Konfidentsial axborotni ruxsat etilmagan kirishdan himoyalash.
Bu kompyuter steganografiyasini ishlatish sohasi konfidentsial axborotni himoyalash muammosini yechishda eng samaralidir. Masalan, tovushning eng kam ahamiyatli kichik razryadlari yashiriladigan xabarga almashtiriladi. Bunday o’zgarish ko’pchilik tomonidan tovushli xabarni eshitish paytida sezilmaydi.
Monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini yengish.
Sanoat shpionaji tizimlarining monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish harakatlariga qarshi yo’naltirilgan steganografik usullar lokal va global kompyuter tarmoqlari serverlaridan axborotning o’tishida nazorat o’rnatish harakatlariga qarshi turishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |