Qidiruv kataloglari. Qidiruv kataloglari katta kutubxonalarning tematik katalogi kabi ish yuritadi. Qidiruv kataloglariga murojjat qilinsa, uning asosiy sahifalarida qisqartirilgan ulkan tematik kategoriyalar ro‘yhatiga duch kelamiz. Masalan, iqtisod va tadbirkorlik kategoriya ro‘yhatidagi har bir yozuv - bu giperuzatishdir. SHulardan biror mavzu ustida «sichqoncha» tugmasi bosilsa, bo‘limlar ro‘yhati kelib chiqadi. Masalan, elektron to‘lov tizimi, yoki Internet do‘konlari. SHular ichidan keraklisi Web hujjat sifatida tanlab olinadi. Qidiruv kataloglari bilan ish yuritish oson, ammo uni tashkil etish juda murakkab masala, chunki qidiruv kataloglari qo‘l mehnati bilan amalga oshiriladi. Jahonda eng yirik qidiruv katalogi - YAhoo(WWW.yahoo.com) bo‘lib, unda 150dan ortiq redaktor (muharrir) xizmat qiladi Undagi Web resurslar milliondan ortiq bo‘lib, Internet xizmatining atigi 10% ni tashkil etadi. Rossiyada shunday qidiruv kataloglaridan 100dan ortiq muxarrirga ega Atrus(WWW.atrus.ru) katalogi mavjud. Umumun olganda dunyoda qidiruv kataloglari uncha ko‘p emas. Sababi: xizmat qilishning ancha mushkulligi, yaxshi malakaga ega redaktorlar va kadrlar yetishmasligi hamda WWW resurslardan foydalana bilish past darajada. SHuni e’tiborga olib, qidiruv ishlarini kataloglardagidek qo‘lda bajarmay, avtomatlashtirish uchun qidiruv ko‘rsatkichlari modellari ishlab chiqilgan. Qidiruv ko‘rsatkichlari. Asosiy ish yuritish printsipi- Web resurslari kalitli so‘zlar bilan qidirish jarayonini tashkil etish hisoblanadi. Bunda qidiruv tizimi so‘rov asosida Web sahifalar ro‘yhatini beradiyu Giper uzatishlar bilan bir vaqtda topilgan resurslar to‘g‘risida qisqacha xabar beradi. Bugungi kunda jahonda 10 000 dan ortiq qidiruv ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Masalan, Alta Vista, GoTo, Google, Excite, Aport, YAndex, Rambler va hokazo. Qidiruv ko‘rsatkichlari bilan ish yuritish 3 etapda amalga oshiriladi. Ulardan 1-va 2-etapi tayyorlov(podgotovitelno‘y) bo‘lib, mijoz uchun bilinmaydi. 3-etapida esa qidiruv ko‘rsatkichi foydalanuvchi bilan birgalikda ish yuritadi. 1-etapida qidiruv tizimi WWW informatsion fazoni skanerlaydi. Buning uchun maxsus «chuvalchang» degan dastur bilan ish yuritiladi, ya’ni avtomatik ravishda tarmoqda kichik o‘lchovli «chuvalchang» Web resurslarni giperuzatish asosida qidira boshlaydi. Bordiyu, bu resurs qidiruv tizimiga noma’lum bo‘lsa, undan o‘zining mosiga nusxa olib qo‘yadi. Qidiruv «chuvalchangi» samarali ish yuritsa, qidiruv ko‘rsatkichining mazmun-mohiyati o‘zgara boradi. SHu usulda tashkil etilgan mo indeksatsiyalanadi, chunki foydalanuvchi oniy sekund davomida o‘z so‘roviga javob olishi kerak. So‘ngra filtrdan o‘tkazilib alfavit bo‘yicha saralanadi. 3-etapida esa uzatishlar ro‘yhati tuziladi. Natijaviy ro‘yhatni trafinlash qidiruv natijasini filtrdan o‘tkazish va baholash (ranjirovka)dan iborat.
Web sahifalari hajmi ortishi bilan mijoz uchun juda ko‘p giperuzatishlarni qidiruv tizimi chiqarib bermoqda. Ular ichidan keraklisini tanlash mijozning ko‘p vaqtini olmoqda, yoki bir qidiruv tizimi o‘zidan holi qilish uchun mijozni ikkinchi bir qidiruv tizimiga jo‘natib yuborishga intilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |