EHM konstruktsiyasi elementlari. Konstruktiv jihatdan EHM markaziy tizimli blok ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, unga raz’emlar vositasida tashqi qurilmalar: klaviatura, displey, printer va boshqalar ulanadi.
SHaxsiy kompyuterlarning tashqi qurilmalari
Tashqi qurilmalar (TQ). Bu har qanday hisoblash kompleksining eng zaruriy qismini tashkil etadi. TQ lar tannarxi bo‘yicha har qanday EHM ning tannarxini 50-80% ni tashkil etadi. TQ larning turlari va xarakteristikalariga ko‘ra EHM larning boshqarish tizimlarida va umuman, xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llanishi va effektiv ishlatilishi mumkin. TQ lar EHM larning tashqi muhit bilan mashinaning o‘zaro aloqasini ta’minlab turadi: foydalanuvchilar bilan, boshqarish ob’ektlari va boshqa EHM lar bilan va xokazo. TQ lar turli-tuman bo‘lib, bir qator belgilari bo‘yicha turkumlarga ajratilishi mumkin. Masalan, vazifasi bo‘yicha TQ lar quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:
EHM ning tashqi xotirasi yoki tashqi xotira qurilmalari;
Foydalanuvchining dialog vositalari;
Axbolrotni kiritish qurilmalari;
Axborotni chiqarish qurilmalari;
Aloqa vositalari va telekommunikatsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |