O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 1,75 Mb.
bet97/201
Sana23.01.2022
Hajmi1,75 Mb.
#401768
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   201
Bog'liq
UMK Ibraimov lotin 3 kurs

AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIQLARI

Tarbiyaning mazmunini to‘liq anglash, uning tarkibiy qismlarini tahlil qilish, tarbiya turlarining o‘zaro farqlari hamda o‘xshash jihatlarini aniq misollar yordamida yoritib berish.



Asosiy tushunchalar: tarbiyaning mazmuni, tarbiya bir butun jarayoni sifatida.

Talabalarga topshiriqlar

1. Asosiy tushuncha va atamalarni o‘rganish.

2. O‘rganilgan adabiyotlar asosidy jadvalni to‘ldirish.

3. “Tarbiya mazmuni” tushunchasini izohlash.



Tarbiya

Mazmuni va vazifalari

Metodlari, xususiyatlari, shakllari, munosabatlari

Samaradorligi va kamchiliklari

Tarbiyaning boshqa turlari bilan bog‘liqligi

Jismoniy













Axloqiy













Oilaviy













Huquqiy













Mehnat













Ekologik













Aqliy













Badiiy















  1. Sharq va G‘arb ma’rifatparvarlarining tarbiya haqidagi fikrlaridan foydalanib, jadvalni to‘ldiring.



Ma’rifatparvar allomalar

Asarlari

Tarbiya haqidagi fikrlari

Forobiy







Beruniy







Ibn Sino







Behbudiy







Fitrat







Kaykovus







Avloniy







Komenskiy







D.Lokk







Russo







Pestalotsi







Ushinskiy








GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA UNING ZAMONAVIY SHAROITLARDA TARBIYAGA TA’SIRI




Reja:

1. Globallashuv jarayonining yoshlar ma’naviy salohiyatiga salbiy ta’siri.

2. Ommaviy madaniyat niqobi ostidagi buzg‘unchilik.

3. Diniy ekstremizm va terrorizm ma'naviy tahdidlarning bir turi sifatida.

4. Missionerlik va prozelitizm faoliyatining salbiy oqibatlari.

5. Internet ijtimoiy tarmoqlarida sog‘lom e’tiqodga tahdid.





Tayanch tushunchalar: globallashuv, globalistlar, aksilglobalistlar, Internet, ommaviy madaniyat, tahdid, diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik, prozelitizm.

Mavzuning qisqacha mazmuni: Globallashuv – bu, avvalo, hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi davrda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mumkin. Bugungi kunda zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishiga, tabiiyki, globallashuv tufayli erishilmoqda. Ushbu mavzuda globallashuv jarayonining ijobiy ta’siri bilan bir qatorda uning yoshlar tarbiyasiga salbiy oqibatlari haqida fikr yuritiladi.


GLOBALLASHUV JARAYONLARINING IJOBIY VA SALBIY OQIBATLARI

“Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televideniya, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab – chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz”33.

Hozirgi kunga kelib, yoshlar ma’naviyatining shakllanishida milliy–ma’naviy qadriyatlarning ahamiyatini oshirish, ularni barkamol shaxs etib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Globallashuv jarayonida yoshlar ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratilayotganligi hech birimizga sir emas.


Globallashuv – bu turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va bog‘ iqlikning kuchayishidir.
Barchamiz “globallashuv” atamasini eshitishimiz bilanoq, eng avvalo uning salbiy oqibatlari haqida o‘ylay boshlaymiz. Vaholanki, globallashuvning yoshlar ta’lim-tarbiyasida ijobiy ta’sirlaridan ham ko‘z yuma olmaymiz. Buni chuqurroq anglashimiz uchun biz globallashuv nima va u qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur anglab yetmog‘imiz darkor.

Globallashuv jarayonining asosiy quroli sifatida esa biz Internet tarmoqlari, ommaviy axborot vositalarini ko‘rsatishimiz mumkin.

Globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Har qanday demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, teleradiokanallari muhim ahamiyat kasb etadi. Butun jahonda bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi yangiliklar, shu jumladan, turli xil ixtirolar ommaviy axborot vositalari orqali namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kun yoshlari ana shu ma’lumotlar bilan dunyoning istalgan burchagida tanishish imkoniyatiga ega. Ular boshqa davlatlar iqtisodi, madaniyat va ma’naviyati, ilg‘or tajribalarini o‘rganib hayotga tatbiq etmoqda.

Jahon xalqlarining milliy–madaniy merosi bilan tanishish orqali yoshlarda zarur hayotiy xulosalar shakllanmoqda.

Globallashuv jarayoni bugungi kunda keng rivojlanib borayotgan Internet tarmog‘i bilan uzviy bog‘liqdir. Internet tarmog‘i orqali yoshlar o‘zlariga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni oson va tez topishlari bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin. Globallashuv davrida axborotga bo‘lgan talab yuqoriligi bois, inson o‘ziga kerakli bo‘lgan turli xil ma’lumotlarni olmoqda. Bundan tashqari yoshlar bu tizim orqali turli onlayn testlar topshirib, bilimlarini sinovdan o‘tkazishlari yoki chet el oliygohlarida ta’lim olishlari mumkin.

Bugungi kunning ana shunday yutuqlari sifatida masofaviy ta’lim tizimini keltirishimiz mumkin. Masofaviy ta’lim tizimi g‘arb mamlakatlarida vujudga kelib bugungi kunda dunyo miqyosida keng yoyilgan ta’lim tizimidir. Bu orqali o‘quvchi yoshlar o‘z davlatlari, hatto uylaridan chiqmagan holda biror xorij oliygohining talabasiga aylana oladilar. Shu orqali bilimlarini oshirib, jamiyat va davlat rivojiga hissa qo‘sha oladilar.

Turli xil adabiyotlarda globallashuvning salbiy jihatlari, uning yoshlar tarbiyasiga salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritiladi. Uning “Ommaviy madaniyat”, “Missionerlik”, “Kashandalik” va yana bir necha ko‘rinishlari haqida turli fikr va mulohazalar yuritiladi. Shu sababdan, ko‘pchilik globallashuv atamasini eshitishi bilanoq, uning faqatgina salbiy oqibatlarini ko‘z oldiga keltiradi. Ammo tarozining ikki pallasi bo‘lgani kabi globallashuvning ham salbiy jihatlari qatorida ijobiy ta’siri ham mavjud. Muammo shundaki, uning ijobiy ta’sirini ko‘rish uchun yoshlar orasida ma’naviy va madaniy dunyoqarashni o‘stirish, turli xil zamonaviy vositalardan, shu jumladan, Internet tarmoqlari, ommaviy axborot vositalaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish, ular ongida g‘oyaviy bo‘shliqni yuzaga kelishining oldini olish muhim sanaladi.

Har qanday davlat yuksalishi, taraqqiyot cho‘qqisiga chiqishi uchun eng muhim sanaladigan omillardan biri bu boshqa davlatlar tajribasini, milliy-madaniy hayotini kuzatib borgan holda, eng maqbul va samarali yo‘llarini o‘z hayotimizda qo‘llay olishimizdir. Bugungi kun yoshlari esa ana shu muhim vazifani bajarmoqlari lozim. Bunda ularga zamonaviy texnologiyalar, dunyo miqyosida rivojlanib borayotgan fan yutuqlari katta yordamchi sanaladi. Faqatgina ulardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish ko‘nikmalarini egallashlari, bunga esa bugungi kun pedagoglari o‘z hissalarini qo‘shmoqlari lozimdir. Mafkuraviy, g‘oyaviy immuniteti kuchli bo‘lgan yoshlarga hech qanday yot g‘oyalar salbiy ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Globallashuv yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ma’lumotlarni idrok etish va muammolarni mustaqil yechish qobiliyatini o‘stiradi. Ular dunyoda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan doimiy ravishda tanishish va xabardor bo‘lish orqali mavjud ahvolni tahlil qila olishadi, zarur xulosani chiqarishadi. Bu esa o‘z navbatida ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Bu ham globallashuvning eng muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi. Masalan, kompyuter va Internetni yaxshi o‘zlashtirgan bolalar o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini ulardan foydalanishni bilmaydigan tengqurlariga qaraganda ko‘proq rivojlantira oladilar. Shuningdek, o‘z oldilariga muayyan maqsadlarni qo‘ya biladilar hamda idroklarining yorqinligi, fahm-farosatlari bilan ajralib turadilar.

Jahon miqyosida voqealar shiddat bilan kechayotgan bir paytda matbuot, axborot va media tarmoqlar, jumladan, televideniya va radio, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, Internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishga tayyor bo‘lish hamda ushbu sohalarga albatta ijobiy yondashish muhim ahamiyat kasb etadi. Internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, rassomchilik va haykaltaroshlik san’atlarigacha, bir so‘z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir o‘tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatni xalqning ma’naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirish, yangi bosqichga ko‘tarishimiz darkor.

XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo‘q, deb to‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta’siri ham turlichadir. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim. Bu hodisani chuqur o‘rganmay turib unga moslashish, zarur holda, uning yo‘nalishini tegishli tarzda o‘zgartirish mumkin emas.

Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo‘yish bilan barobar bo‘ladi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari amalga oshirayotgan tadqiqotlarga ko‘z yugurtirish bu sohadagi ishlar endi boshlanayotganiga guvohlik beradi.

Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko‘p. Lekin fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta’rif. uning xususiyatini to‘laroq qamrab oladi. Unda globallashuv jarayonining uch o‘lchovli ekaniga urg‘u beriladi:


  • Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;

  • Globallashuv – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;

  • Globallashuv – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni.

B.Bandi ta’rifida keltirilgan globallashuv o‘lchovlarining har biriga nisbatan ham muayyan e’tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning uchalasi ham unda mavjud ekanini ko‘ramiz.

“Globalizatsiyaning barcha mamlakatlarga kirib kelishi, ularning o‘tish davridagi kuchsiz iqtisodiyotida tartibsiz burilish yasadi, bu yoshlarning turmush tarziga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Biz bilamizki, erkin bozor iqtisodiy tizimi ko‘pgina G‘arb va Sharq mamlakatlarida shakllanib ulgurdi va rivojlanish bosqichiga kirdi, ammo o‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiyotning G‘arbniki kabi ko‘zga ko‘rinarli rivojlanishi uchun ularning mavjud jamiyatdagi haligacha aniqlanmagan va yechimi topilmagan kamchiliklar xalaqit beradi”, – deydi Ken Robertson Aholining hayotidagi bunaqangi kamchiliklar va globalizatsiyaning ijtimoiy ahamiyati shu o‘rnida shakllanayotgan madaniyatga, mentalitetga ham ta’sir etadi. Globalizatsiya mamlakatdagi axoli orasida iqtisodiy jihatidan tabaqalanishni yuzaga chiqarish ehtimoli borligini hisobga olib individual manfaatlar o‘rnini jamoaviy manfaatlar egallashiga asosiy e’tiborni qaratish zarur bo‘ladi. Mashhur sotsio-peadagog Pyotr Kelli Avstraliyada yuqoridagi muammolarni ilmiy–analitik tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi gimnaziya va kasb hunar kollejiga asos soldi”34.

Globallashuvning mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarida teran ifodalangan: ”Men uyimning darvoza – eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib, uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini istamayman”.

Globallashuvning o‘zi murakkab jarayon ekani, turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazayotgan ta’siri yana ham murakkab bo‘lgani sababli unga nisbatan jahonda bir-biriga nisbatan qarama-qarshi bo‘lgan ikki guruh: globalistlar va aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.



Globallashuv jarayoni 2 guruhga ajratiladi:

Globalistlar tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko‘proq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo‘lib, ular orasida ko‘proq so‘l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotlarining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqdalar. Ular doimiy ravishda turli anjumanlar, seminarlar o‘tkazib turadilar. XX asr o‘rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, ya’ni tashkillashuvi jadallashgandan keyin bu jarayonning o‘zi ham keskin tezlashdi va kuchaydi. Institutsionallashuvning kuchayganini Butun jahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi ulkan tashkilotlarning vujudga kelgani misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Globallashuvning tezlashishi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati ham kuchayib ketdi. Ular globallashuvning faqat salbiy oqibatlariga emas, umuman, uning o‘ziga qarshi chiqa boshladilar. Masalan, Rossiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovyev “Aksilglobalizm vektorlari” nomli anjumanda so‘zlagan nutqida shunday deydi: “Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko‘rsatishdan boshqa yo‘lini ko‘rmayapman. Faqat qarshilik!”, – degan edi.

“Aksilglobalizm vektorlari” anjumanidagi yana bir ma’ruzachi A.Parshev esa globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: “Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zaxiralarini o‘zlashtirishdan iborat”.

Tahlil shuni ko‘rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va ma’naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa, madaniy antropologiya fanlarida o‘zining aksini yetarli darajada topgani yo‘q.

Ma’naviyatni ham bir uyga qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g‘oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o‘tkazishiga qarshi himoya choralari ko‘rishimiz tabiiy. Chetdan o‘tkaziladigan mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan avval qanday ta’sirlarni ma’qullash yoki qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda birorta ham milliy ma’naviyat yo‘qki, u boshqa xalqlar ma’naviyatidan to‘la ihotalangan bo‘lsa. Hatto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika savannalari va Janubiy changalzorlarda turmush kechirayotgan qabilalar ham qo‘shni qabilalar va zamonaviy tamaddun ta’sirini o‘zida his qilib turadi. Qolaversa, tarixni tahlil qilish boshqa xalqlar ma’naviyatidan bahramand bo‘lgan xalqlar ma’naviyati yuksakliklarga ko‘tarilgandan guvohlik beradi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish