Tadqiqotning maqsadi:
Oliy o`quv yurtlari talaba yoshlarining yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda MMTlar samaradorligini oshiruvchi omillarni aniqlash, ularning o`ziga xos xususiyatlarini taxlil qilish va ulardan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Bundan tashqari, joylarda tashkil etilayotgan bayram va tomoshalarning tarbiyaviy ahamiyatiga katta e’tibor berish lozimdir. Bayramlar ssenariysini yaratishda uning badiiyligi, tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lgan manbalarni kiritish, sahnalashtirishda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, g‘oyaviy talqin masalalariga jiddiy qarash lozimdir. Mazkur bitiruv malakaviy ishida madaniy tadbirlarning oliy shakli bо‘lgan bayramlarni tо‘g‘ri tashkil etish, uni mahalliy fakt, xujjat va dalillarga asoslangan holda yoritish, insonlarni bо‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, tо‘g‘ri dam olishni о‘rganish, ma’naviy ozuqa olish, estetik zavqlanish kabi xususiyatlarni ilmiy jihatdan asoslash kо‘zda tutilgan.
Bu jarayonlar bayramlarni ssenariysini yaratish, ijrochilarni jalb etish, ijodiy
guruhlar chiqishlarini ta’minlash, tadbir-ketma-ketligini mantiqiy jihatdan bog‘lash kabi ijodiy va tashkiliy ishlarni bajarish asnosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |