Mavzuga oid tayanch iboralar.
Fenollar–aromatik uglevodorodlar benzol halqasidagi bitta, ikkita yoki
uchta vodorod atomlari o`rnini bitta, ikkita yoki uchta gidroksil guruhlar
almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik birikmalar.
Bir atomli fenollar–molekulasida bitta gidroksil guruhi mavjud bo`ladi.
Ikki atomli fenollar–molekulasida ikkita gidroksil guruhi mavjud bo`ladi.
Uch atomli fenollar–molekulasida uchta gidroksil guruhi mavjud bo`ladi.
Bir atomli fenollar–aromatik uglevodorodlar benzol halqasidagi bitta
vodorod atomi o`rnini gidroksil guruhi almashinishi natijasida hosil bo`ladigan
fenollar.
C
6
H
5
OH fenol (karbol kislota)–eng oddiy fenol.
110
Kumol–rangsiz suyuqlik, suvdan yengil, 152
0
C da qaynaydi.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
1. Qanday turdagi organik birikmalar fenollar deb ataladi?
2. Fenollar nechta sinfga bo`linadi?
3. Bir atomli fenollar deb qanday turdagi fenollarga aytiladi?
4. Bir atomli fenollar qanday usullar bilan nomlanadi?
5. Fenol va uning gomologlari qanday usullar bilan olinadi?
6. Fenollar qanday fizikaviy xossalarni namoyon qiladi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
21–Mavzu: Bir atomli fenollar. Krezollar.
Reja.
1. Bir atomli fenollarning kimyoviy xossalarini;
2. Pikrin kislota, uning olinishi va ishlatilishini;
3. Krezollar, ularning olinishi va ishlatilishini.
Yangi darsning bayoni.
111
Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalari jihatidan fenollar spirtlardan farq
qiladi. Bunday farq fenol molekulasida gidroksil guruhi bilan fenil (C
6
H
5
–)
deyiladigan benzol yadrosining bir–biriga ta`sir etishi tufayli yuzaga keladi. Bu
ta`sirning mohiyati shundan iboratki, benzol yadrosining π–elektronlari gidroksil
guruhidagi kislorod atomining bo`linmagan elektronlar juftini o`z doirasiga tortadi.
Bu o`z navbatida O–H bog`lanishnig elektron zichligini vodoroddan kislorodga
tomon yana siljitadi, vodorod kislota xossali, harakatchan va reaksiyaga
kirishuvchan bo`lib qoladi.
1. Fenol kuchsiz kislota xossalarini namoyon qiladi. Shuning uchun u faqat
Na va K metallari bilangina emas, balki o`yuvchi ishqorlar bilan ham oson
reaksiyaga kirishadi va suvdagi eritmalarda barqaror bo`lgan fenolyatlar hosil
qiladi:
O H
2
+
2 N a
O N a
2
+
H
2
O N a
O H
+
N a O H
H
2
O
+
fenol natriy fenolyat fenol natriy fenolyat
Fenolning kislotali xossalari juda kuchsiz ifodalangani sababli fenolyatlar
(fenolning tuzlari) mineral kislotalar, shu jumladan karbonat kislota ta`sirida oson
parchalanadi:
+
O N a
O H
+
N a H C O
3
H
2
O
+
C O
2
natriy fenolyat fenol natriy gidrokarbonat
2. Fenol qizdirilmaganda va katalizatorsiz ham brom va HNO
3
bilan
shiddatli reaksiyaga kirishadi va uchta vodorodi almashingan hosilalar (2, 4 va 6–
holatlarda) hosil qiladi:
OH
+
Br
2
3
OH
Br
Br
Br
+
HBr
3
fenol tribromfenol
112
OH
+
3
OH
NO
2
3
HO
NO
2
NO
2
O
2
N
+
H
2
O
fenol trinitrofenol
3. Fenol oksidlanganda dastlab gidroxinon, so`ngra benzoxinon hosil
bo`ladi:
+
H
2
O
O
O
( O )
O H
O H
O H
( O )
4. Fenolga formaldegid ta`sir ettirilganda quyidagi yo`nalishlarda reaksiya
sodir bo`ladi: a) Fenol miqdori ko`p bo`lsa, novolak smolasi hosil bo`ladi:
O H
C H
2
+
O H
n H
C
H
O
+
( n
+
1)
(
)
n
O H
n H
2
O
b) Formaldegid miqdori ko`p bo`lsa, rezol smolasi hosil bo`ladi:
O H
C H
2
+
O H
+
H
C
H
O
+
( n
(
)
n
C H
2
O H
n H
2
O
1)
n
Polikondensatlanish jarayoni qizdirish bilan davom ettirilsa, qattiq polimer–
rezit hosil bo`ladi.
5. Fenollarning oddiy efirlarini olish uchun fenolyatlarga mis kukuni
katalizatorligida alifatik yoki aromatik galogenli hosilalar ta`sir ettiriladi:
O
O N a
+
C l
C
2
H
5
C u
C
2
H
5
+
N a C l
O K
+
C u
B r
O
+
K B r
6. Fenolyatlarga karbon kislotalar xlorangidridlari yoki karbon kislota
angidridlari ta`sir ettirilganda murakkab efirlar hosil bo`ladi:
113
O N a
+
O
C O
C H
3
C l
C O
C H
3
+
N a C l
Fenol yoki karbol kislota C
6
H
5
OH o`tkir hidli rangsiz kristall modda
bo`lib, suvda yomon eriydi, 42,3
0
C da suyuqlanadi, 182
0
C da qaynaydi. Saqlab
qo`yilganda u havo kislorodi ta`sirida asta–sekin oksidlanib dastlab pushti, so`ngra
qo`ng`ir rangga kiradi.
Kuchli antiseptik xossaga, ya`ni ko`pchilik mikroorganizmlarni o`ldirish
xususiyatiga ega bo`lganligi sababli ilgari tibbiyotda antiseptik modda sifatida
ishlatilar edi. Hozir esa bu maqsadda juda kam qo`llaniladi. Uning 0,5–3 % li
eritmalari jarrohlik asboblarini dezinfeksiyalash uchun ishlatiladi. Texnikada fenol
plastik massalar (penoplastlar), dori–darmonlar (salitsil kislota va uning hosilalari),
bo`yoqlar, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda keng qo`llaniladi.
Fenoloformaldegid smolalar fenollar bilan alifatik aldegidlar o`rtasida
sodir bo`ladigan kondensatlanish reaksiyasi asosida hosil bo`ladi. Fenollar va
krezollarning ko`pchilik miqdori, asosan fenoloformaldegid smolalar ishlab
chiqarish uchun sarflanadi. Fenoloformaldegid smolalar fenol va krezollarni
chumoli aldegid bilan ishqoriy yoki kislotalik muhitda polikondensatlash
reaksiyasi yo`li bilan olinadi. Bu kabi smolalardan sanoatda plastik massalar
tayyorlanadi.
Pikrin kislota yoki trinitrofenol C
6
H
2
(NO
2
)
3
OH sariq rangli kristall
modda, achchiq ta`mga ega. Uning tarkibida uchta nitrat kislota qoldig`i mavjud
bo`lganligi uchun, u kuchli kislota bo`lib, dissotsiyalanish darajasi mineral
kislotalarning dissotsiyalanish darajasiga yaqinlashadi.
Pikrin kislota fenolga konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalar aralashmasi
ta`sir ettirib olinadi. Pikrin kislota portlovchi modda sifatida, bo`yoq modda
sifatida, tibbiyotda esa kuyganda davo qiluvchi dori vositasi sifatida qo`llaniladi.
Aminofenollar ichida eng katta ahamiyatga ega bo`lgani p–aminofenol
hisoblanadi. Uning etil efiri p–fenetidin deb ataladi.
114
OH
NH
2
O
NH
2
C
2
H
5
p–aminofenol p–fenetidin
p–fenetidin atsetillanganda isitma tushiruvchi dori moddasi fenatsetin hosil
bo`ladi:
O
NH
C
2
H
5
CO
CH
3
fenatsetin
Krezollar C
6
H
4
(CH
3
)OH toshko`mirni quruq haydab olinadigan o`rta yoki
karbol moyi fraksiyasida fenol bilan birgalikda uchraydi. Krezollarning uchta
izomer ko`rinishlari mavjud: o–krezol, m–krezol, p–krezol.
OH
CH
3
OH
OH
CH
3
CH
3
o–krezol m–krezol p–krezol
Odatda krezol izomerlari bir–biridan ajratilmay trikrezol nomi bilan
aralashma holida ishlatiladi. Trikrezol–qora–qo`ng`ir rangli, o`tkir xarakterli hidli
moysimon suyuqlik. Krezollar fenolga nisbatan kuchliroq bakteritsid xossaga ega.
Krezollar suvda juda yomon eriganligi uchun ularning sovunli eritmalari
dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Trikrezolning sovunli eritmasi lizol
deb ataladi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Fenolyatlar–fenolning ishqoriy metallar va ishqorlar bilan reaksiyaga
kirishishi natijasida hosil bo`ladigan moddalar.
Tribromfenol–fenolning brom bilan reaksiyasi natijasida hosil bo`ladigan
modda.
Pikrin kislota (trinitrofenol)–fenolning nitrat kislota bilan reaksiyaga
kirishishi natijasida hosil bo`ladigan modda.
115
Novolak smolasi–fenolga formaldegid ta`sir ettirilganda fenol miqdori ko`p
bo`lganda hosil bo`ladigan modda.
Rezol smolasi–fenolga formaldegid ta`sir ettirilganda formaldegid miqdori
ko`p bo`lganda hosil bo`ladigan modda.
Rezit–fenolga formaldegid ta`sir ettirilganda polikondensatlanish jarayoni
qizdirish bilan davom ettirilganda hosil bo`ladigan qattiq polimer.
Krezollar–toshko`mirni quruq haydab olinadigan bir atomli fenol.
Trikrezol–qora–qo`ng`ir rangli, o`tkir xarakterli hidli moysimon suyuqlik.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
1. Fenollar qanday kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?
2. Fenolga K metali va KOH ta`sir ettirilganda qanday turdagi birikmalar hosil
bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing.
3. C
6
H
5
ONa va C
6
H
5
OK larga C
2
H
5
Cl, C
2
H
5
Br, C
6
H
5
Cl, C
6
H
5
Br ta`sir ettririlganda
qanday mahsulotlar hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing.
4. Fenoloformaldegid smolalar qanday usul bilan hosil qilinadi, ulardan qanday
mahsulotlar tayyorlanadi?
5. Pikrin kislota qanday usul bilan olinadi, undan texnika va tibbiyotda qanday
maqsadlarda foydalaniladi?
6. p–aminofenolning qanday hosilasi isitma tushiruvchi dori modda sifatida
qo`llaniladi, uning formulasini yozing.
7. Krezollar necha xil izomeriya ko`rinishida mavjud bo`ladi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
116
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
22–Mavzu: Ikki va uch atomli fenollar.
Reja.
1. Ikki atomli fenollar, ularning nomenklaturasini;
2. Pirolatexin, rezorsin, gidroxinonlarni;
3. Uch atomli fenollar, ularning nomenklaturasini;
4. Piragallol, oksigidroxinon, floroglyutsinlarni.
Yangi darsning bayoni.
Aromatik uglevodorodlar benzol halqasidagi ikkita yoki uchta vodorod
atomlari o`rnini ikkita yoki uchta gidroksil guruhlarga almashinishi natijasida hosil
bo`ladigan fenollar ikki yoki uch atomli fenollar deyiladi.
Ikki va uch atomli fenollarning nomlari benzol so`ziga dioksi– yoki trioksi–
old qo`shimchalarini qo`shish yo`li bilan hosil qilinadi. Masalan, dioksibenzol,
trioksibenzol.
Ikki atomli fenollarda ikkala gidroksil guruh bir–biriga nisbatan orto–,
meta– va para– holatlarda joylashishi mumkin. Shuning uchun ikki atomli fenollar
uchta izomer holida mavjud bo`ladi: o–dioksibenzol yoki pirokatexin, m–
dioksibenzol yoki rezorsin, p–dioksibenzol yoki gidroxinon.
OH
OH
OH
OH
OH
OH
o–dioksibenzol m–dioksibenzol p–dioksibenzol
1,2–dioksibenzol 1,3–dioksibenzol 1,4–dioksibenzol
pirokatexin rezorsin gidroxinon
117
Uch atomli fenollarda uchala gidroksil guruh bir–biriga nisbatan qator,
nosimmetrik va simmetrik holatlarda joylashishi mumkin. Shuning uchun uch
atomli fenollar uchta izomer holida mavjud bo`ladi: qator trioksibenzol yoki
piragallol, nosimmetrik trioksibenzol yoki oksigidroxinon, simmetrik trioksibenzol
yoki floroglyutsin.
Ikki va uch atomli fenollar sof holda tabiatda deyarli uchramaydi, lekin
ularning efirlari va hosilalari o`simlik smolalari va oshlovchi moddalar tarkibida
uchraydi.
Ikki va uch atomli fenollar ham bir atomli fenollar singari tegishli
sulfohosilalarni ishqorlar bilan qotishtirib hosil qilinadi. Kimyoviy xossalari
jihatidan ham ikki va uch atomli fenollar bir atomli fenollar kabi fenolyatlar, oddiy
va murakkab efirlar hosil qiladi, temir (III) xlorid ta`sirida bo`yaladi, benzol
halqasidagi vodorod atomlari hisobiga almashinish reaksiyalariga kirishadi.
OH
OH
OH
OH
OH
OH
OH
OH
HO
qator trioksibenzol nosimmetrik trioksibenzol simmetrik trioksibenzol
1,2,3–trioksibenzol 1,2,4–trioksibenzol 1,3,5–trioksibenzol
piragallol oksigidroxinon floroglyutsin
Bundan tashqari, ikki va uch atomli fenollarning o`ziga xos xususiyatlari
ham mavjud bo`ladi. Molekulasida ikkita yoki uchta gidroksil guruhi mavjud
bo`lganligi tufayli ikki va uch atomli fenollar bir atomli fenollarga nisbatan suvda
oson eriydi va oson oksidlanadi. Shuning uchun ham ayrim ikki va uch atomli
fenollar fotografiyada ochiltirgich sifatida ishlatiladi. Ikki va uch atomli fenollar
oddiy sharoitda kumush oksidini uning ammiakdagi eritmasidan qaytaradi.
Nihoyat, ikki va uch atomli fenollar bir atomli fenollarga nisbatan kamroq zaharli
hisoblanadi.
Pirokatexin
yoki
o–dioksibenzol
(1,2–dioksibenzol)
105
0
C
da
suyuqlanadigan kristall modda, FeCl
3
bilan yashil rang hosil qiladi, tabiatda
oshlovchi moddalar va o`simlik smolalari tarkibida uchraydi. Katexa deb ataluvchi
118
o`simlik smolasi quruq haydalganda pirokatexin ajralib chiqqan, shuning uchun
ham pirokatexin deb nomlangan. Pirokatexin oson oksidlanadi, masalan,
pirokatexin kumush nitratning ammiakli eritmasidan sovuqdayoq kumushni
qaytaradi.
Tibbiyotda
uning
hosilalaridan
biri
adrenalin
yoki
metilaminoetanolpirokatexin ishlatiladi. Pirokatexinning monometilli hosilasi
gvayakol yuqori nafas yo`llari qisilishida dorivor vosita sifatida ishlatiladi.
OH
CHOH
HO
CH
2
NH
CH
3
adrenalin
Adrenalin buyrak usti bezida hosil bo`ladi va qon tomirlarini toraytirish
xususiyatiga ega. Tibbiyotda qon to`xtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Rezorsin
yoki
m–dioksibenzol
(1,3–dioksibenzol)
110
0
C
da
suyuqlanadigan kristall modda, FeCl
3
bilan binafsha rang hosil qiladi. U ancha
oson oksidlanadi, ammo oksidlanishga moyilligi pirokatexinnikidan kam.
Rezorsinning zaharliligi pirokatexin va gidroxinonga qaraganda kam,
shuning uchun tibbiyotda teri kasalliklarini davolashda surtma moy ko`rinishida
antiseptik modda sifatida keng qo`llaniladi.
Gidroxinon
yoki
p–dioksibenzol
(1,4–dioksibenzol)
172
0
C
da
suyuqlanadigan kristall modda. U ko`pchilik o`simliklarning tarkibida bo`ladigan
arbutin glikozidi holida uchraydi. Arbutin gidrolizlanganda glyukoza va
gidroxinon hosil bo`ladi:
O
HO
C
6
H
11
O
5
+
H
2
O
OH
HO
+
C
6
H
12
O
6
Texnikada gidroxinon xinonni qaytarish yo`li bilan olinadi:
O
O
+
OH
HO
H
2
Gidroxinon FeCl
3
bilan tezda sariq rangga o`tuvchi to`q qo`ng`ir–yashil
rangga bo`yaladi. Gidroxinon rezorsin va pirokatexinga nisbatan oson oksidlanadi,
shunning uchun fotografiyada ochiltirgich sifatida ishlatiladi. Organizmda
119
almashingan gidroxinonli hosilaning qaytaruvchilik xususiyati uni oksidlangan
asosdan kislorodga elektronlarni tashish jarayonidagi ishtirokini ta`minlaydi.
Piragallol yoki qator trioksibenzol (1,2,3–trioksibenzol) suyuqlanish
harorati 133
0
C.
Oksigidroxinon yoki nosimmetrik trioksibenzol (1,2,4–trioksibenzol)
suyuqlanish harorati 140,5
0
C.
Floroglyutsin
yoki
simmetrik
trioksibenzol
(1,3,5–trioksibenzol)
suyuqlanish harorati 219
0
C.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Ikki atomli fenol–aromatik uglevodorodlar benzol halqasidagi ikkita
vodorod atomi o`rnini ikkita gidroksil guruhi almashinishi natijasida hosil
bo`ladigan fenol.
Uch atomli fenol–aromatik uglevodorodlar benzol halqasidagi uchta
vodorod atomi o`rnini uchta gidroksil guruhi almashinishi natijasida hosil
bo`ladigan fenol.
Pirokatexin (o–dioksibenzol, 1,2–dioksibenzol) 105
0
C da suyuqlanadigan
kristall modda, FeCl
3
bilan yashil rang hosil qiladi.
Adrenalin (metilaminoetanolpirokatexin)–tibbiyotda ishlatiladigan dori
vositasi.
Gvayakol–pirokatexinning monometilli hosilasi, yuqori nafas yo`llari
qisilishida dorivor vosita sifatida ishlatiladi.
Rezorsin (m–dioksibenzol, 1,3–dioksibenzol) 110
0
C da suyuqlanadigan
kristall modda, FeCl
3
bilan binafsha rang hosil qiladi.
Gidroxinon (p–dioksibenzol, 1,4–dioksibenzol) 172
0
C da suyuqlanadigan
kristall modda. dga elektronlarni tashish jarayonidagi ishtirokini ta`minlaydi.
Piragallol (qator trioksibenzol, 1,2,3–trioksibenzol) suyuqlanish harorati
133
0
C bo`lgan uch atomli fenol.
Oksigidroxinon
(nosimmetrik
trioksibenzol,
1,2,4–trioksibenzol)
suyuqlanish harorati 140,5
0
C bo`lgan uch atomli fenol.
120
Floroglyutsin (simmetrik trioksibenzol, 1,3,5–trioksibenzol) suyuqlanish
harorati 219
0
C bo`lgan uch atomli fenol.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
1. Qanday turdagi fenollar ikki va uch atomli fenollar deb ataladi, ular qanday
usullar bilan nomlanadi?
2. Ikki atomli fenollar qanday izomer holatlarida bo`ladi, ularning tuzilish
formulalarini yozing.
3. Uch atomli fenollar qanday izomer holatlarida bo`ladi, ularning tuzilish
formulalarini yozing.
4. Ikki va uch atomli fenollar tabiatda qanday holda uchraydi, sanoatda qanday
usullar bilan hosil qilinadi?
5. Ikki va uch atomli fenollar qanday xossalarni namoyon qiladi?
6. Pirokatexin qanday xossalarga ega, uning qanday hosilasi tibbiyotda ishlatiladi?
7. Rezorsin qanday xossalarga ega, u tibbiyotda qanday maqsadda ishlatiladi?
8. Gidroxinon qanday xossalarga ega, u texnikada qanday maqsadda ishlatiladi?
9. Piragallol, oksigidroxinon va floroglyutsin qanday haroratda suyuqlanadi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
121
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
Do'stlaringiz bilan baham: |