O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JURNALISTIKA FAKULTETI
70230801 - Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi
I bosqich magistranti
Urazaliyeva Mavluda Yangiboyevnaning
Korpus lingvistikasi fanidan tayyorlagan
“O‘zbek tili gaplarining ierarxik korpusi uchun morfologik tahlil” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Tayyorladi: M.Urazaliyeva
Qabul qildi: M.Abduraxmonova
TOSHKENT 2022-Yil
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. LINGVISTIK KORPUSLAR TOKSONOMIYASIGA DOIR TADQIQOTLAR
Xorijda korpus lingvistikasining o‘rganilishi
Turkologiyada lingvistik korpuslarning o‘ziga xos jihatlari tadqiqi
II BOB. KORPUSDA MORFOLOGIK ANALIZATORNING LINGVISTIK TA’MINOTI
2.1 Morfologik analizator uchun lingvistik modellashtirish masalalari
So‘z turkumlarini tahlil qilishning grammatik aksiomalari
III BOB. UZBEKCORPUS.UZ PLATFORMASIDA MORFOLOGIK TEGLASH VA TAHLIL QILISH TAMOYILLARI
Morfologik teglashda standart me’yor va mezonlar
3.2 Morfologik tahlilning interfeysi va dasturiy ta’minoti
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
BOBGA DOIR XULOSA
Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish tilning turli imkoniyatlaridan foydalanish yo‘lida katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Kompyuter tarjimasi, matnlarning tahlili, elektron lug‘atlar, electron korpuslarni bunga misol qilib keltirish mumkin. Elektron lug‘atlar tuzish va ularni amaliyotda qo‘llash tilshunoslar vas hu sohaga doir barcha shaxslarga yengillik berdi va undan foydalanish ko‘nikmasini yaratdi.
Bugungi kunga kelib til texnologiyasida erishilgan ilmiy natijalardan unumli foydalanish, ularga yangicha yondashuvlar, kompyuetr texnologiyalaridan unumli foydalanish ilmiy muammolarni oson va tez hal qilishga yordam beradi. Har xil soha vakillarini bir joyda to‘plashda asosiy vosita hamdir.
Tabiiy tillar haqida gap borar ekan bevosita uni tashkil qiluvchi birliklarga e’tibor qaratamiz: lisoniy modellar va nutqiy birliklar. Til doimo o‘zgarishlarga uchraydi va rivojlanib boradi, ijtimoiylashadi. Barcha tillar o‘ziga xos morfologik tuzilishga ega. So‘zlarni yasash, ularni matnlarda qo‘llash inson ongiga bog‘liq. Har bir til esa minglab so‘zlarni qamrab oladi. Mana shu so‘zlar orqali muloqotga kirishganda turli nutqiy hosilalardan so‘z shakllari yuzaga chiqadi. “Kompyuter morfologiyasi ana shu nutq aktidagi birliklarni jarayondagi mexanizmlarni aniqlash1” va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Morfologiyaning eng kichik birligi morfemadir. Morfologiyada so‘zlarning eng kichik ma’noli qismigacha bo‘lgan birlik aniqlanadi. Turli tillarda ham bu holatlar turlicha. Tabiiyki, o‘zbek tilida yaratilayotgan korpus uchun ham morfem jihatdan tahlil eng kerakli qismlaridan biri. Kompyuter tiliga mos ravishda so‘zlarni morfem tahlil qilib berish matnlarni to‘g‘ri tarjima qilishdagi birinchi qadamlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |