O’zbekiston respublikasi oliy va. O`Rta maxsus ta`lim vazirligi o`zbekiston milliy univeriteti


I.BOB TUPROQ REJIMLARI VA ULARNI BOSHQARISH



Download 182,5 Kb.
bet2/12
Sana06.06.2022
Hajmi182,5 Kb.
#641692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tuproqning fizik xossallari

I.BOB TUPROQ REJIMLARI VA ULARNI BOSHQARISH.
1.1 Tuproqdagi suvlarning turlari
Suvning tuproqda ahamiyati juda katta. Birinchidan, u fiziko-kimyoviy faol tizim, ya’ni tuproqdagi moddalarni erituvchi sifatida, ikkinchidan esa geokimyoviy transport vazifasini bajaradi. Tuproqdagi suvning holati, harakati о‘simlikning suv iste’mol qilishi, suv-fizik xossalari va rejimi A.A.Izmailskiy (1851-1914), G.N.Visotskiy (1865-1940), A.F.Lebedev (1882-1936), A.G.Doyarenko (1874-1958), S.I.Dolgov (1905-1974), N.A.Kachinskiy (1894-1976), A.A.Rode (1897-1979) tomonidan о‘rganilib, tuproq gidrologiyasi va gidrofizikasi yо‘nalishlariga asos solindi. Suv tuproqda turli shaklda bо‘lib, uning issiqlik sig‘imi, termodinamik potensiali, zichligi, qovushqoqligi, solishtirma sig‘imi, kimyoviy tarkibi, molekulyar harakati, uning osmotik bosimiga ta’sir qiladi. Yuqoridagi xossalar suvning shakli va tuproqning qattiq, suyuq va gaz holati bilan bog‘liq. Tuproqdagi birxil holatdagi suv, uning kategoriyalari va turlari degan nom bilan yurg‘izilib, kо‘p olimlar tomonidan tasnifi ishlab chiqildi. A.A.Rode (1965) .
Tuproq tarkibidagi suvning holati va shakllari (kategoriyalariga) binoan 7 xil shakllari ajratildi:
1. Kimyoviy bog‘langan suv.
2. Sorbilangan suv (yutilgan)
A. Gigroskopik suv.
B. Pardali suv.
3. Kapillyar suv.
4. Gravitatsion suv.
5. Sizot suv.
6. Bо‘g‘simon suv.
7. Qattiq suv.

1.Kimyoviy bog‘langan suv о‘z ichiga konstitusion va kristallizatsion turdagi suvni oladi. Birinchisi, gidrooksid ON guruhlaridan iborat bо‘lib, alyuminiy gidrooksid, temir, marganets, organik va organomineral, loyli minerallarni hosil qiladi. Ikkinchisi esa, о‘z ichiga suv molekulalarini oladigan kristallogidrat tuzlar, ya’ni gips CaSO ·2H O, mirabilit Na SO ·10H O tarkibidagi suvdir. Konstitusion va kristallizatsion suvlarni odatda gidrat yoki kristallogidrat suv deb umumlashtirish ham mumkin. Bu turdagi suvlar tuproq mineral fazasi tarkibiga kiradi, turg‘un, harakatsiz va erituvchilik hususiyatidan holidir. Tuproq g‘ovaklari va havosida bо‘g‘simon suv uchrab, uning manbai atmosfera havosidir. Bunda suv


bosimi yuqori bо‘lgan muhitdan bosimi tubdan joyga kо‘chib yuradi.
2.Sorbilangan (yumshatilgan ) suv – sorbsiya kuchlari ya’ni tuproq qattiq qismi bilan suv molekulalarining о‘zaro ta’siri natijasida tuproq zarrachalari yuzasida ushlanib turiladigan suv hisoblanadi. Sorbillangan suvning ikki shakli: gigroskopik va parda suvlari ajratiladi.
A. Gigroskopik suv – Gigroskopik suv tuproq zarralaridan yuzasida adsorbillangan (singdirilgan) suv hisoblanadi. Tuproqning havodagi bug‘simon nami singdirib, yutib olish qobilyatiga gigroskopik va shunday yо‘l bilan yutilgan namlikka esa gigroskopik suv deyiladi. Gigroskopik suv miqdori havoning nisbiy namligiga va haroratiga, shuningdek tuproqning mineralogik, kimyoviy tarkibiga va undagi gumus miqdoriga bog‘liq.
B. Parda suv- maksimal gigroskopik namga ega bо‘lgan tuproq, sernam sharoitda suyuq holdagi suvning bir qismini о‘ziga singdirib oladi va zarrachalar yuzasida yupqa suv pardasi hosil qiladi. Bu qо‘shimcha singdirilgan nam parda yoki bо‘sh birikkan suv deyiladi. Parda shakldagi suv odatta maksimal gigroskopik nam qatlamning usti ( yuzasi) da joylajadi. Suv pardasining qalinligi bir necha о‘n suv molekulasigacha yetadi va maksimal gigroskopiklikdan 2- marta yuqori bо‘lishi mumkin. Erkin suvga nisbatan bu suvning zichligi ancha yuqori bо‘lib kam erituvchanlik xususiyatiga ega, minus 1,5- 4 da muzlaydi.

3.Kapillyar suv- tuproqdagi nozik- qilsimon kovakliklarda saqlangan suv bо‘lib, kapillyar kuchlar ta’sirida harakat qiladi. Kapillyar kuchlar zarralar orasidagi kovakliklarning о‘lchami 10mm bо‘lganda yuzaga kelib, diametri 0,1 dan 0,001 mm gacha bо‘lganda ayniqsa yuqoridir. Tuproqdagi kapillyar sistema nihoyatda holatda bо‘lib, ular bir- biriga bog‘liq kо‘plab yirik va nozik kaplliyarlar yig‘indisidan iborat. Shuning uchun tuproqning mexanik tarkibi struktura holati va zichligiga kо‘ra kapillyar suvning kо‘tarilishi va uning harakati har xil. Kapillyar suv о‘zining manbai va kapillyar yо‘llari orqali harakatlanish xususiyatiga kо‘ra asosan ikki xil tiralgan( kо‘tariluvchi) kapillyar suv va muallaq kapillyar suvlarga bо‘linadi. Tiralgan (kо‘tariluvchi) kapillyar suvning manbai asosan sizot suvga bog‘liq bо‘lib mavjut sharoitga qarab harakatlanadi. Fizik bug‘lanish va о‘simliklar sarf bо‘ladigan namlik о‘rni ana shu kо‘tariluvchi kapllyar suv bilan doim va tо‘xtovsiz tо‘ldirilib turiladi. Muallaq kapllyar suv sizot suvi manbalari bog‘liq bо‘lmasdan qatlam orasida joylashadi. Bu suv tuproqlarda yog‘ingarchilikdan keyin yoki sug‘orishdan sо‘ng yuzaga keladi. Sizot suvlari chuqur joylashgan sharoitda muallaq kapillyar suv о‘simliklarni suv bilan ta’minlovchi asosiy manba bо‘lib hisoblanadi. SHо‘rlanmagan tuproqlarda kapillyar suvning osmotik bosimi yirik kapillyarlarda 0,5 atm, nozik kapllyarlarda esa 3-4 atm atrofida о‘zgarib turadi. Shuning uchun kapllyar suv о‘simliklarni ta’minlaydigan asosiy suv manbai hisoblanadi.


4.Gravitatsion suv. Tuproqning yirik kapllyar va nokapillyar yо‘llari orqali о‘z og‘irlik kuchi bilan yuqoridan pastga yoki qiyalik joylarda suv о‘tkazmaydigan qatlam orqali yon tomonga qarab erkin harakat qiluvchi suvga gravitatsion suv deyiladi. SHо‘rlanmagan tuproqlarda bu suvning osmotic bosimi 0,5 atm dan kam bо‘lganidan, о‘simlikka yaxshi singib о‘tadi. Ammo tez xarakatlanishi va boshqa shakldagi suvga о‘tishi sababli, gravitatsion suv о‘simliklarni bevosita suv bilan kam ta’minlaydi. Kapillyar va gravitotsion shakldagi suvlar erkin holda suv kategoriyasi jullasiga kiradi.

5.Sizot suvlari - gravitatsion suv suvtо‘sar qatlamgacha singib borib, barcha kovakliklarni nam bilan tо‘ldiradi. Natijada suvli qatlam hosil bо‘ladi. Ana shu qatlamda tо‘plangan suvlarga grunt yoki sizot suvlari deyiladi. Qiyalik relyefi sharoitda sizot suvlari nishablik bо‘ylab oqib borib, buloq yoki chashma xolda yer yuzasiga oqib chiqadi. Sizot suvlarining sathi doimiy bо‘lmasdan mavsum davomida о‘zgarib turadi. Arag sizot suvlari vaqtincha bо‘lsa-da tuproq qatlamigacha kо‘tarilib chiqsa bunday suv tuproq grunt suvi deyiladi. Sizot suvlarining chuqurligi, kimyoviy tarkibi tuproq unumdorligi va о‘simliklar hayotida muhim rol о‘ynaydi. Sizot suvlari yaqin bо‘lganda, о‘simliklaring ildiz sistemalari qо‘shimcha ravishda suv bilan ta’minlanadi yoki tuproq botqoqlanadi va shо‘rlanadi.


6.Bug‘simon suv - suyuq va qattiq holdagi suv bilan egallanmagan yoki qisman egallangan kovakliklarda saqlanadi. Bug‘simon nam tuproqdagi tuproqdagi barcha turdagi suvlarning bug‘lanishidan hosil bо‘ladi. Bug‘simon suv tuproqda ikki yо‘l bilan: diffuziya natijasida ya’ni suv bug‘larining tarangligi yuqori bо‘lgan joydan past joyga qarab harakatlanadi. Bug‘simon suv harakati atmosfera haroratiga bog‘liq. Kunduzi tuproq yuzasining harorati pastdagi qatlamga nisbatan yuqori bо‘lganda, suv bug‘lari yuqoridan pastga qarab, kechasi soviganda aksincha patdan yuqoriga qarab harakat qiladi.
7.Qattiq suv - (Muz). Harorat 0 dan past bо‘lganda suyuq holdagi nam qattiq holga о‘tadi, ammo yirik kovakliklarda suv 0 ga yaqin nozik yо‘llarda esa ancha pastroq haroratda suv muzlaydi. Juda past haroratda mustahkam birikkan suv ham muzlaydi. Qattiq suvdan о‘simlik foydalana olmaydi.

Download 182,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish