Skanerlar (o‘quvchi avtomatlar) – qog‘ozdagi yozuvlarni avtomatik tarzda o‘qish va EHM ga mashinkada terilgan matnlarni, grafiklarni, chertejlarni, rasmlarni kiritish uchun qo‘llaniladi: skanerning kodlashtirish qurilmasida matn rejimida uqilgan simvol (etalon kontur) bilan solishtirilgandan so‘ng mahsus dasturlar yordamida ASCII kodiga aylantiriladi, grafik rejimida esa o‘qilgan grafiklar va chertejlar ketma-ket ikki o‘lchovli koordinatalarga aylantiriladi.
Manipulyatorlar (ko‘rsatish qurilmalari): djoystik-richag, sichqoncha, trekbol-gar-dishdagi shar, nurli pero va boshqalar – ekran bo‘ylab kursor harakatini boshqarish orqali grafik axborotni displey ekraniga kiritish, so‘ngra kursor koordinatasini kodlashtirilgan holda uni EHM ga kiritish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |