41
Ko'pchilik hollarda aybdorlar qurol va vositalardan jinoyat izini yashirish va jinoyatning sodir etilishini
osonlashtirish uchun foydalanadilar. Jinoyat sodir etish quroli va vositasi bir sharoitda jinoyatni sodir etishni
osonlashtirsa, boshqa bir sharoitda ularni qo'llamasdan jinoyatni sodir etish mumkin emas. Vosita va qurolning jinoyat-
huquqiy ahamiyati quyidagilardan iborat:
a) ular jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga ta'sir qiladi;
b) ulardan foydalanish jazo tayinlash vaqtida javobgarlikni og'irlashtirishi yoki yengillashtirishi mumkin.
Vosita va qurol jinoyat sodir etish usuli bilan uzviy bog'liq, ayrim hollarda uning tarkibini belgilaydi. Ba'zan
jinoyat tarkibining obyektiv tomoni zaruriy belgilari qatoriga vosita va qurolning kiritilishi, nafaqat,
Jinoyat
kodeksining «Maxsus» qismi moddalari dispozitsiyalarini shakllantirishda, balki «Umumiy» qism moddalari
qoidalaridan ham kelib chiqadi. Vosita va qurol jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, jinoyatni yashirish va hokazolar uchun
jinoiy javobgarlikni aniqlashda inobatga olinadi.
Jinoyat vositalari va qurollari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, Jinoyat
kodeksining 202-mod-dasi, 3-qismida ko'rsatilgan hayvonot yoki o'simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzganlik
uchun javobgarlik yer, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan yoxud portlatish
qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish va hokazolar.
Bezorilik, sovuq qurol yoki kishining sog'lig'iga shikast yetkazish mumkin bo'lgan narsalarni namoyish qilish
orqali sodir etilib, sog'liqqa obyektiv
xavf solganda, Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 2-qismi bo'yicha kvalifikatsiya
etiladi. Bezorilik o'q otish qurolini namoyish qilib, ularni qo'llab yoki qo'llash bilan qo'rqitish orqali sodir etilsa, 277-
moddaning 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyat sodir etish qurollari va vositalarini to'g'ri aniqlash, nafaqat, qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilishda, balki
maxsus ushbu qurol va vositalarni musodara qilish masalasini hal etishda muhim ahamiyatga ega.
Jinoyat sodir etilgan joy
deyilganda, jinoyat boshlangan yoki jinoiy oqibat ro'y
bergan muayyan hudud yoxud
bino tushuniladi. Ayrim hollarda jinoyat sodir etilgan joy ijtimoiy xavfni qilmishning zaruriy belgisi hisoblanadi.
Masalan, ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar (Jinoyat
kodeksining 220-moddasi) (bu qilmish faqat ozodlikdan mahrum qilish muassasalaridagina sodir etilishi mumkin);
ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochish (222-mod-da) bunga misol bo'la oladi.
Jinoyat sodir etilgan joy jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo'lsa,
jinoyat kvalifikatsiyasi ham shunga asosan hal qilinadi. Masalan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni
o'tkazish maqsadini ko'zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar ozodlikdan
mahrum qilish jazosini o'tash joylarida, o'quv yurtlarida yoki o'quvchilar, studentlar o'quv, sport yoxud jamoat
tadbirlarini o'tkazadigan boshqa joylarda sodir etilganida (Jinoyat kodeksining 273-moddasi, 3-qismi) joy jinoyatni
kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida qatnashadi.
Jinoyat sodir etilgan joyning aniqlanishi jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilish masalasini hal qilishda, jinoyat
bir joyda sodir etilib, uning jinoiy oqibatlari boshqa joyda ro'y bergan
hollarda, O'zbekiston hududidan tashqarida yoki
boshqa chet davlat hududidan tashqaridagi havo, dengiz yoki daryo kemalarida sodir etilganligini hal etishda katta
ahamiyatga ega.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqt
deyilganda, nafaqat, yilning, kunning ma'lum
bir vaqti tushunilmasdan,
jinoyat sodir etgan shaxsning jinoiy javobgarligiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadigan hodisalar yuz bergan muayyan
davr tushuniladi. Masalan, jinoyatni harbiy xizmatni o'tash vaqtida, favqulodda holat vaqtida sodir etganlik, shubhasiz,
javobgarlikni kuchaytiradi. Onaning tug'ish vaqtida yoki tug'ishi hamon o'z chaqalog'ini o'ldirganida vaqt qilmishni
Jinoyat kodeksining 99-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega. Agar shaxs tuqqanidan ma'lum vaqt
o'tganidan keiyn o'z chaqalog'ini o'ldirsa, u holda uning harakatlari Jinoyat kodeksining 97-modda bilan kvalifikatsiya
qilinadi, aybdor qasddan odam o'ldirganlik uchun javobgarlikka tortiladi Jinoiy bezorilik, ommaviy tadbirlar
o'tkazilayotgan vaqtda sodir etilgan bo'lsa, Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 3-qismi, «v» bandi bo'yicha kvalifikatsiya
qilinadi.
Jinoyat sodir etish holatlari
muayyan jinoyat sodir etilayotganda mavjud bo'lgan va jinoyat sodir etgan
shaxsning javobgarligi masalasini hal etishga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatuvchi holatlarning yig'indisi. Masalan,
zaruriy mudofaa sharoitida jinoyat sodir etish, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida
zarar yetkazish, buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish, kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq
asosli tavakkalchilik
holatlari jinoiy javobgarlikni istisno qiladi yoxud jinoyatchiga nis-batan tayinlanadigan jazoni yengillashtirish uchun
asos bo'ladi.
Jinoyatni sodir etilgan vaziyat ayrim hollarda, masalan, buyruqni bajarmaslik, jangovar vaziyatda sodir etilgan
bo'lsa (280-moddaning 2-qismi); boshliqqa qarshilik ko'rsatish yoki uni xizmat vazifalarini
buzishga majbur qilish
jangovar vaziyatda sodir etilsa (280-moddaning 3-qismi), javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: