23–Mavzu: Oddiy efirlar.
Reja.
1. Oddiy efirlarning nomenklaturasi va izomeriyasini;
2. Oddiy efirlarning olinish usullarini;
3. Oddiy efirlarning fizikaviy xossalarini.
Yangi darsning bayoni.
Spirtlar va fenollar molekulasidagi gidroksil guruh vodorodini uglevodorod
radikaliga almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik birikmalar oddiy
efirlar deb ataladi.
Oddiy efirlar molekulasida ikkita bir valentlik uglevodorod radikali kislorod
orqali bog`langan bo`ladi. Masalan:
R–O–H → R–O–R
I
Oddiy efirlarning umumiy formulasi R–O–R
I
bo`lib, ularni spirtlarning
angidridi yoki suvning hosilasi deb qarash mumkin.
R–OH + HO–R → R–O–R + H
2
O
H–O–H → R–O–R
Molekulasida ikkita bir xil uglevodorod radikali tutgan oddiy efirlar
simmetrik oddiy efirlar, ikki xil uglevodorod radikali tutgan oddiy efirlar esa
aralash oddiy efirlar deb ataladi.
Nomenklaturasi va izomeriyasi. Ratsional nomenklatura bo`yicha oddiy
efirlarni nomlashda uglevodorod radikallari nomiga efir so`zi qo`shib nomlanadi.
Agar radikallar bir xil bo`lsa radikal nomi oldiga di– old qo`shimcha qo`shiladi.
Radikalar har xil bo`lsa, dastlab kichik radikal nomi, so`ngra katta radikal nomi
aytiladi.
Xalqaro nomenklaturaga ko`ra oddiy efirlar nomlanganda bitta vodorod
atomi alkoksi (RO–) guruhiga almashingan uglevodorodlar hosilasi sifatida
qaraladi.
122
Olinish usullari. Oddiy efirlar sanoatda va laboratoriyada asosan quyidagi
usullar bilan olinadi.
1. Spirtlarni suvni tortib oluvchi moddalar–konsentrlangan H
2
SO
4
yoki
Al
2
O
3
ishtirokida qizdirish:
R–OH + HO–R → R–O–R + H
2
O
2. Vilyamson usuli bo`yicha alkogolyatlarga galogen alkillar ta`sir ettirish:
C
2
H
5
–ONa + J–CH
3
→ C
2
H
5
–O–CH
3
+ NaJ
Gomologik qatori.
CH
3
–O–CH
3
CH
3
–O–C
2
H
5
CH
3
–O–C
3
H
7
CH
3
–O–C
4
H
9
C
2
H
5
–O–C
2
H
5
C
2
H
5
–O–C
3
H
7
C
2
H
5
–O–C
4
H
9
C
3
H
7
–O–C
3
H
7
C
3
H
7
–O–C
4
H
9
C
4
H
9
–O–C
4
H
9
Dimetil efir, metoksi metan
Metil etil efir, etoksi metan
Metil propil efir, propoksi metan
Metil butil efir, butoksi metan
Dietil efir, etoksi etan
Etil propil efir, propoksi etan
Etil butil efir, butoksi etan
Dipropil efir, propoksi propan
Propil butil efir, butoksi propan
Dibutil efir, butoksi butan
Fizikaviy xossalari. Oddiy efirlarning dastlabki ikki vakili–dimetil efir va
metiletil efirlar oddiy sharoitda gaz moddalar bo`lib, dietil efirdan boshlab o`ziga
xos hidli, rangsiz suyuqliklardir. Ular suvdan yengil, suvda yomon eriydi, organik
erituvchilarda yaxshi eriydi. Oddiy efirlarning o`zlari ham ko`pgina organik
moddalar uchun erituvchilar hisoblanadi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Oddiy efirlar–spirtlar va fenollar molekulasidagi gidroksil guruh
vodorodini uglevodorod radikaliga almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik
birikmalar.
Simmetrik oddiy efirlar–molekulasida ikkita bir xil uglevodorod radikali
tutgan oddiy efirlar.
123
Aralash oddiy efirlar–molekulasida ikki xil uglevodorod radikali tutgan
oddiy efirlar.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
1. Oddiy efirlar deb qanday turdagi organik birikmalarga aytiladi?
2. Oddiy efirlar qanday sinflarga ajratiladi?
3. Oddiy efirlarning gomologik qatorini sanab bering.
4. Qanday efirlar simmetrik oddiy efirlar deb ataladi, ularga misollar keltiring?
5. Qanday efirlar aralash oddiy efirlar deb ataladi, ularga misollar keltiring?
6. Ratsional nomenklatura bo`yicha oddiy efirlar qanday nomlanadi?
7. Xalqaro nomenklatura bo`yicha oddiy efirlar qanday nomlanadi?
8. Oddiy efirlar qanday usullar bilan olinadi?
9. Oddiy efirlar qanday fizikaviy xossalarni namoyon qiladi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
24–Mavzu: Peroksidlar haqida tushuncha.
Reja.
124
1. Oddiy efirlarning kimyoviy xossalarini;
2. Peroksidlar haqida tushuncha va ularning tuzilishini.
Yangi darsning bayoni.
Kimyoviy xossalari. Oddiy sharoitda oddiy efirlar turg`un birikmalar
hisoblanadi. Uy haroratida natriy metali ham, ishqorlar ham, ko`pchilik kislotalar
ham oddiy efirlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Faqat konsentrlangan sulfat va
yodid kislotalar oddiy efirlar bilan reaksiyaga kirisha oladi va ularni parchalaydi.
1. Konsentrlangan sulfat kislota oddiy efirlar bilan reaksiyaga kirishib,
ularni tegishli murakkab efir va spirtga aylantiradi, masalan:
C
2
H
5
–O–C
2
H
5
+ HO–SO
3
H → C
2
H
5
–OH + C
2
H
5
–OSO
3
H
2. Konsentrlangan yodid kislota hatto sovuqda ham oddiy efirlarni parchalay
oladi hamda spirt va yodli hosila hosil bo`ladi:
C
2
H
5
–O–C
2
H
5
+ HJ → C
2
H
5
–OH + C
2
H
5
–J
Agar oddiy efirlar bilan konsentrlangan yodid kislota orasidagi reaksiya
qizdirish bilan olib borilsa, ikki molekula yodli hosila hosil bo`ladi:
C
2
H
5
–O–C
2
H
5
+ 2HJ → 2C
2
H
5
–J + H
2
O
3. Oddiy efirlarning oksidlanishi. Gidrolitik parchalanishga turg`un
bo`lgan oddiy efirlar oksidlanish xususiyatiga ega bo`lib, ularning oksidlanish
mahsulotlaridan biri organik peroksid birikmalar hisoblanadi. Organik peroksid
birikmalar vodorod peroksidning hosilalari sifatida qaraladi. Agar vodorod
peroksidda bitta vodorod atomi radikalga almashingan bo`lsa (R–O–O–H), bunday
birikmalar organik gidroperoksidlar, agar ikkala vodorod atomlari radikalga
almashingan bo`lsa (R–O–O–R) organik peroksidlar deyiladi.
Ko`pchilik organik peroksid birikmalar–yoqimsiz hidli suyuqliklar bo`lib,
ular barqaror birikmalar emas, ko`pchiligi portlash xususiyatiga ega. Organik
gidroperoksidlar kuchsiz kislotalik xossaga ega bo`lib, o`yuvchi ishqorlar bilan
R–O–O–Na tipidagi tuzsimon birikmalarni hosil qiladi. Organik moddalar kislorod
bilan oksidlanganda, odatda, oraliq mahsulot sifatida organik peroksidlar hosil
bo`ladi.
125
Dietil efir (efir) rangsiz, harakatchan, o`ziga xos hidli suyuqlik. U suvda
yomon eriydi, 20
0
C da suvning 10 qismida 6,5 qism efir eriydi. Dietil efir spirt
bilan istalgan nisbatda aralashadi. Dietil efir oson uchuvchan, oson
alangalanuvchan modda bo`lib, uning bug`i havo bilan portlovchi aralashma hosil
qiladi.
Dietil efir texnikada yog`, smola, alkaloid va boshqa muhim organik
moddalar uchun erituvchi sijatida ishlatiladi. Efirning spirt bilan aralashmasi
Goffman tomchilari nomi bilan og`riqni qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Tibbiyotda narkoz sifatida qo`llaniladigan efir mutlaqo toza bo`lishi shart. U
ayniqsa, yorug`lik va kislorod ta`sirida ochiq holda turib qolsa, tezda oksidlanadi
va zaharli moddalarga aylanadi. Oksidlanish mahsulotlari ichida eng ko`p
miqdorda oksietil peroksid borligi aniqlangan. Bir oz namlik ta`sirida oksietil
peroksid parchalanib, oksietil gidroperoksid va sirka aldegid hosil qiladi:
C
2
H
5
O
C
2
H
5
+
3(O)
C H
3
C H O H
O
C H O H
C H
3
+
H
O H
C H
3
C H O H
O
O H
+
C H
3
C H O H
H
2
O
+
C H
3
C
O
H
O H
Oksietil gidroperoksid polimerlanib oson portlovchi modda–etiliden
peroksid hosil qiladi:
C H
C H
3
O
O
[ . . .
. . . ]
n
Efirning peroksid birikmalarini aniqlash uchun efirga kaliy yodid eritmasi
qo`shib chayqatiladi. Bunda peroksidlar yodid ionini neytral yodga oksidlaydi,
natijada, rangsiz kaliy yodid eritmasi sariq rang tusiga kiradi:
C
2
H
5
O
O
O
O
C
2
H
5
+
2KJ
+
H O H
C
2
H
5
O
O
O
C
2
H
5
+
2KOH
+
J
2
Fuksinsulfit kislotaning qizarishi bo`yicha esa efir tarkibidagi sirka aldegid
aniqlanadi (aldegidlarga xos sifat reaksiya).
Mavzuga oid tayancha iboralar.
Oddiy efirlarning oksidlanishi–gidrolitik parchalanishga turg`un bo`lgan
oddiy efirlar oksidlanish xususiyatiga ega.
126
Organik peroksid birikmalar–oddiy efirlarning oksidlanish mahsulotlari.
Organik gidroperoksidlar–vodorod peroksiddagi bitta vodorod atomi
radikalga almashingan oddiy efir.
Organik peroksidlar–vodorod peroksiddagi ikkala vodorod atomlari
radikalga almashingan oddiy efir.
Dietil efir (efir)–rangsiz, harakatchan, o`ziga xos hidli suyuqlik.
Goffman tomchilari–dietil efirning spirt bilan aralashmasi, og`riqni
qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
1. Oddiy efirlar qanday kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?
2. Peroksidlar deb qanday moddalarga aytiladi?
3. Dietil efir qanday xossalarga ega hamda tibbiyotda qanday maqsadda ishlatiladi?
4. Dimetil efir, metil etil efir kabi moddalarga konsentrlangan sulfat kislota ta`sir
ettirilganda qanday moddalar hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing.
5. Dimetil efir, metil etil efir kabi moddalarga konsentrlangan yodid kislota ta`sir
ettirilganda qanday moddalar hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing.
6. Parchalanish mahsulotlarini aniqlash qanday tarzda amalga oshiriladi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
127
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
25–Mavzu: Aldegidlar, gomologik qatori va xossalari.
Reja.
1. Aldegidlar tarkibini, funksional guruhini;
2. Aldegidlarning izomeriyasi va nomenklaturasini;
3. Aldegidlarning olinish usullari va fizikaviy xossalarini.
Yangi darsning bayoni.
Molekulasi tarkibida karbonil guruhi (>C=O) mavjud bo`lgan organik
birikmalar oksobirikmalar deyiladi. Oksobirikmalar ikki turga bo`linadi:
aldegidlar va ketonlar.
Molekulasidagi karbonil guruhining bir bog`i vodorod atomi, ikkinchi bog`i
biror bir uglevodorod radikali bilan bog`langan oksobirikmalar aldegidlar deb
ataladi (chumoli aldegidi bundan mustasno). Aldegidlar molekulasi R–CH=O
formula bilan ifodalanadi. Bir valentlik radikal –CH=O aldegid guruhi deyiladi.
Molekulasidagi karbonil guruhining ikkala bog`i ham uglevodorod
radikallari bilan bog`langan oksobirikmalar ketonlar deb ataladi. Ketonlar
molekulasi R–CO–R formula bilan ifodalanadi. Ikki valentlik radikal >C=O
karbonil guruhi (keto–guruh yoki okso–guruh) deyiladi.
Aldegid va ketonlar to`yingan va to`yinmagan, ochiq zanjirli va yopiq
halqali, bir karbonilli va ko`p karbonilli aldegid va ketonlarga bo`linadi.
Aldegidlar deb uglevodorod molekulasida bitta yoki bir nechta karbonil
guruhi (>C=O) bo`ladigan organik oksobirikmalarga aytiladi. Molekula tuzilishiga
ko`ra aldegidlar to`yingan va to`yinmagan, ochiq zanjirli va yopiq halqali, bitta
karbonil guruhi tutgan yoki ko`p karbonil guruhi tutgan aldegidlarga bo`linishi
mumkin.
Aldegidlar umumiy C
n
H
2n
O formulaga ega bo`lib, to`yingan aldegidlarning
tarkibi R–CH=O yoki C
n
H
2n+1
–CH=O formulalar bilan ifodalanadi. Ular ham bir–
128
birlari bilan bitta yoki bir nechta CH
2
= metilen guruhiga farq qiladigan
aldegidlarning gomologik qatorini hosil qiladi.
Gomologik qatori.
CH
2
O ; H–CH=O
C
2
H
4
O ; CH
3
–CH=O
C
3
H
6
O ; C
2
H
5
–CH=O
C
4
H
8
O ; C
3
H
7
–CH=O
C
5
H
10
O ; C
4
H
9
–CH=O
C
6
H
12
O ; C
5
H
11
–CH=O
C
7
H
14
O ; C
6
H
13
–CH=O
C
8
H
16
O ; C
7
H
15
–CH=O
C
9
H
18
O ; C
8
H
17
–CH=O
C
10
H
20
O ; C
9
H
19
–CH=O
Chumoli aldegid, formaldegid, metanal
Sirka aldegid, atsetaldegid, etanal
Propion aldegid, propil aldegid, propanal
Moy aldegid, butil aldegid, butanal
Valerian aldegid, pentil aldegid, pentanal
Kapron aldegid, geksil aldegid, geksanal
Enant aldegid, geptil aldegid, geptanal
Oktil aldegid, oktanal
Nonil aldegid, nonanal
Detsil aldegid, decanal
Nomenklaturasi. «Aldegid» so`zi bu turdagi birikmalar olishning umumiy
usulidan kelib chiqqan bo`lib, aldegidlar degidrogenlangan spirt, ya`ni vodorodi
tortib olinagn spirt mahsuloti deb qaraladi. Ikkita lotincha so`z Alcohol
dehydrogenatus (Degidrogenlangan spirt) so`zlarining qisqartmasidan aldegid
so`zi kelib chiqqan. Aldegidlar quyidagicha nomlanadi:
1.
Tarixiy
nomenklatura
bo`yicha
aldegidlar
nomlanganda
ular
oksidlanganda hosil bo`ladigan karbon kislotalar nomi bilan ataladi, masalan:
chumoli aldegid, sirka aldegid.
2. Ratsional nomenklaturaga asosan aldegidlar nomlari radikallar nomiga
aldegid so`zi qo`shib hosil qilinadi, masalan: metil aldegid, etil aldegid.
3. Xalqaro nomenklaturaga ko`ra aldegidlarning nomlari tegishli to`yingan
uglevodorodlar nomiga –al qo`shimchasi qo`shish yo`li bilan hosil qilinadi,
masalan: metanal, etanal.
Murakkab hollarda esa aldegid guruhi tutgan asosiy uzun zanjir topiladi va
raqamlanadi. Raqamlash doimo karbonil guruhi uglerodidan boshlanadi. Radikal
birikkan uglerod atomining holati ko`rsatiladi, radikal hamda asosiy zanjir nomi
aytiladi, masalan:
129
C H
3
C H
C H
3
C
H
O
2–metil propanal
Izomeriyasi. Aldegidlarning izomeriyasi faqat aldegid guruhi bilan birikkan
radikallar izomeriyasiga bog`liq bo`lib, aldegidlarda izomeriya butanaldan
boshlanadi. Masalan: n–butanal, 2–metil propanal
C H
3
C H
C H
3
C
H
O
C H
3
C H
2
C H
2
C
O
H
Olinish usullari. Aldegidlar sanoatda asosan quyidagi usullar bilan olinadi:
1. Birlamchi spirtlar oksidlanganda aldegidlar hosil bo`ladi. Spirtlarni
oksidlash jarayoni gaz va suyuq fazalarda olib boriladi. Suyuq fazada spirtlarni
oksidlash uchun K
2
Cr
2
O
7
, KMnO
4
, MnO
2
, CrO
3
kabi oksidlovchilar ishlatiladi.
Gaz fazada oksidlash jarayoni uchun spirt bug`larining havo bilan aralashmasi
yuqori haroratda (300–600
0
C) metall katalizatorlari (Zn, Cu) ustidan o`tkaziladi
2Cu + O
2
→ 2CuO
C H
3
O H
+
C u O
H
C
O
H
+
C u
+
H
2
O
2. Spirtlar katalitik degidrogenlanganda aldegidlarga aylanadi:
C H
3
C H
2
C
H
O
C H
3
C H
2
C H
2
O H
+
H
2
3. Galogen atomlari geminal joylashgan digalogenli hosilalar ishqor eritmasi
ishtirokida qaynatilganda aldegidlar hosil bo`ladi, masalan:
C H
3
C H
C l
C l
+
2NaOH
C H
3
C H
O H
O H
+
2NaCl
C H
3
C
O
H
+
H
2
O
C H
3
C H
O H
O H
4. Kucherov reaksiyasi usuli bilan olinadi:
C H
3
C
O
H
+
H C
C H
H O H
[ C H
2
= C H O H ]
130
Fizikaviy xossalari. Aldegidlarning eng oddiy vakili chumoli aldegid
(formaldegid) bo`lib, u oddiy sharoitda o`tkir hidli gaz, suvda yaxshi eriydi, uning
suvdagi 40 % li eritmasi formalin deb ataladi. Gomologik qatorning o`rta vakillari
suyuqliklar, yuqori molekulali aldegidlar qattiq moddadir.
Quyi molekulali aldegidlar suv bilan istalgan nisbatda aralashadi, keyingilari
suvda yomon eriydi. Aldegidlar efirda va spirtda yaxshi eriydi. Aldegidlarning
molekula og`irligi ortishi bilan ularning qaynash haroratlari ko`tariladi, nisbiy
zichligi qiymati ortadi. Normal tuzilgan aldegidlarning qaynash haroratlari
tarmoqlangan zanjirli aldegidlarning qaynash haroratidan yuqori bo`ladi, masalan:
moy aldegid 75
0
C da, izomoy aldegid 64
0
C da qaynaydi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Oksobirikmalar–molekulasi tarkibida karbonil guruhi mavjud bo`lgan
organik birikmalar.
Aldegidlar–molekulasidagi karbonil guruhining bir bog`i vodorod atomi,
ikkinchi bog`i biror bir uglevodorod radikali bilan bog`langan oksobirikmalar.
Ketonlar–molekulasidagi
karbonil
guruhining
ikkala
bog`i
ham
uglevodorod radikallari bilan bog`langan oksobirikmalar.
Alcohol dehydrogenatus–ikkita lotincha so`z (Degidrogenlangan spirt)
so`zlarining qisqartmasidan aldegid so`zi kelib chiqqan.
Formalin–chumoli aldegidning suvdagi 40 % li eritmasi.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
1. Oksobirikmalar deb qanday turdagi organik birikmalarga aytiladi?
2. Oksobirikmalar nechta sinfga bo`linadi?
3. Qanday turdagi oksobirikmalar aldegidlar deb ataladi?
4. Aldegidlarning gomologik qatorini sanab bering.
5. Aldegidlar ratsional nomenklaturaga ko`ra qanday nomlanadi?
6. Aldegidlar xalqaro nomenklaturaga ko`ra qanday nomlanadi?
7. Aldegidlar qanday usullar bilan hosil qilinadi?
8. Aldegidlar qanday fizikaviy xossalarni namoyon qiladi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
131
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
26–Mavzu: Formaldegid va atsetaldegid.
Do'stlaringiz bilan baham: |