Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Mustaqillik yillarida ushbu muammolarga bag`ishlangan bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Faylasuf va sotsiolog olimlardan S.Shermuhamedov, N.Komilov, M.Imomnazarov, Q.Nazarov, A.Begmatov, M.Bekmurodov, A.Umarov, N.Jo`rayev, T.Mahmudov, E.Yusupov, Z.G`ofurov va boshqalar inson komolotining ma’naviy asoslari, milliy g`oya va mafkura, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy mentalitet, millat sha’ni, axloq, mustaqillik va ma’naviyat kabi masalalarni atroflicha tadqiq etganlar. M. Ochilov, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.Mahkamov, B.Ziyomuhammedov, S.Ochil, Sh.Qurbonov va E.Seitxalilov, A.Ro`zmetov, Z.Ismoilova singari pedagog-olimlarning doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari hamda ilmiy tadqiqotlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, o`quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakillantirish, pedagogik fikr taraqqiyotida komil inson g`oyasi, oliy o`quv yurtlarida ta’lim va tarbiya kabi masalalar ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan.
G.X.Ibragimova kasb ta’limi tizimida milliy istiqlol g`oyasi asosida talaba-yoshlar ma’naviyatini shakillantirishga oid doktorlik dissertatsiyasida “O`quv jarayonini tashkil etishda eski, an’anaviy usuldan chiqib ketilmayotgani; talabalar o`rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarodorligiga e’tibor berilmayotganligi” ni hal etilishi lozim bo`lgan muammolar sifatida ko`rsatgan.
Madaniy tadbirlarning tarbiyaviy jihatlari to`g`risida xam mamlakatimiz olimlari bir qator ishlarni bajargan. Jumladan, A.Muhammedovning “Madaniy-oqartuv ishi pedagogikasi” kitobi 1985-yilda chop etilgan edi. Bu kitobda madaniy tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyatiga bog`liq bir qator jihatlar yoritilgan.
Sharq mutafakkirlari Firdavsiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud
Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Behbudiy, Fitrat kabi olim-u ulamolar ham bayramlar va uning tashkil etilishi tо‘g‘risida, bayramlarning ijtimoiy hayotdagi о‘rni va roli haqida turli nuqtai nazar bilan qaraganlar va о‘z fikr va mulohazalarini meros qilib qoldirganlar.
Hozirgi kunda О‘zbekistonda bayramlar va tadbirlar dramaturgiyasi tarixiga zamonaviy, ilmiy nuqtai nazardan yondashayotgan ustozlardan M.Qodirov, B.Sayfullayev, F.Ahmedov, U.Qoraboyev, V.Rustamov, J.Mamatqosimov U. Azim, O. Rizayev, Q. Norqobil, E. Hushvaqtov, E. Azam va boshqalar darslik va о‘quv qо‘llanmalar yaratib, shu sohaning rivojiga hissa qо‘shib kelmoqdalar.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida bayramlar va madaniy tadbirlar tо‘g‘risidagi adabiyotlar bilan tanishib, tadbirlar va bayramlarni tashkil etishning amaliy jihatlari bilan qiyoslandi va o`rgangan hulosam shu bo`ldiki, yoshlar madaniyati, ma’naviyati, axloqi, tarbiyasiga oid ko`plab tadqiqotlar ichida MMT larning ro`li va o`rni, ularning samaradorligini oshirish omillari hanuzgacha maxsus o`rganilmaganligini guvohi bo`ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |