O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi


Tibbiyot, gigiena, sog’liqni saqlash bilan bog’liq masalalarni



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/130
Sana04.02.2022
Hajmi1,86 Mb.
#429885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
2932-Article Text-7286-1-10-20200618

Tibbiyot, gigiena, sog’liqni saqlash bilan bog’liq masalalarni 
o’rganadigan statistika tibbiyot yoki sanitariya statistikasi deb ataladi. 
Tibbiyot statistikasi inson salomatligini uning ijtimoiy xayotini maxsuli deb 
qarab, inson faoliyatidagi barcha hodisalarni uning ijtimoiy xayoti bilan bog’lab 
o’rganadi. Inson organizmidagi hech bir jarayon ijtimoiy muhitning ta’sirisiz ro’y 
bermaydi. Bu faqat biologik va ijtimoiy muxitga bevosita bog’liq bo’lgan 
kasallanish, 
o’lim, shikastlanish, nogironlik, jismoniy rivojlanish kabi 
ko’rsatkichlargagina tegishli bo’lib qolmasdan balki tashqi muhitning ijobiy va 
salbiy ta’siri orqali ro’y beradigan inson organizmidagi barcha reaktsiyalarga ham 
tegishlidir. 
Demak, statistika-ijtimoiy fan, uning asosiy predmeti esa ijtimoiy 
xodisalardir. 
Tibbiyot statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Aholi salomatligini o’rganish; aholining soni, tarkibi, tabiiy xarakati 
(tug’ilish, o’lim, tabiiy ko’payish), jismoniy rivojlanishi va aholi orasida xar xil 
kasalliklarni tarqaganligi va ularning kechishi, o’rtacha umr va hokazolar. 
2. Umumiy kasallanish va o’lim ko’rsatkichlarini yoki ayrim kasalliklar va 
o’lim sabablarini aholining ayrim guruxlari orasida ularning turmush tarzi, tashqi 
muxit, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy shart-sharoitlar bilan bog’lab o’rganish va 
o’tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda aholi salomatligini yana 
yaxshilash haqida aniq ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni 
amaliyotga tadbiq etish. 
3. Sog’liqni saqlashni to’g’ri rejalashtirish, sanitariya-epidemiologiya va 
davolash-profilaktika muassasalarining ishini to’g’ri tashkil etish uchun ularning 
faoliyatini, aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va samarasini 


o’rganish, tibbiyot muassasalarining turi, soni, ularda ishlovchi xodimlarning soni, 
muqim shifoxonalardagi o’rinlar soni haqida ma’lumotlar yig’ish va ularni xar 
tomonlama chuqur taxlil qilish. 
4. Tajribada qo’llanilayotgan davolash va profilaktika ishlariga baho berish, 
ularni samarasini o’rganish. 
5. Klinika va laboratoriya sharoitida ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, 
ularni tashkil etish va o’tkazish, olingan natijalar aniqligini baholash, sog’lom va 
kasal odam organizmidagi xar xil hodisa va jarayonlarning qonuniyatlarini 
aniqlash, yangi davolash va profilaktika usullarining samaradorligiga baho berish. 
Tibbiyot statistikasi jamoat sog’lig’ini saqlash fanining asosiy bir bo’lagi 
xisoblanadi va u o’z navbatida ikki qismga bo’linadi: aholi salomatligi statistikasi 
va sog’liqni saqlash statistikasi. 
Aholi statistikasiga yuqorida sanab o’tilgan masalalarning birinchi va 
ikkinchi bandlari kiradi. 
Sog’liqni saqlash statistikasiga-uchinchi, to’rtinchi guruh masalalari kiradi. 
Beshinchi guruh masalalar esa sanitariya statistikasi o’rganadigan barcha vazifalar 
orasidan ajratilib “tibbiyot statistikasi” nomi bilan ataladi. 
Sog’liqni saqlash muassasalarining va tibbiyot xodimlarining asosiy 
vazifalaridan biri aholi salomatligini, unga ta’sir etuvchi tashqi muxit, ijtimoiy-
iqtisodiy, mehnat, turmush sharoitlari bilan bog’lab o’rgangan holda aholi 
salomatligini yanada yaxshilash, mehnat qobiliyatini, hamda ularning o’rtacha 
umrini uzaytirishdan iborat. 
Demak, shifokor aholi salomatligini, uni tashkil etuvchi va unga ta’sir 
etuvchi tashqi muhit va ijtimoiy-gigienik omillar bilan bog’lab o’rganar ekan, u 
aholining xar xil guruxlari orasida kasallanish, o’lim va aholi salomatligining 
boshqa ko’rsatkichlari, hamda aholi turmush tarzi haqida to’g’ri ma’lumot yig’a 
bilishi va olingan natijalarning ishonchliligiga baho berib, ularning qonuniyatlarini 
ochib bera olishi kerak. Bundan tashqari klinika sharoitida bemor organizmida 
kechayotgan jarayonlarni tashqi muhit ta’siridan ajralmagan va yetakchi omillarni 
inobatga olgan holda o’rganib, ularga to’g’ri tashxis qo’ya bilishi, eksperimental 
laboratoriya sharoitida esa statistik tadqiqotlarni tashkil etib, olingan natijalarni 
to’g’ri tahlil qila bilishi, yangi davolash va profilaktika uslublarining samarasini va 
faqat biologik organizmga balki, ijtimoiy jamoaga ta’sirini nazarda to’tgan xolda 
o’rganishi kerak, tibbiyotda qo’llaniladigan har qanday yangiliklarning samarasi 
oxir oqibatda aholi salomatligining eng yorqin ko’rsatkichlari bo’lgan kasallanish, 
o’lim va o’rtacha umr orqali o’lchanadi. 
Yuqorida sanab o’tilgan masalalarni xal etish uchun aholi salomatligiga 
ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlovchi va ularning qonuniyatlarini ochib 
beruvchi, ijtimoiy-gigienik tadqiqotlarda keng qo’llaniluvchi statistik uslublarga 
murojaat etiladi. 
Sanitariya-statistik tadqiqotlarni o’tkazish uchun tadqiqotchi uning nazariy 
asoslari bo’lgan materialistik dialektika, tarixiy materializm, iqtisod va 
o’tkazilayotgan tadqiqot sohasidagi tibbiyot fanlari xaqida yetarli bilimga ega 
bo’lishi kerak. Bundan tashqari statistik tadqiqotlarning umumiy nazariyasi, 
statistik kuzatishlarni tashkil etish, olingan statistik materiallarni guruxlash, 


jamlash, xisoblash qoidalari va statistik tahlil usullari xaqidagi bilimlar ham 
sanitariya statistikasining nazariy asoslariga kiradi. 
Statistik tadqiqotlarning asosi bo’lmish matematikaning katta sonlar qonuni 
yordamida statistik ko’rsatkichlar tasodiflardan xoli qilinib, jami o’rganilayotgan 
hodisalarning moxiyati, kelib chiqish qonuniyatlari ochib beriladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish