O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


DIDAKTIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI VA DIDAKTIK TUSHUNCHALAR TIZIMI



Download 1,75 Mb.
bet117/201
Sana23.01.2022
Hajmi1,75 Mb.
#401768
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   201
Bog'liq
UMK Ibraimov lotin 3 kurs

2. DIDAKTIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI VA DIDAKTIK TUSHUNCHALAR TIZIMI

Pedagogikaga xos didaktik kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi.

  • ta’lim – o‘quvchilarga yoki talabaga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;

  • ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchi yoki talabalar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon;

  • bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarning mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

  • dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;

  • o‘quv fani – ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan hamda o‘zida muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba;

  • ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya;

  • ta’lim jarayonini tashkil etish – o‘qituvchi va o‘quvchi yoki talabalar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning tashkiliy – metodik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilishi;

  • ta’lim tamoyillari – ta’lim nazariyasining asosiy yetakchi qoidalari;

  • ta’lim turlari – mazmuni, tashkil etilish o‘rni, bosqichi, qo‘llaniladigan asosiy vositalari va jalb etiladigan ta’lim oluvchilarning yoshiga ko‘ra farqlanuvchi ta’lim ko‘rinishlari;

  • ta’lim shakli – ta’lim jarayonining tashkiliy qurilishi;

  • ta’lim metodlari – ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi uslublar majmui yoki ta’lim jarayonida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishishda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini o‘zaro bog‘lovchi usul, yo‘l;

  • ta’lim vositalari – o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, diaproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;

  • ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha, o‘quv jarayonining oqibati, belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.

Asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham qayd etish mumkin. Ta’lim jarayoni tartibga (tizimga) soluvchi tushuncha sifatida ta’lim maqsadi, o‘qituvchi faoliyatida va uning natijasida ko‘rinadi.

Bu jarayonning o‘zgarishini paydo etuvchi boshqarish vositalari yuzaga keladi. Mazkur vositalar o‘z ichiga o‘quv materialining mazmunini, hajmini, o‘qitish metodlarini, ta’lim vositalarini, o‘qitish shakllarini, tashkil qilish jarayonini va o‘qituvchi, o‘quvchi talabalarning o‘quv faoliyatini qamrab oladi. Bu qismlar o‘zaro mustahkam birlikda bo‘ladi va tarbiyaning umumiy maqsadiga bo‘ysinadi – xizmat qiladi. Bilim berish va bilim olish maylida kechadigan munosabatlar tizimi shakllanadi va bu pedagogik jarayonni tashkil qiladi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish