat tuyg'usining o'zini emas, balki konsert paytida yaxshi musiqiy asarni 
eshitayotib, boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi. 
Kishini tez chulg'ab oladigan va shiddat bilan o'tib ketadigan jarayonlar 
affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada 
o'zgarganligi, hatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o'zingi-
o'zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o'zgarib 
qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab 
bo'lagni uchun ham qisqa muddatli bo'ladi: ular his-tuyg'ularning bamisoli birdan 
lov etib yonib ketishiga portlashiga, bir zumda hamma ёqni to's-to'polon qilgan 
shamolga o'xshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u 
holda affekt bo'rondir. 
Kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun hatti-harakatiga tus berib 
turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat shodu xurramlik yoki 
qayg'uli, tetiklik yoki lanjlik, hayajonli yokima'yuslik, jiddiy yoki yengiltaklik, 
jizzakilik yoki muloyimlik va hokazo tarzda bo'ladi. Kayfiyati yomon kishi 
o'rtog'ining xaziliga yoki tanbehiga kayfiyati chog' vaqtidagiga qaraganda 
tamomila boshqacha munosabat bildiradi. 
Psixologik ta'rifiga ko`ra affеktiv holatga yaqin turadigan, lеkin boshdan 
kеchirishining davomiyligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin bo`lgan his-tuyg`ular 
boshdan kеchirilishning alohida shaqli kuchli hayajonlanish (strеss) holati 
(inglizcha stress - tazyiq ko`rsatish, zo`riqish dеgan so`zdan olingan)dan, yoxud 
hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa 
bo`lgan, uyalgan, tahlika ostida qolib kеtgan va shu kabi vaziyatlarda ro`y bеradi. 
Strеss kishining o`ta faol yoki o`ta sust harakatida ifodalanadi. Hissiy 
zo`riqish holatida individning hatti-harakati kishi nеrv tizimining tipiga, nеrv 
jarayonlarining kuchliligi yoki ojizligiga jiddiy ravishda bog`liqdir. (Masalan, 
imtihon oldidagi holat). 
His-tuyg`ularning hissiyot (emotsiyalar), kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish 
tarzida boshdan kеchirilishi chog`ida ma'lum darajada sеziladigan tash qi 
bеlgilariga ham ega bo`ladi. Yuzning ifodali harakatlari (mimika), qo`l va 
gavdaning ma'noli harakatlari, turqi-tarovat, ohang, ko`z qorachigining kеngayishi 
yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Kishi o`zining qahr-g`azabini 
tеvarak atrofdagilarga qo`llarini musht qilishi, ko`zlarini chimirib qarash, do`q-
po`pisali ohang bilan namoyish qiladi. 
Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K.Izard klassifikatsiyasi bo`yicha): 


qiziqish malaka va ko`nikmalar rivojiga, bilim egallashiga moyillik tug`diradigan 
ijobiy hissiy holat. 
quvonch- to`la qondirilishi mumkin bo`lmagan, har holda qondirilishi noaniq 
dolzarb bo`lgan ehtiyojni qondirilishi mumkinligi bilan bog`liq ijobiy hissiy holat. 
Hayratlanish- to`satdan ro`y bеrgan holatlardan hissiy jihatdan ta'sirlanishning 
ijobiy yoki salbiy jihatdan aniq-ravshan ifoda etilmagan bеlgisidir. 
Iztirob chеkish. Hozirga qadar qondirilish ehtimoli ozmi-ko`pmi darajada 
mavjud dеb tasavvur qilingan hayotiy muhim ehtiyojlarning qondirilishi mumkin 
emasligi haqida aniq yoki shunday tuyilgan axborot olinishi bilan bog`liq salbiy 
hissiy holatdir. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish