O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/130
Sana04.02.2022
Hajmi1,86 Mb.
#429885
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130
Bog'liq
2932-Article Text-7286-1-10-20200618

Xujjatlarni to’ldirish
: «Bolalarning rivojlanish tarixiga» 
o’tkazilgan sog’lomlashtirish, dispanserizatsiya natijalarini qayd etish; tegishli 
tavsiyalarni ko’rsatgan holda bolalar muassasalari uchun ko’chirma epikriz 
tuzish; 
-bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qatnashdagi adaptatsion 
davrini yengillashtirish uchun bolalar poliklinikasi va bolalar muassasalari 
faoliyatini bir-biriga bolalarni salomatligi, ularni kun tartibini joriy etish,
tarbiyalash kabi masalalarga o’zaro axborotlar berishni tashkil etish orqali 
muvofiqlashtirish.
Uchastka pediatri muntazam ravishda tegishli grafik asosida 
bolalarni emlash ishlarini tashkil etadi va uni o’tkazilishini doimiy nazorat qiladi.
Bolalar xastalanganda ularni o’z vaqtida aniqlash, davolash, tegishli 
mutaxassislar orqali konsulьtatsiyalar uyushtirish orqali uchastka pediatri davolash 
ishlarini samaradorligini oshirib boradi. 
O’zbekistonda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonunga hamda 
«Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»ga muvofiq holda maktabgacha ta’lim va 
maktablarda chuqur islohatlar o’tkaizmoqda. SHu munosabat bilan Xalq ta’limi va 
sog’liqni saqlash vazirligi muassasalari xodimlari oldiga maktabgacha ta’limni, 
maktablar sharoitida bolalarni o’qitishni har tomonlama yaxshilash bilan bir qtorda 
jismonan baquvvat, aqlan yetuk, har tomonlama barkamol yosh avlodni 
tarbiyalash, ularning salomatligini yanada yaxshilash kabi muhim vazifalar 
qo’yilgan. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda maktabgacha 
ta’lim va maktablardagi pedagogik xodimlar bilan bolalar poliklinikasi 
vrachlarining faoliyatini uzviyligini yanada kuchaytirish lozim. 


Bolalar jamoalarida tibbiy yordamni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish 
uchun poliklinikada, bolalar muassasalari, maktablarda ishlovchi vrachlar va 
hamshiralardan tashkil topgan maktabgacha ta’lim -maktab bo’limi tashkil etiladi. 
Maktabgacha ta’lim - maktab bo’limining asosiy vazifasi - bolalar 
muassasalarida bolalarning kasallanishini kamaytirish, sog’lig’ini saqlash bo’yicha 
quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi: 
maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktabga borishga tayyorgarlik ko’rayotgan 
bolalarni tekshirish va ular orasida davolash-sog’lomlashtirish tadbirlarini 
o’tkazish; 
tashqi muhitni sanitariya-gigienik holati, kun tartibining asosiy komponentlari, 
ayniqsa, ovqatlanish, jismoniy tarbiya, chiniqtirish kabi tartiblarga amal qilinishni 
nazorat qilish. 
bolalarning sog’lig’ini muntazam kuzatib borish, sog’lom bolalarni reja asosida 
dispanser nazoratidan o’tkazish; 
tibbiy ko’rik davrida aniqlangan bemor bolalarni davolash, faol ravishda dispanser 
kuzatuvini olib borish; 
o’tkir kasalliklarning oldini olish buyicha profilaktik tadbirlar o’tkazish; 
ota-onalar, tarbiyachilar, pedagoglar, texnik xizmatchilar o’tasida sanitariya-
moarifi ishlarini tashkil etish; 
yozgi sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish; 
maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar faoliyati, umuman olganda bo’lim 
faoliyatini tahlil etish asosida sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish. 
Maktabgacha ta’lim, maktablarda ishlovchi vrach va hamshiralar ishini 
nazorat kilish maqsadida poliklinika bosh vrachi davriy ravishda bolalar 
muassasalariga tashrif buyuradi, xodimlar hisobotini eshitadi. 
Maktablarda jismoniy tarbiyani to’gri tashkil etiganligi, o’tkazilayotganligi 
ustidan vrach nazorati o’rnatiladi. Ushbu vrach nazorati qo’yidagilardan iborat: 
-Jismoniy mashg’ulot darslarida shug’ullanish uchun guruhlar tuzish maqsadida 
bolalarning jismoniy rivojlanganligi va salomatliginimuntazam kuzatib boradi, 
sport sektsiyalari, turistik poxod va musobaqalarda qatnashish uchun ruxsatnoma 
beradi. 
-Jismoniy madaniyat darslari, jismoniy tarbiya orasidagi tanafusslar, sektsiya 
mashgulotlari va musobaqalar o’tkazish usullariva ularning mazmuni ustidan vrach 
- pedagogik kuzatishlar olib boradi. 
-Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari o’tkaziladigan joy va ularning sharoiti 
ustidan sanitariya-gigienik nazorat o’rnatadi. Maxsus guruhlar bilan olib 
boriladigan jismoniy mashg’ulot darslarini kuzatib boradi. 
-Jismoniy tarbiya masalalari buyicha sanitariya - maorifi ishlarini olib boradi. 
-SHikastlanishlarning, jarohatlanishlarning oldini olish va unda birinchi yordam 
ko’rsatish. 
Barcha maktab bolalari jismoniy madaniyat darslarini o’tish uchun 3 guruhga 
bo’linadi: asosiy, tayyorlov va maxsus. 
Oxirgi paytlarda bolalar orasida har xil yetishmovchiliklar borligini o’z 
vaqtida aniqlash va tibbiy ko’riklar samaradorligini oshirish maqsadida 


pediatriyada ommaviy diagnostik skrining testlaridan keng 
foydalanilmoqda. 
Maktab bolalari salomatligini ommaviy skrining testlar orqali nazorat qilish 
quyidagi bosqichlardan iborat: 
bosqich - skrining tekshirish (asosan hamshira o’tkazadi); 
bosqich - test yordamida ajratib olingan bolalarni vrach 
tomonidan tekshirish; 
bosqich 

vrach 
tomonidan 
yuborilgan 
bolalarni 
mutaxassislar 
tekshiruvidan o’tkazish. 
Ushbu skrining testlari asosan o’rta tibbit xodimini bolalar salomatligini 
kuzatish borasidagi rolini oshiradi. 
Vrachlar va mutaxassislar vaqtidan unumli foydalanish va shu bilan bir 
qatorda bolalar salomatligini boshlang’ich chekinish davrida profilaktika 
tadbirlarini o’tkazish imkonini beradi. 
6 oylikdan 5 yoshgacha bo’lgan go’daklar va bolalarga tavsiya qilinadigan oziq - 
ovqat mahsulotlari, ko’krak suti 2 yoshgacha bo’lgan va undan katta bolalar uchun 
ozuqa moddalarining asosiy manbaidir. 6 oylik bo’lgach (180 kun), bolangiz 
ko’krak suti bilan birga boshqa ozuka moddalari va suyukliklarga muhtoj bo’ladi. 
Ushbu sahifada tavsiya qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga misollar keltirilgan. 
Keyingi sahifalarda esa farzandingizni turli yoshda oziqlantirish davriyligi va 
usullari bo’yicha tavsiyalar keltirilgan. Asosiy oziq - ovqat mahsulotlari 
farzandlarga quvvat beradi. Bunday mahsulotlarga boshoqlilar (gurunch, bugdoy, 
makkajo’xori, tariq), ildiz mevali o’simliklar (kartoshka, sabzi) va mevalar (olama, 
banan) kiradi. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridagi ozuqa moddalarining o’zi 
yetarli emas. Bolalarga shu bilan birga chorvachilik mahsulotlarini va boshqa 
ozuqa mahsulotlarini berishish lozim. Bolaningiz ratsionida quyidagi xilma xil 
mahsulotlar bo’lishi lozim: 

CHorvachilik mahsulotlari: jigar, go’sht, tovuq, baliq, tuxum; 

Sutli mahsulotlar: pishloq, yogurt, tvorog (va emizilmaydigan bolalar uchun 
sut); 

Ko’katlar va sariq tusli sabzovotlar: (karam, kartoshka, sabzi, qovoq, 
sholgom). 

Mevalar: olma, shaftoli, o’riq, banan, apelьsin 

Dukkaklilar: loviya, mosh

Yog’ va moylar: o’simlik yog’i, saryog’ 
Farzandlarni asosiy oziq-ovqatlar bilan birga yuqorida sanab o’tilgan guruhlarga
kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan boqish kerak. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish