Multimedia vositalari (MULTIMEDIA - ko‘p muhitlilik) - bu apparat va dasturiy vositalar kompleksi bo‘lib, insonga kompyuter bilan turli xil muhitlar: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiyalar va boshqalardan foydalangan holda aloqa qilishlikni bildiradi.
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi:
Nutq orqali axborotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari;
Keng tarqalgan skanerlar (ular kompyuterga avtomatik ravishda chop etilgan matnlarni va rasmlarni kiritishi mumkin);
Yuqori sifatli video va tovushli platalar, video magnitofon va videokameralardan tasvirlarni ko’chiruvchi videoko’chirgich platalari, ular orqali shu tasvirlarni EHM ga kiritish;
Tovushli va video axborotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik disklardagi tashqi xotira qurilmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |