4
Kirish
Bugungi
integratsiyalashuv
jarayonida
O‘zbekiston
hamda
jahon
xalqlarining umumiy nuqtalari yoki jahon xalqlariga bag‘ishlangan tadqiqotlar
alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadqiqotlar tilshunoslik va boshqa sohalarni yangi
daliliy materiallar bilan boyishga xizmat qiladi. Til yuzasidan amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarga Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov
tomonidan alohida e’tibor qaratib, xalqning madaniy va ma’naviy merosini,
adabiyoti va folklorining tarixiy va hozirgi rivojlanishini har tomonlama tadqiq
qilish muhim vazifalardan biri sifatida ta’kidlaydi
1
.Bundan tashqari ta’lim sohasi
haqida gapirganda O‘zbekistonda o’rganilayotgan barcha tillar bilan bir qatorda
inliz tiliga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda ekanligiga to‘xtaladilar
2
.E.Sepirning
yozishicha ham: “Til–bu madaniyatni ilmiy o‘rganishda yetakchilik, boshlovchilik
qilishi bilan muhim ahamiyatga egadir”
3
.
Hozirgi bosqichda ona tilimiz lug’at tarkibining asosini turli tuman
terminologik tizimlarsiz ta’savvur etib bo’lmaydi. O’zbek tilshunozligida, hususan
uning terminologiyasida ko’plab doktorlik va nomzodlik dessertatsiyalar, 10 ga
yaqin monografiya, to’plam va risolalar va qator ilmiy ommabop maqolalarning
e’lon qilinganligi turli anjuman o’tkazilganligi yuqoridagi fikrlarning yorqin dadili.
Таrjimashunoslik tarixiga nazar tashlar ekanmiz o’tgan asrlardan to xozirgi
kungacha bo’lgan davr oralig’ida olib borilgan ilmiy ishlarda mutaxassislar
tajribaning leksik, grammatik, stilistik va boshqa bir qancha dolzarb muammolari
to’g’risida fikr yuritishgan. Terminlarni o’rganishdan asosiy maqsad chet tillaridan
kirib kelayotganso’zlarni o’z ona tilimizga aynan mos tushadigan so’zlarga
almashtirish va tarjima qilishdir.
Xalqaro aloqalardagi siyosiy sohaga oid chet tillaridan kirgan terminlarning
o’zbek tiliga tarjima qilish va tarjima jarayonida uchraydigan muammolarni
bartaraf etishda o’zlashgan terminlarni o’zbek tiliga aynan mos tushadigan
muqobil variantlarini topish muhumdir. Ko’pgina siyosiy terminlar o’zbek tiliga
1
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –
Toshkent: O‘zbekiston, 1997. – B.266.
2
Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – Toshkent: O‘zbekiston, 1995. – B.8.
3
Сепир Э.Избранные труды по языкознанию и культурологии. –М.: Прогресс, 2001. –С.132.
5
rus tilidan, rus tiliga esa lotin, yunon, ingliz, fransuz va boshqa bir qancha tillardan
kirib kelgan. Bu kabi terminlarni o’rganish nafaqat tilshunoslikning balki
tilshunoslikning ham oldiga qo’yilgan muhim masalalaridan biridir.
Tilshunosligimizning barcha sohalarida nazariy masalalarni toboro
chuqurroq, teranroq tadqiq etish sari dadil qadamlar tashlanmoqda, amaliy jihatdan
qator ishlar yuzaga kelmoqda. Turli tipdagi, ya’ni bir tilli, ikki yoki undan ortiq
tilli, umumfilologik yohud terminologik lug’atlarning nashr etilganligi ham
tilshunoslarimiz erishgan yutuqlarini yorqin namoish eta oladi.
Boshqa til va uning xalaro aloqalardagi terminlari, til madaniyatidagi o’rni
bilan tanishish uchun lingvistika sohasi yuqori o‘rinda turadi. Tilshunozlik orqali
biz ingliz, rus va ozbek tilidagi terminlarning strukturasi, semantikasi, kognitiv va
konseptual tahliliga ega bo‘lamiz. Terminlarni til madaniyati bilan uzviy
bo’glashning o‘ziga xosligi shundaki, mavjud bo’lgan terminlarning nafaqat o’z
ma’nosida xizmat qilishi balki madaniyat ta’sirida ko’chma ma’noda ham
qo’llanilishi bundan tashqari ularning etimalogik jihatdan chambarchas
bo’g’liqligini kuzatish imkonini yoritib beradi. Shuning uchun ham bugungi kunda
ko‘plab olimlarimiz bu mavzu borasida turli xil tadqiqotlar olib bormoqda.
Jumladan, hozirgi kunda lingvomadaniyatshunoslik o’zbek tilshunozligiga yangi
o’rganilayotgan fan sifatida kirib keldi. Shuni takidlash joizki, xalqaro aloqalarda
istemol qilinayotgan atamalarning lingvomadaniyatshunoslik bilan bog’lash
bugungi kunning dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun “Xalqaro
aloqalarni bildiruvchi terminlarning lingvomadaniy xususiyati” nomli magistirlik
dissertatsiyasi tanlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: