2. Dasturiy ta’minot turlari
Axborot texnologiyasi bu umuminsoniy madaniyatning ajralmas bir qismidir. Yuqorida axborot texnologiyasiga berilgan tarifdan ko‘rinib turibdiki, u ikki qismdan
texnik asbob-uskuna ta’minot
dasturiy ta’minotdan iborat
Dasturiy ta’minotni ikki guruhga ajratish mumkin:
- tizimli dasturiy ta’minot
- amaliy dasturiy ta’minot
Tizimli dasturiy ta’minotning asosiy vazifasi asbob - uskuna vositalarining ishlarini boshqarish, uning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni, foydalanuvchining kompyuter bilan dialog olib borishini va amaliy dasturlarni ishga tushirishni bajarishdir. U kompyuterdan foydalanuvchilarni va amaliy dasturlarni kompyuter qurilmalari bilan muloqatda bo‘lishning qulay usullari bilan taminlaydi.
Amaliy dasturiy ta’minot dasturlari kompyuterlarda amaliy masalalarni yechishni taminlaydi.
Hozirda qaysi sohani olib qaramang, xammasi bevosita amaliy dasturlar bilan faoliyat yuritadi. Ularni bajaradigan ishlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- matn muharrirlari
- nashriyot tizimlari
- jadval ma’lumotlarni qayta ishlash
- axborot jamg‘armalarini qayta ishlash.
Buning ichiga xalq ta’limi ishlarini boshqarish, xalq ta’limi muassasalari ishlarini boshqarish va fanlarni o‘qitish, sinov nazorat ishlarini bajaradigan amaliy dasturlar ham kiradi.
1) va 2) guruh dasturlarining qiladigan ishlari matnni tahrir qilish, nashriyot ishlarini bajarishdir.
Jadval ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlar to‘plami berilgan ifodalar bo‘yicha har xil ma’lumotlar jadvallarini hisoblash, har xil diagramma, grafiklar chizish, har xil jadval ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarni qayta ishlash ishlarini bajaradi. Keng ommalashgan jadval prosessorlar Lotus 1-2-3, Super Calc, Microsoft Excel, Karat_m va hokazolardir.
Axborot jamg‘armalarini qayta ishlash dasturlari katta hajmdagi axborotlar to‘plamlarini boshqarish ishlarini bajarishga mo‘ljallangan. Eng sodda axborot jamg‘armalari bu bir o‘lchamli jadvallar bo‘lib, ular ustida kiritish, tuzatish, qidirish, saralash va har xil hisobotlar tayyorlash ishlarini bajarishdan iboratdir. Hayotda esa ancha murakkab bir necha o‘lchamli jadval axborotlar bilan ishlashga to’g‘ri keladi. Bunday hollarda kiritiladigan va chiqariladigan ma’lumotlarni foydalanuvchi qulay holda olish uchun mahsus axborot jamg‘armalari tuziladi. Bunday jamg‘armalarni qayta ishlash uchun mahsus dastur to‘plamlari tuzilgan. Misol uchun DBase, Fox Pro, Clepper, Paradox, RBaselar. SHunday dasturlar to‘plamlari va texnik hamda dasturiy ta’minot vositalari yordamida juda katta hajmdagi axborotlarni tez qayta ishlab kerakli natijalarni o‘z vaqtida olish mumkin.
Hozirgi zamon kompyuterlari asosan shaxsiy kompyuterlar bo‘lib, ularning texnik tuzilishini 3 qismga bo‘lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |