O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi



Download 434 Kb.
bet2/2
Sana23.06.2017
Hajmi434 Kb.
#13771
1   2

CEFR o‘quvchi ingliz tilida nima qila olishi nuqtai nazaridan o‘quv dasturi va uning baholanish tizimiga oid natijalarni tavsiflab, quyidagi holatlarni rag’batlantirish kerak deb hisoblaydi:



  • Kommunikativ o‘quv dasturini ishlab chiqish;

  • O‘qituvchilarni kommunikativ ta’limga o‘rgatish;

  • O‘quvchilarning kommunikativ malakalarini ko‘rsata oladigan baholash tizimini yaratish.

Baholash tizimi o‘quvchilarning muloqot malakalarini tekshirish jihatdan kurs talablariga muvofiq kelishi kerak.




  1. Grammatika qanday o‘qitiladi ?

CEFR grammatikani inkor qilmaydi, ammo grammatikani nofaol tarzda o‘qitishni ham qo‘llab-quvvatlamaydi yoki grammatikani dars rejasining asosi sifatida ham belgilamaydi.Misol uchun, “o‘quvchi ergashgan qo‘shma gaplar mavzusini bilsin” degan maqsad qo‘yilmagan. Har bir topshiriq tildan kommunikativ foydalanishni nazarda tutadi. Misol uchun, o‘quvchi odamlar, joylar va hodisalarning tavsifini ergashgan qo‘shma gaplarda ifodalashi mumkin. Buning uchun aniqlovchi ergash gaplardan foydalanish kerak bo‘ladi. Natijada bu grammatik mavzu grammatik birliklarning qo‘shimcha ro‘yxatida o‘rin oladi , shuningdek, bu grammatik birliklarni ishlatish uchun zarur bo‘lgan lug’at tarkibida ham qayd etiladi. Ayni yo‘l bilan CEFR grammatikaning kontekst orqali faol va maqsadga muvofiq ishlatilishini qo‘llab-quvvatlaydi.






Grammatika tilning boshqa birliklari kabi o‘quv rejalarida emas, o‘quv dasturlarida o‘z aksini topadi. Muayyan daraja uchun qanday grammatikaning kerakligi quyiroqda ko‘rsatilgan. Grammatikaga oid ma’lumotlar turli kurslarga va turli ixtisosliklarga moslashtirilishi kerakligini inobatga olish zarur . Keltirilgan grammatik ma’lumotlar barcha kurslar uchun majburiy emas.


  1. O‘quv dasturining leksikaga oid qismi, shuningdek, tilning boshqa birliklari va dars mavzulari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ilovadagi qo‘shimcha manbalarga qarang (British Council/EAQUALS Core Inventory). Boshqa tillar uchun esa, www.coe.int/.../Manuel1



O‘qitish, o‘rganish va baholashning turli xil darajalarida grammatik masalalardan qanday foydalanish kerakligi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan





CEFR

Grammatika uchun kerakli o‘quv dasturini tuzishda biz tanlashimiz mumkin bo‘lgan grammatik masalalar ro‘yxati.




C2

Grammatika tilni qo‘llashda

Grammatika tilni qo‘llashda




C1

Kelasi zamon ( takrorlash)
Inkor hollaridagi inversiya
O‘tgan, hozirgi va kelasi zamongdagi shart ergash gapli qo‘shma gaplarning aralash tipi
O‘tgan zamon modal fe’llari

Tajribani tavsiflashda qo‘llanadigan zamonlar, shu jumladan, majhul nisbat
Majhul nisbatning hamma shakllari
Fe’lli birikmalar, “Wish/ If only”

Uzrlar


B2

Sifatlar va ravishlar

Kelasi zamon davom fe’li

Kelasi tugallangan zamon fe’li
Kelasi davomli tugallangan zamon fe’li
Aralash shart gaplar

Modal fe’llar– can’t have, needn’t have


Modal fe’llarda xulosalash va taxmin qilish
Hikoya zamonlari

Majhul nisbat



O‘tgan tugallangan zamon fe’li
O‘tgan davomli

tugallangan zamon fer’li

Fe’lli birikmalar,

Bog‘lovchilar

O‘zlashtirma gap

Will va going to, taxmin qilish uchun


Wish
‘Would’ o‘tgan zamondagi odatni ifodalash uchun

B1

Ravish

too, enough kabi kuchaytiruvchi vositalar


Qiyosiy va orttirma daraja
Murakkab tasdiq so‘roq gaplar
Shart gaplar 2-3
So‘z birikmalarini solishtirish, taqqoslash

Kelasi zamon davom fe’li

Modal fe’llar - must/can’t xulosalash
Modal fe’llar – might, may, will, ehtimol
Modal fe’llar – should have/might have/va h.k
Modal fe’llar: must/have to


O‘tgan davom,
O‘tgan tugallangan,

O‘tgan zamon.


O‘tgan zamondagi javoblar
Fe’lli birikmalar,

Hozirgi


davomli

tugallangan zamon

Hozirgi tugallangan/ o‘tgan zamon
o‘zlashtirma gap

o‘tgan zamondagi

majhul nisbat

Wh- savollar


Will va going to, bashorat uchun


A2

Sifatlar – qiyosiy daraja –
‘than’ va aniqlik artikli
Sifatlar – orttirma daraja- aniqlik artiklini ishlatish
Payt, o‘rin va daraja holi, shu jumlada, gapda so‘zlar

tartibi


Daraja ravishi

Hisoblanadigan va hisoblanmaydigan otlarda artikning ishlatilishi


Fe’llarning tez-tez sodir bo‘ladigan ish-harakatlarda ishlatilishi

Artikl- sanaladigan va sanalmaydigan otlar bilan ishlatilishi

Sanaladigan va sanalmaydigan otlar: much/many
Kelasi zamon (will and going to)
Gerundiy
Going to

Buyruq gaplar


Modal fe’llar – can/could
Modal fe’llar – have to
Modal fe’llar – should

O‘tgan davom,

O‘tgan zamon

Fe’lli birikma- umumiy

Egalik- ‘s, s’ning ishlatilishi


Predlogli birikmalar (joy, vaqt va harakat)
Vaqt predloglari: on/in/at
Hozirgi zamon

davom fe’li

Hozirgi zamon davom fe’lini kelasi zamon ma’nosida ishlatish
Hozirgi tugallangan zamon
Savollar
Fe’l + ing/infinitive: like/
want-would like
Wh- O‘tgan zamonda savollar
Shart maili, 0 va 1 tip


A1

Sifatlar: umumlashtiruvchi va ko‘rsatuvchi (tasvirlovchi)

Daraja ravishlari

Qiyosiy va orttirma daraja
Going to-moqchi bo‘lmoq
How much/how many va ko‘plab sanalmaydigan otlar
I’d like - Men istardimki,…; men …-(ni) xohlardim.

Buyruqlar

Qo‘shimchalar –eng asosiylari
Modal fe’llar: can/can’t/could/couldn’t

Oddiy o‘tgan zamon fe’li


Egalik olmoshlari

Qaratqich ‘s’
Umumiy

predloglar, Oddiy joy predloglari


Vaqt predloglari, in/on/at
Hozirgi zamon davom fe’li
Hozirgi oddiy zamon fe’li
Olmoshlar, (oddiy, kishilik)

Savollar
There is/are


To be, bo‘lishsiz va so‘roq shakllari
fe’l + ing: like/hate/love


Asosiy qism


  1. Dars hujjatlari

Chet tili fanini o‘qitishda barcha o‘qituvchilarga zarur bo‘lgan hujjatlar majmui talab etiladi. Bunda o‘quv dasturi o‘quvchilarni tilni bilish darajalariga mos ravishda tuziladi. Masalan:

  1. B1 darajadagi o‘quvchi nima qila olishi mumkinligini tavsiflovchi o‘quv rejasi;

  2. mazkur darajadagi o‘quv rejasini bajarish uchun tegishli dastur (mavzular, grammatika, leksika va boshqa til elementlarni o‘z ichiga oladi);

  3. o‘qituvchilar uchun taklif qilinadigan ish rejasi (yillik, haftalik, kundalik rejalar), shuningdek, tavsiya etiladigan manbalar ro‘yxati;

  4. ushbu daraja uchun joriy, oraliq va yakuniy baholash me’yorlari.

B1 darajasi uchun namunaviy ish reja

I-bo‘lim

1-dars:

Sizning hayotingiz”




O‘quvchi shu mavzu doirasida egallashi zarur bo‘lgan ko‘nikmalar

O‘quv dasturi

Nazorat turlari

Material manbalari, betlar

Eshitish

Ta’limga tegishli yoki kasbiga oid tanish mavzudagi so‘zlasuv nutqini tushunadi.

Sohasiga oid mavzularda murakkab nutqning asosiy g’oyasini tushuna oladi.




-

Fikrdagi

asosiy mazmunni ilg’ab, qaydlar qilish, munosib ravishda

dalillash





Gapirish

O‘z nuqtai nazarini asoslashi va dalillar bilan qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Fikrlar o‘rtasidagi bo‘gliqlikni ifodalay oladi.

Muloqot jarayonida o‘zining qarshi fikrlarini bildira oladi.



-

Mavzuga doir vaziyatni tushuntirish, savollarga javob berish.




O‘qish

Kasbiga oid tegishli materialni topa olishi, tushunishi va umumlashtirishi mumkin, shuningdek, tegishli manbalarni saralab, qo‘llay olishi mumkin.

-

Masalaning mohiyatini ilg’ab olish va tegishli dalillar bilan asoslash.

Matndan tegishli ma’lumotni topa olish.






Yozish

Sohaga doir qiziqishlari asosida kasbga yo‘naltirlgan matnlarni yoza oladi.

Turli manbalardan olingan fikr-mulohazalarni umumlashtirishi va baholashi mumkin.



-

Qaydlar bo‘yicha

yozish.


Turli manbadan olingan fikr va dalillarni umumlashtira oladi.




Grammatika




O‘quv dasturiga muvofiq ravishda tanlanadi







Lug‘at




O‘quv dasturiga muvofiq ravishda tanlanadi







O‘quvchi yoshi va bilim darajasidan kelib chiqib ilm fan , dunyo yangiliklari, iqtisod, siyosat, sport, ijtimoiy masalalar , tarix, ekologiyaga yo‘naltirilgan bilimlarini real hayotga tadbiq eta olishi kerak.
Kurs tamoyillari quyidagilarga asoslangan:

    1. o‘quv rejasi;

    2. o‘quv dasturi;

      1. Lug‘at boyligi;

      2. Grammatika;

      3. Tilning boshqa jihatlari.




  1. Hozirgi zamon xorijiy til fani o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar .

Avvallari chet tilini o‘rganish deganda, uning grammatik strukturasi va ko‘proq u haqidagi nazariyani egallash tushunilgan.O‘rganuvchilarning ko‘pchiligi o‘sha tilda muloqot qilish malakasini egallay olmagan, bu esa tilni butunlay o‘rganmaganlik bilan barobardir.Keyinchalik kommunikativ metodlarning kirib kelishi va bu sohada vaziyatning yaxshilanishi tufayli xorijiy tilni egallash mumkin ekanligi ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilarga xorijiy tilda muloqot qila olish muhitini yaratish o‘qituvchilarning mas’uliyatli vazifasi hisoblanadi. Quyidagi jadvalda ilgari va bugun chet tilni o‘rganishdagi farqlarni ko‘rishimiz mumkin:





Ilgari tilni yaxshi o‘rganish uchun:

  • aql

  • lisoniy qobiliyat

kerak bo‘ladi, deyishgan.

Boshqacha aytganda,

biz tilni qobiliyatimizga qarab

o‘rganganmiz



Bugun biz o‘quvchi uchun quyidagilarni kerak, deb hisoblaymiz:

  • motivatsiya

  • ijobiy munosabat

  • yordam berish va qo‘llab-quvvatlash

  • o‘ziga ishonch va hurmat tuyg’usi

  • muvaffaqiyat qozonish istagi

  • samarali faoliyat

Boshqacha aytganda, o‘qish muhitining muhimligi ma’lum bo‘ldi va buni yaratib berish o‘qituvchilarning asosiy vazifasi ekanligi anglandi.



Tilni kommunikativ o‘qitish (CLT – Communicative Language Teaching). CEFR ning yuqorida keltirilgan tasnifidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki,o‘rganuvchi muloqot qilish orqali tilni o‘zlashtiradi.Shu sababdan, til o‘rganuvchiga tilni aloqa vositasi sifatida hayotiy reallikka bog‘lagan holda o‘rgatish lozim. CLT o‘qitish, o‘rganish va baholash metodikasining asosidir. U quyidagi kompitentsiyalarni o‘z ichiga oladi:


  • Til kompitentsiyasi – shu jumladan,grammatika, so‘z boyligi va talaffuz.

  • Pragmatik kompitentsiyasi - shu jumladan, funktsiya va diskurs.

  • Sotsiolingvistik kompitentsiya – shu jumladan, hurmat shakllari va registr (nutq variantlari).

Asosiy maqsad o‘quvchilarning muloqot uslublarini yaxshilash orqali real hayotiy imkoniyatlarini oshirishdir.


CLT aslida nima?
CLT ning sinfdagi metod va maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Boshqa suhbatdoshlar bilan o‘zaro muloqotga ko‘maklashish.

  • O‘quvchilarni muloqot tajribasiga jalb qilish.

  • Jamiyat eshiklarini ochish uchun kalit bilan ta’minlash, boshqacha qilib aytganda, o‘quvchilarni real muloqotda tildan foydalanishni o‘rgatish.


CLT ning qanday tamoyillari mavjud?

  • tilni aloqa vositasi sifatida o‘rgatish;

  • tilni o‘rganish ham, lisoniy salohiyat ham nisbiy ( absolyut emas)ligi.

  • muloqot salohiyatiga madaniyat ta’sir ko‘rsatishi;

  • o‘qituvchilarning turli metodika va usullardan foydalanishi;

  • o‘quvchilar tildan qancha ko‘p foydalanishsa, ularning salohiyati shuncha oshib borishi;

  • organuvchilar qilayotgan ishlaridan manfaatdorligi.


O‘qituvchilar va o‘quvchilar quyidagilarni anglashlari lozim:

  • haqiqiy hayotda tildan qanday foydalanish kerakligiga e’tiborni qaratish;

  • til o‘quvchilar uchun tushunarli va ahamiyatli bo‘lgan kontekstda qo‘llansa, uni o‘zlashtirish shuncha yaxshi kechishi;

  • tilni o‘qitish va o‘rganish asosiy fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi;

  • tilni kommunikativ o‘qitishning markazida o‘qituvchi emas, balki o‘quvchi bo‘lishi;

  • agar xato qayd etilsa, uning sababini o‘qitishdan izlash;

  • tilni nazariyaga emas, amaliyotga tayanib o‘rganish;

  • har bir o‘qituvchi va o‘quvchi turfa xarakterga ega shaxslar ekanligini nazarda tutish.

CLT ning ustun tomonlari

  • Til o‘rganish ishiga xolistik (bir butun hodisa sifatida) yondashish;

  • Mashqlarning real, hayotiy masalalarga tayanganligi;

  • Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish;

  • O‘quvchilarni ruhlantirish va tilni o‘rganishga jalb qilish;

  • Kommunikativ salohiyatni rivojlantirish;

  • Guruhning faolligini rivojlantirib, birgalikda ishlashga chaqirish;

  • Mustaqil o‘rganish malakalarini rivojlantirib, butun hayot davomida shunday yo‘l tutishga undash.


VI Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida mutahassislikka yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘rgatish ESP (English for Specific Purposes)

Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida ingliz tilini o‘rgatish ESP (English for Specific Purposes) – mutahassislikka yo‘naltirilgan ingliz tiliga asoslanadi. Bunda quyidagi savollarga etibor qaratiladi: mutaxassis sifatida o‘quvchilar muayyan sohada nimalarni o‘rganishdi? Bu ma’lumotlarning qanchalik qadrli va muhim ekanligini ular baholay olishadimi? O‘sha sohada o‘z fikrlarini jamlab taqdimot qila oladimi?

ESP tilning ma’lum maqsadlar uchun yo‘naltirilgan yana bir ko‘rinishi deyish mumkin. Bu ma’lum bir soha uchun tilni tez o‘zlashtirishga yordam beradi. Masalan, o‘rta maxsus kasb ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga yuqorida sanab o‘tilgan barcha metodlardan foydalanib dars o‘tilsa, ular tilni kundalik turmushda ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

I – kurs talabalariga chet tili o‘qituvchisi, maksimal darajda mustaqil ya’ni o‘z-ozini boshqarish, prezentasciya ko‘niklmalarini, mtnlar bilan ishlash, yozuv ko‘nikamlarini rivojlantiishga bag’ishlanagan. II-kerga kelib oq’uvchilar o‘z kasblari yo‘nalishida kasbiy ta’limuztozi va chet tili o‘qituchisi bilan hamkorlikda kurs ishlarinini amalga oshirishadi. III-kursda esa kollej va litsey o‘qituvchilari ularning xuddi shu hamkorlikdagi diplom ishlarini amalga oshirishadi. Natijada o‘quvchi ikkita uztozi tomonida diqqat markazda bo‘ladi va kasbiy ta’lim uztozi va chet tili uztozlarining o‘quvchi bilan birga ishlashi natijasida o‘quvchining ham kasbit ta’lim uztozining am inglizcha muloqoti oshib boradi.


Fan va til o‘qituvchilari birgalikda o‘quvchilar ta’limini rivojlantirishadi. O‘quvchining natijasi uchun ikkala tomon o‘qituvchilari ma’suliyatni his etishlari zarur. Ushbu jadvaldan dars olib borish, asosan, o‘quvchilarning mustaqil izlanishlariga qaratilganini ko‘rish mumkin. Mazkur jarayon ham fan, ham til o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilinib , avtoreferat, kurs ishi tarzida o‘quvchi tomonidan taqdimot qilinadi. Bu jarayonda o‘quvchilar o‘qish, yozuv, tinglash va gapirish ko‘nikmalari bir-biri bilan bog’liq ekanligini hamda turli kasb yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun qisqa muddatda o‘z sohalarda mustaqil ishlashlari uchun imkoniyat yaratilganligini anglaydi. Bu tajriba turli bilim darajalardagi o‘quvchilar , jumladan, o‘zlashtirishi past bo‘lgan yoki , turli ixtisosliklarda ta`lim olayotgan o‘quvchilar bilan ishlashni qamrab oladi.Shunday ekan, xorijiy til o‘qituvchilarning vazifasi leksika va talaffuzni, shuningdek, ta’limning ma’lum sohasida so‘zlashuv nutqini o‘rgatishda yaqqol ko‘rinadi.
J
Fan o‘qituvchisi + talaba
прямая со стрелкой 139adval
прямая со стрелкой 138


Bitiruv malakaviy ishi

Xorijiy tili o‘qituvchisi + o‘quvchi + fan o‘qituvchisi

III



Umumiy baholash





Kurs ishi

Xorijiy tili o‘qituvchisi + talaba + fan o‘qituvchisi

Integrated Learning


IIIII



Umumiy baholash

Mutaxassislikka kirish

Loyiha va taqdimot malakalari

I

I



Mazkur jadval o‘rta maxsus ta’limi yo‘nalishi o‘quvchilari xorijiy tillarga o‘z kelajaklari yoki o‘qishni davom ettirishlari uchun zarur vosita sifatida qarab yutuqlarga erishayotganliklarini ko‘rsatadi.Shu bilan birga jadval kurs unsurlari mutanosib joylashtirilganligiligi, kurs doirasida ta’lim jarayonining o‘rnini ham ko‘rsatmoqda. E’tibor bering, har bir bisqichda „integrallashgan o‘rganish, o‘qitish va baholash” degan so‘z iboralari takrolanib kelmoqda. Ya’ni kasb, til, real hayot va o‘quvchining yoshi bir-biriga integral holda o‘rganilishi, o‘qitilishi va baholanib borilishi zarur. Eslatib o‘tamiz, „can do” yoki „nima qila oladi”, degan savolga javob har doim yodda tutilishi lozim.
Dastavval, o‘quvchilar loyihalarni taqdim etish tajribasini o‘rganadilar, keyinroq o‘quvchilar va xorijiy til o‘qituvchilari soha o‘qituvchilari bilan birgalikda ishlashga o‘tishadi.Talabalarning til ko‘nikmalarini namoyish eta olish qobiliyati sayoz bo‘lganda ham bu usul, albatta, o‘z natijasini beradi.

ESP (Mutahassislikka yo‘naltirilgan ingliz tili) ingliz tilini o‘qitishning bir tarmog’i bo‘lib, o‘z ichiga biznes, texnika, ilmiy, tibbiy, turizm, san’at va boshqa turli sohalarga mo‘ljallangan ingliz tilini qamrab oladi. Turizm sohasidagi ingliz tili ESP sifatida mehmonxona xodimlariga o‘rgatiladi, chunki ular tildan turistlar bilan muomala jarayonoda foydalanishadi. Boshqa kasblarda ham shunga o‘xshash.
ESP (Mutahassislikka yo‘naltirilgan ingliz tili) ning o‘ziga xos xususiyatlari

  • til malakalari birgalikda qo‘llaniladi (masalan, faqat o‘qish malakasi o‘rgatilmay, balki tinglash, gapirish, yozuv real hayot, yani o‘quvchining kasbi va yoshiga boglangan tarzda o‘rgatiladi );

  • ESP maxsus fanlarga asoslanib ishlab chiqilishi;

  • ESP muayyan ta’limiy vaziyatlarda umumiy ingliz tilining turli metodikalaridan foydalanishi;

  • ESP katta yoshli o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan bo‘lib , kasb talabi doirasida o‘qitiladi, yoki aksincha o‘rta maktab o‘quvchilari darajasida ham o‘qitilishi;

  • ESP ning ko‘pchilik kurslari ingliz tili bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lishni talab etadi, ammo u boshlovchilar uchun ham soddalashtirilgan tarzda o‘qitilishi.



VII . O‘qitish mazmuni
CEFR boyicha B1 darajasi uchun til ko‘nikmalariga qo‘yilgan talab (ingliz tili misolida).
Tinglab tushunish

Ishga yoki har kunlik hayotiga taalluqli mavzudagi so‘zlar bilan o‘z ma’nosida ishlatilgan nutqni tushuna oladi, undagi umumiy ma’no va ba’zi detallarga e’tibor qaratadi. Ammo bunda nutq ravon va tanish shevada bo‘lishi shart. Tez-tez tilga olinadigan ish, o‘qish, dam olish kabi tanish mavzulardagi adabiy tildagi ravon nutqni tushunadi. Shu jumladan teklevidenie va radio eshittirishlar, ko‘rgan kinolarini tushunadi. Akademik litsey va kollej o‘quvchilarining ushbu ko‘nikamalarini darsda va dardsdan tashqarida rivojlantirib borishlari uchun har darsda “til muhiti”ni yaratish uslublarini yaratishga ijodiy yondoshish zarur. Turli manbalardan, jumaladan o‘z sohasi va qiziqishlariga qarab manbalarni izlash madaniyatini o‘quvchilarga singdirib borilsa maqsadga muvofiq.


Gapirish

O‘z sohasiga aloqador tanish mavzularda o‘ziga ishonch bilan muloqotga kirisha oladi. Fikr almashishi, ma’lumotni tekshirishi yoki tasdiqlashi mumkin. Odatdan tashqari mavzularda so‘zlasha oladi, muammo nimada ekanini ko‘rsatib beradi. Ancha mavhum mavzularda, masalan, madaniyat, kino, kitoblar haqida gapira oladi. Sayohat qilishga o‘xshash holatlarda so‘z boyligining ko‘p qismini ishlata oladi. Tanish mavzularda tayyorgarliksiz so‘zlashadi, o‘z fikrini bildira oladi (oila, qiziqishlari, hissiyotlari, ish, sayohat, hozirda bo‘layotgan voqealar). O‘quvchilarning gaprish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun darsning har bir daqiqasini o‘quvchilarni gapirtirishga o‘ndash til muhitini yaratish, qiziqarli vaziyatlarni vujudga keltirib, o‘quvchilar qaysi tilde gaprayotganini sedan chiqaradigan darajada o‘yinlar tashkil qilish kerak. Buning ushbu qo‘llanmda ko‘rsatilgan manbalardan foydalanish tavsiya qilinadi.


O‘qish

O‘zi qiziqqan mavzularda o‘rtacha matnni bemalol qoniqarli darajada tushuna oladi. O‘z kasbi, yoshi, qiziqishini qamrab oladigan matnlar bilan ishlay oladi va tushunadi. Matnlar bilan ishlashda “scanning” – “skanerdan o‘tqazish” yoki “shemming” – shemalar va tabliscalarni qarab tushunish, mantiqiy fiklash darajalarini berib boorish kerak bo‘ladi. Chunki, asta-sekin o‘smir yoshidan balog’at yoshiga o‘tayotgan yoshlar uchun bu ko‘nikmalar juda muhim ko‘nikma hisoblanadi. Buning uchun o‘qish ko‘nikmasini rivojlantiradigan ko‘nikmalar manbasiga murojaat qilish, ko‘proq uyga vazifa berish, vazifalarni odiydan murakkabga o‘tish mexanizmini ishlatish tavsiya etiladi.


Yozuv

O‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan mavzuda o‘rtacha matn 25- 500 ta so‘zgacha tuza oladi, bunda qisqa gaplar qatori birinchi kursda. Ikkinchi kursdan boshlab kurs va diplom ishlarini amalga oshirayotganda va har bir darsning portfoliosini bajarganda yozuv ko‘nikmalari berilib boriladi. O‘quvchilar o‘z fikrlarini har kunlik kundalik sifatida oz-ozdan yozib borslar, bior darsdan ikkinchi darsga ularning ko‘nikmalari rivojlanib borayotganini har doim o‘zlari ham his qilib borishlariga e’tibor berilishi kerak. Yozuvda plagiatlik haqida tushuncha berib boorish, imkon qadar uni tekshirib, o‘quvchilarda bir-birining yozuviga nisbatan hurmatni o‘stirib borilishi tavsiya etiladi.


Akademik litsey va kasb -hunar kolllejlarining I-bosqich o‘quvchilari ESPni o‘rganish jarayonida , mutaxassislikkka kirish bosqichini o‘taydilar, asosan, ingliz tili o‘qituvchisi o‘quvchilarni ko‘proq mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga e`tibor qaratadi. Bunda asosiy urg`u darsdan darsga mutahassilikka oid so‘zlar ko‘lamini oshirishga qaratiladi. Birinchi bosqichda o‘rganilayotgan so‘zlar miqdori 800-1000 ta so‘zni tashkil etadi .

II- bosqichda ingliz tilini o‘rganish jarayoniga o‘quv amaliyot ustasi kirib keladi . Jarayon ingliz tili o‘qtuvchisi , o‘quvchilar va amaliyot ustasi hamkorligida kechadi. Bunda 80 % vazifa bevosita ingliz tili o‘qituvchisi va 20% esa amaliyot o‘qituvchisi hissasiga to‘g`ri keladi. Ingliz tili o‘qituvchisi o‘quvchilarning avtoreferatlar , kurs ishlarini tashkil etishga mas’ul bo‘lsa, o‘quv amaliyot ustasi mavzularni to‘g`ri tanlay olish va yorita olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bunda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan so‘zlar 1000-1200 so‘zlar majmuini tashkil etadi.

III-bosqichda esa to‘liq vazifalar yuzasidan ustunlik amaliyot o‘qituvchisi zimmasiga 80% yuklatiladi hamda ingliz tili o‘qituvchisiga 20% yuklatiladi. Chunki bu jarayonda talabalalar o‘zlari tanlagan ixtisosliklar yuzasidan bitiruv malakaviy ishlarini yozish va himoya qilish vazifasini bajarishga kirishadilar. Bunda asosiy e`tibor kasbiy bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantirishga qaratiladi.
Birinchi bosqich B1 darajasi uchun tavsiya etilgan mutahassislikka yo‘naltirilgan mavzular ingliz tili fani uchun:


  1. Mutaxassislikka kirish.

  2. Ish yuritish hujjatlari bilan ishlash.

  3. Mustaqil ishlash va namoyish eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

  4. Jamoada ishlash qobiliyatini shakllantirish.

  5. O‘rganish san’ati.

  6. Topshiriqlar to‘plami.

  7. Vaqtdan unumli foydalanish.

  8. Shaxsiy ko‘nikmalarni aniqlash.

  9. Sharhlash va muammoli vaziyat.

  10. Muvafaqqiyatga eltuvchi mahorat sirlari.

  11. Portfolio.

  12. Yakuniy imtihonlarga tayyorgarlik.


Ikkinchi bosqich B1 darajasi uchun tavsiya etilgan mavzular

1. Loyiha ishi nima?

2. Sarlavha tanlash.

3. Tadqiqot tamoyillarini rivojlantirish.

4. So‘rovnomalar tuzish.

5. Ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va taqdim etish.

6. Sharhlash xususiyatlari.

7. Sharhni to‘gri tizimga solish.

8. Sharh yozish: kirish qismi.

9. Sharh yozish: mavzuning yoritilishi.

10. Sharh yozish: xulosa, taklif va mulohazalar.

11. Sharh yozish: reja, uslub va taqdimot.

12. Loyiha ishi nazorat qaydnomasi.
Uchinchi bosqich B1 darajasi uchun tavsiya etilgan mavzular

1. O‘zlashtirishdagi muvaffaqiyatlar.

2. Yutuqlarni baholash.

3. Kelajak maqsadlarini rejalashtirish.

4. Kasbiy mahoratni rivojlantirish.

5. Kasbga oid rejalar.

6. Kasbiy tayorgarlik.

7. Uzluksiz ta`lim.

8. Muvafaqqiyat mezonlari.

9. Shaxsiy va kasbiy maqsadlar uzviyligini aniqlashtirish.



10. Kasbga yo‘naltirilgan maqsadlarning samarali rejasi.


  1. Baholash tizimi


O‘zlashtirishni baholash, ma’lum ma’noda, muayyan maqsadlarni yoki nima o‘qitilganini baholashdir. Professionalizm bahosi esa real dunyoda talaba nima qila olishining bahosidir.Baholash tiplari quyidagilarga asoslangan vazifalarni o‘z ichiga oladi:





O‘zlashtirishni baholash

Professionalizmni baholash



Normativ mezonlar bo‘yicha baholash

Professional mezonlar bo‘yicha baholash



Uzluksiz baholash

Qat’iy mezonlar o‘rnini hisobga olib baholash



Oraliq baholash

Yakuniy baholash



Ijroni baholash

Bilimni baholash



Subyektiv baholash

Obyektiv baholash



Holistik (hamma mezonlarni inobatga olib) baholash

Analitik (tahliliy mezonlarga tayanib) baholash



Boshqalar tomonidan baholash

Oz’-o‘zini baholash


Joriy va oraliq nazorat doimiy baholash bo‘lib, asosan, sinfda o‘tkaziladi. U orqali o‘qituvchi o‘quvchilarining yutuqlari haqida xabardor bo‘lib, o‘quv jarayoniga tegishli o‘zgarishlarni kiritib boradi.Bunga o‘quvchilarni kuzatish va tinglash jarayoni kiradi. O‘qituvchi nisbatan formal bo‘lgan test va topshiriqlarning qanday bajarilganligini shu yo‘l bilan aniqlaydi

Yakuniy nazorat odatda, kurs nihoyasida o‘quvchilar nimalarga erishganligini umumlashtirishdir. Bu aynan professionalizmni baholash emas, balki ko‘p jihatdan o‘zlashtirishning baholanishidir. Bundan tashqari har bir ko‘nikma bo‘yicha qo‘shimcha imtihon olish mumkin. Shunda,

I-kursda, yillik yakuniy baho Portfolio, 2 ta semester va yakiniysi + Til bo‘yicha ko‘nikmalarining jamlanmasi;

II – kursda o‘quvchining I-kusdagi yakuniy bahosi+IIkurs Portfoliosi+Kurs ishi+ til bo‘yicha ko‘nikmalarining jamlanmas;

III – kursda o‘quvchining I-kurs va II-kursdagi yakuniy baholari, 3 yillik Portfoliolar yakuniy bahosi+Bitiruv malakaviy ishi+Til bo‘yicha ko‘nikmalari yakuniy bahosi, o‘quvchining diplomiga quyiladigan yakuniy baho hisoblanadi.

Nazorat mezonlari


I-bosqich

Tinglab tushunish

O‘qish

Yozuv

Gapirish

Matnlar




Tinglab tushunish uchun berilgan audio topshiriq 15-20 daqiqalik, bir marta eshittiriladi

500-800 so‘zni qamrab olgan 3 ta matn







Topshiriqlar


10-20tagacha tinglangan matn yuzasidan tushunganlikni aniqlab beruvchi turli topshiriqlar

25 tadan kam bo‘lmagan o‘qib tushunganlik darajasini aniqlab beradigan turli topshiriqlar

Yozuv ko‘nikmasini tekshirish uchun

2ta topshiriq

Tanlangan mutahassislikka oid dastlabki ma`lumotlarni og`zaki taqdimot qilish

Vaqt


20 daqiqa

60 daqiqa

60 daqiqa

8-10 daqiqa



II-bosqich

Tinglab tushunish

O‘qish

Yozuv

Gapirish

Matnlar




4 qismdan iborat bo‘lgan 20-30 daqiqalik tinglab tushunishi uchun audio matnlar

600-900 so‘zni qamrab olgan 3 ta matn







Topshiriqlar




Topshiriqlar miqdori 30-40

30-35 ta o‘qib tushunganlik darajasini aniqlab beradigan turli topshiriqlar

Yozish talab etiladigan 2ta topshiriq

Mutaxassislikka yo‘naltirilgan kurs ishlarini, loyihani og`zaki taqdimot qilish

Vaqt


30 daqiqa

60 daqiqa

60 daqiqa

10 daqiqa


III-bosqich

Tinglab tushunish

O‘qish

Yozuv

Gapirish

Matnlar




4 qismdan iborat bo‘lgan tinglab tushunish uchun audio matnlar

1000-1200 so‘z ishtrok 3ta etgan matn







Topshiriqlar



Tinglab tushunganlik darajasini aniqlab beradigan topshiriqlar

30-40ta

O‘qib tushunganlik darajasini aniqlab beradigan topshiriqlar

2qismdan iborat bo‘lgan yozish uchun topshiriqlari

A) 150 so‘z

B) 250 so‘z



Mutahassislik doirasida yozilgan bitiruv malakaviy ish ni og`zaki himoya qilish

Vaqt


30-40 daqiqa

60 daqiqa

60-70 daqiqa

10-15 daqiqa



Birinchi bosqich B1 darajasi uchun tavsiya etilgan mavzular jadvali





Mavzu

Dars

Ajratil gan soat

O

O.n


Y.n



1

Tanlangan kasbingiz nima ?


1. Mutaхassilikka kirish

2










2.Ish faoliyati yuzasidan suhbat. Ish jarayoniga qo‘yiladigan talablar

2










3. Kasbiy odob qoidalari

2










4. Mustahkamlash




2






2

Vaqtdan unumli foydalanish


1. Qachon ? Qanday ? Qayerda ?

2










2. Vaqtni to‘g`ri taqsimlashga oid 10 ta taklif

2










3. Ish faoliyati va turmush tarzini tashkil etish

2










4. Mustahkamlash




2







3


Mustaqil o‘rganish



1.Mustaqil o‘rganishning foyda va muammolari

2










2. O‘rganish turlari

2










3. Internetdan o‘rganish asoslari

2










4. Mustahkamlash




2






4

Hujjatlarni to‘ldirish


1. Rasmiy va norasmiy matnlar

2










2. Hujjatlar qachon va qanday to‘ldiriladi ?

2










3.. So‘rovnoma to‘ldirish

2










4. Mustahkamlash




2






5

O‘rganish uslublari


1. Qobiliyatning 9 xil ko‘rinishi

2










2.o‘qib o‘rganishning 6 xil omili

2










3.mening o‘rganish uslubim qanday?

2










4. Mustahkamlash




2






6


Jamoani shakllantirish

1. Hamkorlikda o‘rganish

2










2.guruhda ishlashni tashkillashtirish

2










3. Guruhning faol ishtrokchisiga aylanish

2










4. Mustahkamlash




2










Yakuniy nazorat

Semester yakuniy tekshiruvi







2


7

Portfolio


1. Kundalik yuritish va uning samaradorligini ta`minlash

2










2. Portfolio talablari

2










3. Portfolioni tekshirish va ma`lumotlarini yangilash

2










4. Mustahkamlash




2







8

Ko‘nikmlarni shakllantirish


1. Ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini nazorat qilish

2










2.o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar va erishilgan sifat tahlili

2










3.Shaxs sifatida shakllanish

2










4. Mustahkamlash




2







9

Voqelikni sharhlash va tahlil qilish


1. Tegishli ma`lumotlarni aniqlash va tanlab olish

2










2.ma`lumotlarni qayd etish va ulardan foydalanish

2










3. Tahlil qilish

2










4. Mustahkamlash




2







10

Muvaffaqiyatga eltuvchi mahorat sirlari

1. Faoliyatga urgu berish

2










2. Muammoni hal etish

2










3.kutilayotgan natijalarga erishish

2










4. Mustahkamlash




2






11



Resume portfolio

1. Sizdan nima kutiladi ?

2










2. O‘z-o‘zini baholash

2










3. Portfolioni rivojlantirish

2










4. Mustahkamlash




2







12

Yakuniy imtihonlarga tayorgarlik

1. Yutuqlarni baholash

2










2. Kelajakni rejalashtirish

2










3. Komillikka erishish

2










4. Mustahkamlash




2










Yakuniy nazorat

Yakuniy test.







2







Jami:




72

24

4







Hammasi:













100


Ikkinchi bosqich B1 darajasi uchun tavsiya etilgan mavzular





Mavzular

Ajratilgan soat

O.N

Y.N




1.

Loyiha ishi nima?

4










2.

Sarlavha tanlash.

4

2







3.

Tadqiqot tamoyillarini rivojlantirish.

4










4.

So‘rovnomalar tuzish.

4

2







5.

Ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va taqdim etish.

4










6.

Sharhlash tamoyillari.

4

2







7.

Sharhni tizimlashtirish.

4










8.

Sharh yozish: kirish qismi.

4













Semestr yakuni.







2




9.

Sharh yozish: mavzuning yoritilishi.

6

2







10.

Sharh yozish: xulosa, taklif va mulohazalar.

6

2







11.

Sharhlar: Reja, taqdimot, uslub.

6

2







12.

Loyiha nazorat qaydnomasi.

4













Yakuniy nazorat







2







Jami:

54

12

4







Hammasi:










70


Uchinchi bosqich B1 darajasi uchun tavsiya etilgan mavzular




Mavzular

Ajratilgan soat

O.N

Y.N




1.

O‘zlashtirishdagi muvaffaqiyatlar.

6

2







2.

Yutuqlarni baholash.

6

2







3.

Kelajak maqsadlarni rejalashtirish.

6

2







4.

Kasbiy mahoratni rivojlantirish.

6

2







5.

Kasbga oid rejalar tuzish.

4

2










Yakuniy nazorat







2




6.

Kasbiy tayyorgarlik.

6

2







7.

Uzluksiz ta’lim.

6

2







8.

Muvaffaqiyat mezonlari.

6

2







9.

Shaxsiy va kasbiy maqsadlar uzviyligini aniqlashtirish.

6

2







10.

Kasbga yo‘naltirilgan maqsadlarning samarali rejasi.

4

2










Yakuniy nazorat







2







Jami:

56

20

4







Hammasi:










80



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

  1. CEFR for languages learning, teaching assessment Cambride University Press 2011

  2. Framework of actions for the lifelong development of competencies and qualification. Evaluation report 2006

  3. Mannual for language Test Development and Examining for use with the CEFR .

Language Policy Division Council of Europe,April 2011

  1. A HANDBOOK for Teachers of Foreign Languages with reference to the CEFR L.Kirkham, A.Iriskulov, F.Rashidova.

  2. TKT (Teaching Knowledge Test ) Practical module.Handbook for teachers.

Internet manbaalar :

  1. CEFR Guidebook at Common European Framework of Reference for Languageswww.coe.int.

  2. Manual at Manual for Relating language examinations to the CEFR


  3. www.coe.int/.../Manuel1_EN

  4. Wikipedia entry for Common European Framework of Reference for Languages

  5. www.cambridgeenglish.org

  6. British Council/EAQUALS Core Inventory (print pages 6, 19-36)

  7. http://clients.squareeye.net/uploads/eaquals2011/documents/EAQUALS_British_Council_Core_Curriculum_April2011.pdf

  8. http://en.wikipedia.org/wiki/List_of_language_proficiency_tests

  9. http://www.english-at-home.com/grammar/relative-clauses/

  10. http://specific-english.blogspot.com/2011/07/assessment-in-esp.html

  11. http://bogglesworldesl.com/cloze_activities.htm

  12. http://www.englishprofile.org

  13. www.examenglish.com

  14. www.busyteacher.org

  15. www.islcollective.com

  16. www.teachingenglis.org

  17. www.engvid.com



Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish