1 bob. Demografik statistika Demografiya – grekchadan olinib, (demos – aholi, grafiya -o’rganamiz) aholi va
uning rivojlanishi haqidagi fandir. Demografik statistika aholining soni, tarkibi,
tug’ilishi, o’limi, ko’payishi, harakati xaqidagi asosiy qonuniyatlarini o’rganadi.
Aholining yillik o’rtacha soni aniqlangandan so’ng viloyat, tuman, shahar bo’yicha
aholining tibbiy harakatini tashkil etuvchi asosiy tibbiy demografik ko’rsatkichlari
hisoblanadi.
Aholining asosiy demografik ko’rsatkichlarini xisoblash qoidalari 1 . O’rtacha yillik aholi soni Yil boshidagi aholi soni + yil oxiridagi aholi soni
X= ---------------------------------------------------------------------------
2
2. Yillik tug’ilish ko’rsatkichi
Yil davomida tirik tug’ilgan bolalar soni x 1000
X= ------------------------------------------------------------------------
O’rtacha yillik aholi soni