O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi


Arablar bosib olgandan keyin Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Xalq harakatlari



Download 1,88 Mb.
bet11/41
Sana24.02.2017
Hajmi1,88 Mb.
#3246
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41

Arablar bosib olgandan keyin Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Xalq harakatlari

Arablar O`rta Osiyoni bosib olgach bu hududdagi hamrna shaharlaf aholi joylarida o`z qo`shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o'z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligining hukmroriligi aholi uchun og`ir yuk bo`lib qoldi.

Istilochilar avval boshda Movarounnahrning hunarmandchilik va savdo shaharlari, obod viloyatlariga bostirib kirib, ularni taladilar va katta o`ljalarga ega bo`ldilar. O`lkalarni bosib olish chog`ida dehqonchilik vohalari oyoq osti qilinib, shahar va qishloqlar vayron etildi. Suv inshootlari buzib tashiandi. Ko`pgina joylarda qurg`oqchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta miqdorda qimmatbaho o`ljalar, Buxoro, Poykand va So`g`d hukmdorlaridan esa katta miqdorda tovon olindi.

Arab qo`shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko`plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo`ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o`z harbiy garnizonlarini joylashtirishgan arablar, shu harbiy kuchga tayanib aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda uylarning qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba'zi istilochi zodagonlar dehqonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o`rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko`prik qurish, binolarni ta'mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan birga mahalliy aholi arab zodagonlari va qo`shinini ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta'minlab turishi kerak edi.

Iqtisodiy hayotni O`z qo`llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig`i-hiroj (hosilning o`ndan bir yoki o`ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya solig`i ham qo`shildi.

Arablar o`z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlashda islom dinini keng yoyishga va targ`ib qilishga katta e'tibor berdilar. O`rta Osiyo aholisi ichida e'tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e'lon qilindi. Ayniqsa zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodatxonalari yo`q qilindi. Uning o`rniga masjidlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan diniy kitoblar, so`g`d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo`q qilinib yuborildi.

"Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din Peshvolarini qirib lashlab, ularning kitob va qo`lyozmalarini yoqib yuborgandan keyin, deb yozgan edi. Beruniy, xorazmliklar savodsiz bo`lib qoldilar, ularning faqat yodda saqlab qolgan xotiralarigina qoldi, ammo vaqt o`tishi bilan bu unutilib, faqat o`zlari uchun mos bо`lgan xotiralargina saqlanib qoldi", So`g`d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo`q qilib tashlandi. Islom dinini qabul qilgan, musulmon bo'lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va juzya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Namoz o`qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Juzya solig`ini o`z vaqtida to`lamagan kishilar tutib olinib bo`yinlariga "qarzdor" deb taxtachalar osib qo`yilgan.

Qutaybaning o`limidan so`ng arab hokimiyatining Movarounnahrdagi mavqeyi biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda bo`la boshlaydi. Sulaymon vafotidan so`ng taxtga o`tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719)-Umar II xorijiylar ta'limoti tarafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiqqan guruh bo`lib ilk islom ta'limoti tartiblarini va umumiy tenglik g`oyalarini ilgari surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib, bo`ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U Movarounnahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga ko`ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va moliyaviy islohotlar o`tkazish ko`zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda yangi musulmonlardan ham juzya va xiroj solig`i olish bekor qilindi. Umar II soliq yig`uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur'on va Hadislarga qat'iy amal qilishni buyurdi.

Arab feodal-zodagonlari turli yo`llar bilan xiroj solig`i yig`a boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat solig`i sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o`z yerlarini kengaytirishni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719 yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o`ndan bir qismi) soliq olish ko`zda tutildi.

Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga elchilar yuborib Samarqand shahristonini qaytarib berishni so`radilar. Umar II Samarqand hokimi Sulaymon ibn-Abus-Sariyaga maktub yozib, qozi bu ishni hal qilib berishini so`raydi. Samarqandliklar shikoyati ko`rib chiqilib, bu ish samarqandliklar foydasiga hal bo`ldi. Qozi Samarqanddan arab garnizoni olib chiqib ketilishi kerak deb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi. Arablar kuch-qudratini bilgan samarqandliklar o'z ja'volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar o`zlarini musulmon hisoblab, g`aznaga soliq to`lamay qo`ydilar. Shundan so`ng xalifalik barchadan soliqlarni olishni belgiladi. Natijada Movarounnahrda norozilik kuchayib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab ma'muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi.

Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari Movarounnahrda hijriyning 100 yilida (719 yii) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so`zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birincbi bo`lib, 720-yilda So`g`d aholisi bosib ko`taradi. Qo`zg`olonga Samarqand ixshidi Hurak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar.

So`g`dlarga yordam berish uchun Turkiy hoqon shahzoda Ko`rsul boshchiligidagi turkiy lashkarini Samarqandga yuboradi. So`g`ddagi qo`zg`olon umumxalq qo`zg`oloniga aylanib ketdi. Qo`zg`olonchilar arablarga zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal'alar ichida qurshovda qolgan arab harbiy qismlarigina katta boj va Hiborli vakillarni qo`zg`olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo`zg`olonni bostirishga muvaffaq bo`lolmadi.

721-yil Xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Xuroson noibi etib Sayid ibn Amir al-Xaroshiy tayinlanadi. U Iroqdagi xalq qo`zg`olonini bostirishda o`z shafqatsizligi bilan nom chiqargan edi. Sayid al-Xaroshiy qo`zg`olonchilar bilan olib borgan rauzokaralar natijasida Hurak boshliq zodagonlarning bir qismi arablar tomoniga o`tib ketadi. Qo`zg`olonchilardan bir qismi esakurashni davom ettirishni lozim ko`radilar. Arablar 400 ta boy savdogarlardan bosbqa hamma Sug`d qo`zg`olonchilarini qirib tashladilar. Qo`zg`olonchilarga yordam bergan Xo`jand ahli ham jazolandi.

Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arab hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashras ibn Abdulloh (727-730 y) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya solig`i olishni bekor qiladi. U islom dinini keng targ`ib qila boshlaydi. Chegaradagi yerlarda yangi istehkom qurilib, chegaralar mustahkamlana bordi. Lekin g`aznaga tam daromad tushayotganligi, zodagonlarning shikoyati tufayli xirojni Rayta tiklaydi. O`z siyosatini targ`ib qilish maqsadida ikkita taniqli arab ruhoniysi As-Sayid Soliq va Robiya ibn Umranni Samarqand va Buxoroga jo`natadi. Xiroj solig`i zodagonlardan ham, kambag`allardan ham zo`rlab undirila boshlanadi.

Samarqandda Abu Sayid boshchiligidagi 700 ta so`g`dliklar xiroj to`lashdan bosh tortadilar. Ular shahardan 7 farsax nariga o`tib, qarshilik harakatiga tayyorgarlik ko`ra boshladilar. Abu Sayidni hiyla ishlatib muzokara uchun Samarqandga chaqirtirishadi va o`sha yerning o`zida uni va safdoshlarini zindonband etadilar.

O`zaro kurashlar, 733-734 yillardagi Zarafshon vohasidagi qurg`oqchilik, mustamlaka zulmining kuchayishi-bularning hammasi Movarounnahrdagi norozilikning yanada avj olishiga olib keldi. Norozilik arab harbiylari va qisman zodagonlar ichida ham kuchaya bordi. Shu paytga kelib xorijiylar harakati va mafkurasi yanada keng tarqala boshlandi. Xorijiylar yuqorida qayd qilinganidek, shialar guruhidan VII asr oxirida ajralib chiqqan bo`lib, bu so`zning lug`aviy ma'nosi qo`zg`olonchilar degani edi. Avval boshda bu harakat oddiy arab va boshqa musulmon xalqlarning manfaatlarini himoya qilar edi. Keyinchalik bu guruhdan ibodiylar, azrakiylar va boshqa jamoalar ajralib chiqqan. Xorijiylar ta'limotiga ko`ra musulmonlar-zimmiylar (boshqa dindagilar) ustidan hukmron bo`lishlari kerak edi.

Movarounnahrda Xorijiylar harakatiga shu paytda Xoris ibn Surayj boshchilik qiladi. Xoris Movarounnahrda tezda shuhrat qozondi. U Samarqand va Dabusiyadagi Abu Sayid tarafdorlarini o`z qo`li ostida to`pladi. Abu Fotima uni yordamchisi va harbiy maslahatchisi etib tayinlandi.

Xoris Ummaviy xalifalarni islomga rioya etmaslikka ayblab, butun Xuroson va Marv aholisini xiroj va juzyadan ozod qilishni talab etadi. Kesh xalq ommasiga tayanib, u Xurosonning shimoliga yurish qiladi. Uning qo`shini tarkibida Xuttalon shahzodasi Sabil, qarluq yabg`usi va Abu Fotima guruhi ham bor edi. Xalq harakatlaridan norozi bo`lgan xalifa Xurosonga yangi noib Osim ibn Abdullohni tayinlaydi. Xoris qo`shinlari Xurosonning katta qismini egallashib, Osimni chekinishga majbur etishadi. 735 yilga kelibgina xalifa yangi noib Asad ibn Abdullohni Xuroson valiysi etib tayinlab, katta kuch bilan Xorisga qarshi kurasb boshlaydi. 736-737 yillarda Asadning qo`shini Xurosondan Xorisni siqib chiqarishga muvaffaq bo`ladi. Qo`zg`olonchilarning ijtimoiy tarkibi ham, talablari ham turlicha edi. Qo`zg`olonda aholining deyarli hamma tabaqalari qatnashadi.

Albatta, hukmdorlar o`rtasida o`zaro nizolar, xiyonatkorona harakatlar, qurol-yarog`ning yetishmasligi, yaxshi uyushmaganlik va boshqalar o`zining ta'sirini ko`rsatdi. Shunday bo`lsa ham qo`zg`olonchilar izsiz qolmay xalifalik siyosiy harakatida o`zining aksini topdi.

Ulkan xalifalikni 661 yildan boshlab Ummaviylar sulolasi boshqarib kelar edi. Bu sulola davrida juda ko`p siyosiy o`zgarishlar, diniy mazhablar, guruhlarning kuchayishi, boshqarishdagi nomutanosiblik, mustamlakachilik siyosati, zo`ravonlik, adolatsizlikning avj olishi ro`y berdiki, bu narsa sulolaning keyingi davrida uning faoliyatini qiyin ahvolga solib qo`ydi. O`rta Osiyoda va boshqa xalifalik yerlarida xalifalikka qarshi norozilik kayfiyatlari kuchli edi. Ularning soliq siyosatidan zo`ravonligidan quyi tabaqalar, o`z huquqlarining kamsitilganidan esa yuqori tabaqalar norozi edi. Ummaviylaming hokimiyatini arab aholisi ham qo`llamas edi. Ularning hokimiyatga kelishini turli gumonlar, muxolifat kuchlari noqonuniy deb bilishar edi. Avvalo xorijiylar ularga qarshi bo`lib, xalifalik taxtining merosiy bo`lishini noto`g`ri deb baholar edilar.

718 yildan boshlab maxfiy tarzda Muhammad Payg`ambarning amakilari Abbosning tarafdorlari o`z g`oyalarini targ`ib qila boshladilar. Ular hoshimiylar urug`i (Payg`ambar shu urug`dan) vakillari hokimiyatga da'vogardirlar deb hisoblashar edilar. Keyinchalik ular o`z kurashlarida shialar bilan birga harakat qila boshlaydilar.

Yerga egasiz munosabatlarning rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o`zgarishi ummaviylarning siyosiy sahnadan ketishlarini, ularning avvalgi mavqei tugaganligini ko`rsatib turar edi. Umraaviylar siyosatidan ommaviy norozilik ayniqsa Marvon II (744-750 y.) hukmronlik davrida kuchayib ketdi. Marvon II ning xiroj solig`i miqdorini ko`paytirish va mahalliy xalqlar vakillarini og`ir qurilish ishlariga keng jalb qilishi norozilikning alangalanishiga olib keldi. Movarounnahr va Xurosonda Abbosiylar vakillari katta yet egalarini o`zlari tomonga jalb qilishga harakal qiladilar. Abbosiylar vakillari xalifa Xishom (724-743 y.) davridayoq O`rta Osiyoda harakat qila boshlagan edilar. Ularning targ`ibotchilari ta'qib ostiga olinar, ular qo`lga tushgudek bo`lsa, qo'1-oyoqlari kesilar edi. Ayniqsa Nasr ibn Sayyor abbosiylar va shialarning katta dushmani bo`lib ularni doimo ta'qib etib kelar edi. Abbosiylarning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim va uning harakati muhim ahamiyat kasb etdi. 746 yil Abu Muslim abbosiylar targ`ibotiga boshehilik qilish uchun Xurosonga yuboriladi. Abu Muslimga Payg`ambar xonadonining ishonchli vakili degan unvon beriladi.

O'z tashviqotini Abu Muslim Xuroson zodagonlariga murojaat etish bilan boshlaydi. U Marv shahridan uch farsah g`arbda Xarkon arig`i sohilidagi Safizanj qishlog`ini o`ziga qarorgoh qilib oladi. Abbosiylarning ramziy rangi va bayrog`i qora rangda edi. Shu sababli Abu Muslim va uning tarafdorlari qora kiyim kiyib yurishadi. Xuroson aholisiga murojaatida u Qur'on va hadislarga amal qilishga, payg`ambar avlodlariga bo`ysunishga chaqiradi. Keyinchalik mahalliy zodagonlar ham uni qo`llab-quvvatlay boshlaydilar. Abu Muslim tashviqoti Movarounnahr va Xuroson yerlarida tezlik bilan tarqala borib, uning tarafdorlari soni orta boshlaydi. To`planayotgan otliq va piyodalarga bosh bo`lib, Abu Muslim Moxuvon qafasiga ko`chib o`tadi. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor Abu Muslimga qarshi arab zodagonlari vakillarini birlashtirishga harakat qiladi. Lekin uning barcha harakatlari zoye ketdi. U Abu Muslimga yurak yutib kurash boshlashga qurbi yetmay, 748-yilda Xaroson poytaxti Marvni tashlab chiqib Nishopurga yo'l oldi. Nishopurda unga Abu Muslimning sarkardalaridan biri qaqshatqich zarba berib uni mag`lubiyatga uchratdi.

749-yili Abu Muslim qo`shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qiladi. Iroq va Jazoirda ummaviylarga hal qiluvchi zarba beriladi. Qo`zg`olonchilar poytaxt-Damashqni ham qo`lga kiritadilar. Xalifa Marvon taxtdan ag`dariladi. Abbosiylardan bо`lgan Abulabbos Saffoh (749-754-y.) xalifalik taxtiga o`tiradi. Joylarda Ummaviylaraing barcha vakillari qirib tashlanadi. Shunday qilib arab xalifaligi hokimiyati Abbosiyiar qo`liga o`tadi.

751-yil Buxoro shahrida Shorik ibn Shayhulmahriy boshchiligida qo`zg`olon ko`tariladi. Qo`zg`olonchilar shialik talablarini ilgari surib, Alil avlodidan xalifa tayinlash shiorini ko`tarib chiqishadi. Abu Muslim qo`zg`olonni bostirishda Ziyod ibn Solih boshchiligidagi 10.000 kishilik qo`shin yuboradi. Bu qo`zg`olon faqatgina Buxorxudod Qutayba ibn Tug`shodning yordami bilangina bostiriladi.

Abu Muslim O`rta Osiyoning shimoliga kirib kelgan Xitoy iraperatorining qo`shiniga ham hal qiluvchi zarba beradi. 751 yil Talas vodiysidagi xitoyliklar bilan jangda, Xitoy qo`shini haydab chiqariladi. Shu bilan xalifalikning shimoliy chegarasi ham mustahkamlanib, qafiy chegara o`rnatiladi. Xalifalik ta'siri butun O`rta Osiyo hududida asosiy va qonuniy bo`lib qoladi. Garchi Abu Muslim sadoqat ila xizmat qilsa-da, arab hokimiyati unga ishonmas edi. Xalifa unga jangga yuborish haqida noma yo`llab uni markazga kelishga majbur qiladi. 755-yil Haj safaridan qaytayotgan Abu Muslim Xalifa tomonidan xiyonatkorona Bag`dodda o'ldiriladi. Uning o`limi xalq ommasining umumiy noroziligiga sabab bo'ldi. Uning murdasi Samarqandga olib kelinib Xo`ja Temim Ansoriy maqbarasi yoniga katta hurmat bilan ko`miladi.

Abbosiy xalifalar davrida xalq ommasining ahvoli yanada og'irlashdi. Sug`orilmaydigan yerlardan hosilning yarmi, sug`oriladigan yerlardan 1/3 qismi soliq olinadigan bo`ldi. Ko`p holda soliqlar bir marotaba o`rniga ikki marotaba ham olinadigan bo`ldi. Ozod jamoalarning huquqlari cheklab qo`yildi. Yerlar zodagonlar tomonidan ijarador dehqon - kadivarlarga bo`lib berila boshlandi. Hamma hashar qurilish ishlarida aholi tekin ishlab berishi lozim edi. Shahar hunarmandlarining ahvoli ham og`ir bo`lib, ular o`z mahsulotlaridan katta soliq to`lashar edi. Shuningdek, og`ir soliqlar ko`chmanchi chorvadorlar bo`yniga ham qo`yilar edi.

Shunday bir ahvolda xalq harakatlari kuchayib ketadi. Abu Muslimning o`chini olish shiori ostida uning safdoshi Sumbod boshchiligida qo`zg`olon ko`tariladi. 755 yilda ko`tarilgan bu qo`zg`olon tez orada Xuroson va Tabaristonga ham yoyiladi. 70 kun davom etgan bu qo`zg`olon qattiqqo`llk bilan bostirilib, Sumbod Rayda qatl etiladi. Garchi u qatl etilsa-da, Abu Muslim tarafdorlari yashirin “muslimiya” guruhiga asos soladilar.

VIII asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda juda ulkan xalq qo`zg`oloni ko`tariladi. Qo`zg`olonchilar oq rangdagi kiyim kiyganligi uchun tarixda u “oq kiyimlilar” qo`zg`oloni deb ham shuhrat qozonadi.

Bu qo`zg`olonning rahbari Muqanna (boshi va yuziga yoping`ich tashlab yurgani uchun unga shunday laqab berilgan) edi.

Muqanna Marv atrofi aholisidan,-deyiladi “Buxoro tarixi” nomli Narshahiy asarida, Koza deb atalgan qishloqdan bo`lib, asr nomi Hoshim ibn Haklin edi. U ilgari kudungar (kigiz bosuvchi) lik qilar edi, keyin ilm o`rganishga mashhur bo`ladi va har xil ilmlarni ko`zbo`yamachilik, sehr va tilsim ilmlarini o`rganadi. Ko`zbo`yamachilikni yaxshi bilib olib payg`ambarlik da'vosini ham qiladi. Muqanna ko`zbo`yamachilikni o`rgangan va g`oyatda ziyrak bo`lib, qadimgi olimlar ilmlariga oid ko`p kitoblarni o`qigan va jodugarlikdan ustoz bо`lgan edi. Uning otasini nomi Hakim, u Abu Ja'far davridagi Xuroson amiri lashkarboshilaridan bo`lib, asli Balxdan edi”.

Qo`zg`olon 776-yili boshlanadi. Muqanna o`zining 36 ta muridi bilan Amudaryodan o`tib, Kesh viloyatiga yo'l oladi. Buxorxudod Tug`shod uni qo`llab-quvvatlay boshlaydi. Muqanna Kesh yaqinidagi Som (Sanaro) qal'asini o`ziga qarorgoh qilib oladi. Butun Qashqadaryo vohasi qo`zg`olonchilar qo`liga o`tadi. Muqanna ta`limoti umumiy mulkiy tenglik va arablarni O`rta Osiyodan haydab chiqarish g`oyalarini targ`ibot etar edi.

Muqanna ta'limoti So`g`d, Iloq (Oxangaron), Shoshda ham yoyila boshladi. Qo`zg`olonda turli ijtimoiy guruhlar vakillari qatnashib, ulani bir fikr istilochilarini mamlakatdan haydab chiqarish, mustaqil davr barpo qilish g`oyasi birlashtirib turar edi.

Qo`zg`olonga zarba berish uchun xalifa Abu Ja'far 776-yilda Jabroill ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga yuboradi. Biroq j Jabroil qo`zg`olonchilariga yengiladi. U katta talofatlar berib bazo'r Samarqandga yetib keladi. 10.000 askar bilan Jabroilga yordamga yuborilgan Uqba ibn Salim Kesh va Samarqand oralig`ida, boshliq 14.000 kishilik qo`shin Termiz yaqinida qo`zg`olonchilar tomonidan tor-mor keltiriladi. Natijada Chag`oniyon qo`zg`olonchilar qo`liga o`tadi.

Qo`zg`olon markazi Narshaxda, Buxoro atrofida joylashadi. Shu yili Narshax yaqinida Buxoro hokimi Xusayn ibn Muvoz va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qo`shini o`rtasida to`rt oy jang bo`ladi. “Oq kiyimlilar” bu jangda qo`llari avval ustun keladi, keyinchalik son jihatdan ko`p bо`lgan arablar Narshax qal'asi devor ostidan uzunligi 50 gazlij chuqur qazib, uni qulatib qal`aga kiradilar. Narshax qal'asi arablar tomonidan egallanadi. Kesh va Samarqand endilikda qo`zg`olonning asosiy markazlariga aylanib qoladi.

Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vohasi (Qashqadaryo)da juda avj oladi. Muqanna qarorgohi bо`lgan Som (Sanam) qal'asini qamal qilish Xaroshiyga topshiriladi. Uzoq vaqt qamaldan so`ng muqannachilar taslim bo`ladilar (VIII asr 80-yillari boshlarida).

O`z davrining eng qudratli davlati bо`lgan xalifalikni larzaga solgan Muqanna boshchiligidagi qo`zg`olon shu tariqa tugaydi. Bu qo`zg`olonning yengilishiga bir necha sabablar bor edi. Avvalo, qo`zg`olonchilar uyushqoqlik bilan harakat qila olmadilar. Mahalliy zodagonlar alohida guruhni tashkil etib, keyinchalik umumiy xiyonat yo`liga kirib arablar tomoniga o`tib ketdilar. Muqannaning o`zi Sotn: (Sanam) qal'asida bo`lib, bevosita qo`zg`olonga rahbarlik qila olmadi. Uning o`zi umumiy tenglik g`oyasini ko`tarib chiqib, o`zi kichik davlat boshlig`iga aylana bordi.

O`zaro urushlar natijasida aholi juda charchadi, ekinzorlar payhon qilindi, iqtisodiy tanazzul boshlana bordi. Muqannadan so`ng uning safdoshlari harakati ham bo`lib o`tdi. Bu qo`zg`olon xalifalik kuchli zayiflashtiradi va boshqa o`lkalarda ham ozodlik harakatlarini chiqishiga turtki bo`ladi.

Masalaning yana bir jihati shundaki, islom dinininng ko`p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uni tez orada qabul etilishiga sabab bo`ladi, Qutayba singari uni pul va qilich bilan joriy etish mumkin emas edi. Qachonki islom mohiyatiga yetilgachgina unga rag`bat va e'tiqod kuchayib ketadi. Oliq-soliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur'on va Shariat ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Islomning xalqparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ldi. Zero, islom dini ma'naviy bo`shliqni tugatdi. Diyorimizda ota-bobolarimiz dini-islom faqatgina mustaqillik sharofati bilan qayta tiklandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk diniy arboblar-Imom al-Buxoriy, Imotn at-Termiziy, Imom al- Moturudiy, Burxoniddin al-Marg`inoniy, Abdulxomid G`ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband va boshqalarning tavallud yoshlarining keng miqyosda nishonlanishi, ularning oxirgi manzilgohlarini obod qilib, ziyoratgohlarga aylantirilishi, diniy bayramlarimiz, an'analarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishi, dindorlarga o`z e'tiqod huquqlarining qaytarib berilishi, qator masjid-madrasalarninng, xalqaro islom tadqiqot markazi, Islora universitetining ochilishlari va boshqa xayrli, savobli tadbirlar musulmon olamining bir qismi bо`lgan O`zbekistonda haqiqatda muqaddas Islom diniga qanchalik ehtirom bilan qaralayotganligining yorqin isboti deb hisoblaymiz. Zero, Prezidentitniz I.Karimovning “Olloh qalbimizda, yuragimizda” nomli risolasida, bizning madamyatimiz, ma'naviyatimiz, o`tmishimiz, islora tarixi, uning qonun-qoida va an'analari bilan chambarchas bog`lanib ketganligi alohida ta'kidlab o`tiladi.
7-mavzu. IX-XII asrlarda O`zbek davlatchiligi. Siyosiy,

ijtimoiy-iqtisodiy hayot Tohiriylar va Somoniylar davrida Movaraunnahr
IX asrga kelib O`rta Osiyo, xususan Movaraunnahrda arab halifaligiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida mahalliy sulola vakillarining mustaqillikka bо`lgan intilishlari kuchayib ketdi. Chunonchi, halifalikning ichki hududlarida ham ziddiyatlar keskinlashib borayotgan Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o`g`illari Ma'mun va Amin o`rtasida o`zaro kurash boshlanib ketdi. Mahalliy sulola vakillari bu kurashlarga aralasha boshladilar.

Hirot viloyatining Bushang shahridan bо`lgan Tohir ibn Husayn o`z nomidagi sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik o`g`li Ma'mun (asli ismi Abdulla bо`lgan) Xurosonning noibi edi. Amin va Ma'mun o`rtasida hokimiyat uchun bo`lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma'mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813-yilda Ma'mun xalifalik markazi Bog`dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821-yilda esa Tohir ibn Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (O`sha davrda Movaraunnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o`zining qarorgohi etib tanladi. U o`zi noiblik qilayotgan viloyatlarni xalifalikdan mustaqil boshqarishni orzu qilar edi. Natijada Tohir xalifaliklar mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Noiblikka o`tirgandan so`ng oradan ko`p o`tmay Tohir xutba nomozidan xalifaning nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma'munga qarshi ochiqdan ochiq isyoni belgisi edi.

Ba'zi manbalarda qayd etilishicha, 822-yilda Tohir ibn Husayn Ma'mun odamlari tomonidan o`ldirildi. Uning o`rniga Talxa ibn Tohir (822-830-y.) noib etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi, qo`zg`olonlarni bostirishda foydalanar edi. Xuroson noibining muhim vazifalaridan biri esa o`ziga qarashli hududlarda viloyat hokimlarini saylash bо`lgan. Xususan, Tohir dastlabki somoniylar vakillarini Samarqand, Ustrishona, Farg`ona va Shoshga hokim qilib tayinlagan.

Talxadan keyin taxtga o`tirgan Abdulloh ibn Tohir o`zigacha bо`lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko`histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma'muriy birliklarga bo`lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bо`lgan. Abdulloh o`z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ayrim harbiyi islohotlar o`tkazgan edi. Bundan tashqari Tohiriylar yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim ma'lumotlarga ko`ra, Tohiriylar davrida O`rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi.

Tohiriylar davlat boshqaruvida turli toifa va qatlamlar mavjud edi-Shunga alohida e'tibor berish kerakki, Tohiriylar qishloq xo`jaligin1 rivojlantirish maqsadida yer-suv masalalariga alohida e'tibor qaratdilar.

Shu soha bilan shug`ullanuvchi qonunshunoslar "Kitob alkuniy" nomli qonunlar to`plamini tuzdilar. Bu to`plam yerdan unumli foydalanish va sug`orish tizimi masalalariga qaratilgan edi.

IX asrning 60-70-yillaridan e'tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G`oziylar boshchilik qildilar. ("G`oziylar" asosan ko`chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag`al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo`shin). G`oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amir binni Lays boshqardilar, Ular dastlab Seyislonda hokimiyatni qo`lga olgach, 873 yilda tohiriylarning qo`shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e'tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, Yoqub va ; Amir asli hunarmand-misgar-"saffbr" edilar.) qo`liga o`tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movaraunnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movaraunnahrdagi mahalliy hokimlarning o`lkani to`la mustaqilligvni ta'minlash sari harakatlari uchun qulay imkontyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular Movaraunnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g`oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo`llab quvvatladilar. Chunki birlashgan va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko`chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar ediiar. Markaziashgan yagona hamda qudratli daviat kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi.

Somoniylar davlatiga Somon qishlog`i (Balx yaqinida, ba'zi manbalarda esa, - Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari . asos solgan. Xalifa Ma'munga bo`lgan sadoqatlari evaziga 819-820-yillarda Sotnonxudotning nabiralari Nuh Samarqandga, Ahmad Farg`onaga, Yahyo Choch va Ustrushonaga, Ilyos Hirotga hokirn etib tayinlandilar,

839-840-yillarda Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi. U SO`g`dning bir qismi va Farg`onaga hokim bo`lib oldi. Lekin somoniylar davlatini bunyod etishda Ahmadning hissasi ko`proq bo`ldi. Uning Nasr, Ya'qub, Yahyo, Asad, Ismoil, Is'hoq va Homid ismli o`g`illari bor edi. Nuh ibn Asad 842 yili vafot etgach, Samarqandni ukalari Ahmad va Yahyo boshqardi; keyin hokimlik Nasr (865-892) Ro`liga o`tdi. 859-yilda Yahyo ibn Asad vafot etgach, Choch va trushona Ahmadning ikkinchi o`g`li Ya'qubga nasib etdi. Keyin ashabbus Ismoil ibn Ahmad qo`liga oHdi. Buxoroda tohiriylar mavqei sust edi. 874 yilda Husayn ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari iltimosi bilan Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmad (849-892)ni hokirn qilib jo`natadi.

Nasr Movaraunnahrda markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Xalq bu ishda unga xayrxoh edi. 875-yilda u Shovga (Turkiston yaqinida)ni qo`lga kiritdi. Xalifa Mu'tamiddan Movaraunnahrni boshqarish uchun yorliq olishga muvaffaq bo`ldi. Bu paytda Buxoroda kuchayib ketgan Ismoil akasiga tobe' bo`lishni istamadi. 888-yili ikki o`rtadagi jangda Nasr yengildi. 892-yilda Nasr vafot etgach, Ismoil Movaraunnahrning yagona hukmdori bo`lib qoldi (892-907). 893 yilda u Tarozni, so'n Ustrushonani qo`lga kiritdi.

Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish maqsadida Arab xalifasi 898 yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni tushirib uning o`rniga safforiylar sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etibj tayinlash haqida yorliq jo`natadi. Ismoil 899 va 900 yillardagi harbiy to`qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar qo`shinlarini tor-mor keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo`ldi.

Shunday qilib, Xorazm, Isfijob, Chag`oniyon va Xuttalondan tashqari (ularning hokimlari somoniylarga tobe' edilar). ulkan hudud (Movarounnahr va Xuroson) somoniylar tomonidan bo`ysundirilgan edi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar. 992-yili Qoraxoniylar xoni Bug`roxon Buxoroni egalladi. Xurosonda Abu Ali Simjuriy va Balxda Foyiq amirga qarshi isyon ko`tardi. Nuh II yordam so`rab G`azna hokimi 1 Sabukteginga murojaat etadi. Sabuktegin 20.000 nafarli qo`shin bilan kelib, Simjo`riy va Foyiq kuchlarini tor-mor keltiradi. Sabuktegin bu xizmati uchun xalifadan "Nasir-ud-din va ad-davia" (dinu davlat homiysi), uning o`g`li Mansur esa "Sayf- ud-davla (davlat shamshiri)" laqabini oladi.

997 yili Nuh II ham, Sabuktegin ham vafot etadi. Nuh II ning o`g`li I Mansur ibn Nuh (997-999)ga qarshi Nishopur hokimlari Bektuzin va Foyiq isyon ko`tardilar. Amirning Mansurga e'tiqodi zo`rligini nazarda j tutib, isyonchilar amirning ko`ziga mil tortadilar. Mansur ibn Nuhl vafotidan so`ng uning ukasi Abdulmalik II ibn Nuh Buxoro taxtiga o`ltirdi. Mahmud intiqom bahonasida Bektuzin va Foyiqqa qarshi qo`shinl tortib butun Xurosonni bosib oldi. Abdulmalik ibn Nuh qo`lida faqat 1 Movaraunnahr qoldi.

Ko`p o`tmay qoraxoniylar xoni Nasr Iloqxon Buxoroni zabt etdi-Amir xonadoni asirga olindi. Somoniylar davlati tugatildi.

Somoniylar Movaraunnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy hukmroniigi davrida kunning doizarb masalasiga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy Vlovaraunnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo`ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun Ismoil bir qancha islohotlar O`tkazdi. Mana shunday isiohotlardan biri davlatni boshqarish ma'muriyatini joriy qilish bo`ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon (harbiy -fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda Sosoniylar Eron va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.

Hokimiyatning eng yuqori pog`onasida somoniylar turib, ular amir unvoni bilan davlatni idora qilganlar. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somoniyning ma'rifatli vazirlari Abuabdullo Muhammad Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylarning xizraatlar katta bо`lgan. Umuman, Somoniylar hukmdorligi davrtda vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan. Davlat majmuini dargoh va devonlarga boMinishi ma'lum darajada rasmiy bо`lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko`p xollarda devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat "Sohibi xoras" qo`li ostida bо`lgan. Sohibi Xoras Amirning farmonlari bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda Sharbatdorlar, Dasturxonchilar, Tashtadorlar, Otboqarlar, xo`jalik beklari kabi turli xizmatchilar bо`lgan. Saroydagi hamma xo`jalik ishlarini "vakil" boshqargan. Vakil saroydagi e'tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning yozishicha, Nasr II Somoniy hukmronligi davrida o`n devonga Buxoro registonida o`nta maxsus bino qurilgan.

Devonlar orasida vazir yoki "xo`ja buzurg" devoni alohida o`rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo`ysungan. U hamma «na'muriy, siyosiy va xo`jalik mahkamalarini nazorat qilgan.

Davlatni idora etishda "mustaufiy devon" ham muhim ahamiyatga ega bо`lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish