O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. 'Ishtirokchilik deb nimaga aytiladi? 
2. Ishtirokchilikning belgilarini bayon eting. 
3. Ishtirokchilar o'rtasidagi obyektiv va subyektiv bog'liqlik deganda nimani tushunasiz? 
4. Ishtirokchilarning turlarini izohlang. 
5. Ishtirokchilik va guruh tushunchalarini va ulaming farqini keltiring. 
6. Qanday jinoyatlar ishtirokchilikda sodir etilmaydi? 
7. Oddiy va murakkab ishtirokchilik va ulaming farqini tushuntiring. 
8. Uyushgan guruh va jinoiy uyushma deganda nimani tushunasiz va ulaming farqini tushuntiring. 
9. Bir kishi tomonidan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi farqlar qanday? 
10. Jinoyatda tashkilotchi (dalolatchi), yordamchilarning javobgarligi qanday hal qilinadi? 
11. Jinoyatga daxldorlik deganda nimani tushunasiz? 
12. Ekssess bajaruvchi tushunchasi va uning turlari qaysilar? 
 
 
 
12-bob. BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH 
 12.1. «Bir qancha jinoyat sodir etish» tushuochasi 
Jinoyat huquqi fanida bir qancha jinoyatlar sodir etish alohida mavzu sifatida o'rganiladi. Jinoyat qonunida bir 
qancha jinoyatlar tushunchasi berilmagan bo'lsa-da, lekin takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmuyi va retsidiv 
jinoyat tushunchalarining nazariy yig'indisi bir qancha jinoyatlar tushunchasini beradi. 
Bir qancha jinoyatlar deganda, 
shaxsning sud hukmi asosida aniqlangan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni, 
ulardan birortasi uchun sudlangan yoki sudlanmaganligidan qat'iy nazar, sodir etishi tushuniladi. 
B. Matlubov va A.S. Yakubovlar «bir qancha jinoyat» atamasi o'rniga «takroran jinoyat sodir etish» yoki 
«jinoyatlarning tak-rorlanishi» atamalarini qo'llash to'g'ri, deb hisoblaydilar
1
. Ularning fikricha, bir qancha jinoyatlar 
atamasi juda ko'p sonli degan ma'noni anglatib, ushbu atama miqdor jihatidan «jinoyatlar» so'zi bilan birgalikda 
qo'llanilganda aniq bo'lmagan miqdordagi jinoyatlar sonini anglatadi. Ma'lumki, bu institutda jinoyatlarning miqdoriy 
jihatlari mavjud bo'lib, u yuridik ahamiyatga ega. 
Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun jinoyat huquqiy ta'sir choralarini qo'llashda bir shaxs tomonidan kamida 
ikki jinoyat sodir qilingan bo'lishi kerak. Jinoyat qonuni nuqtayi nazaridan, keyingi jinoyatlar qanday miqdorda sodir 
etilganligidan qat'iy nazar, jinoiy faoliyat sifatida ifodalovchi ushbu hodisaning huquqiy tabiati o'zgarmaydi. Takroran 


74 
jinoyat sodir etish tushunchasi esa, o'z navbatida bir harakatni uchinchi, to'rtinchi va hokazo marta sodir etilishini ham 
qamrab oladi. 
Yuqorida bir qancha jinoyatlarga berilgan ta'riflardan kelib chiqib uning quyidagi xususiyatlarni ko'rsatish 
mumkin: 
1) shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq mustaqil jinoyatlarning sodir etilgan bo'lishi; 
2) har bir jinoyat sud hukmida ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Agar shaxs jinoyat sodir etgan bo'lsa, lekin jinoiy ish 
dastlabki tergov va sud tomonidan qonunda ko'rsatilgan asoslarga ko'ra tugatilgan bo'lsa (Jinoyat-protsessual 
kodeksining 83,84-mod-dalari), bu shaxs ilgari jinoyat sodir etgan hisoblanmaydi; 
3) jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinmagan bo'lishi 
(64-mod-da), ilgari chiqarilgan hukmning ijro etish muddati o'tib ketmagan bo'lishi (69-modda), sudlanganlik 
muddatining o'tib ketmaganligi yoki amnistiya akti yoxud avf etish orqali jazodan ozod qilinmagan bo'lishi kerak; 
4) har bir jinoyat tugallangan yoki tugallanmagan bo'lishi 
lozim. 
Bu xususiyatlarning jami bir qancha jinoyatlar sodir etishni tavsiflash uchun zarur va shartdir. Mazkur 
belgilardan birining mavjud emasligi bir qancha jinoyat sodir etishning mavjud emasligini ifodalaydi. Ijtimoiy 
munosabatlar tizimida bir qancha jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi uning obyektga ko'p miqdorda 
zarar yetkazishi hisobiga vujudga keladi (masalan, ikki marta o'g'irlik, ikkita odam o'ldirish, ikkita be-zorilik jinoyatni 
sodir etish). Shuningdek,»bir qancha jinoyat sodir etish orqali ikki yoki undan ortiq obyektga zarar yetkazish, masalan, 
o'g'irlik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etish mumkin. 
Bir qancha jinoyat sodir etish shaxs kamida ikkita jinoyatni sodir etganida vujudga keladi. Ularning miqdori 
bundan ham ko'p bo'lishi mumkin, biroq, ularda kamida ikkita jinoyat mavjud bo'ladi. Ikkita jinoyatning biri ma'muriy 
va intizomiy huquqbuzarlik bo'lgan hollarda esa, mazkur hodisa bir qancha jinoyat sodir etish, deb baholanmaydi. Shaxs 
tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatning sodir etilishi uning ijtimoiy xavfliligini ham oshiradi. 
Bir qancha jinoyatlar quyidagi yuridik oqibatlarga ega: 
1) jazoni og'irlashtiruvchi holat bo'lib hisoblanadi; 
2) og'irroq jazo chorasining qo'llanishiga asos bo'ladi; 
3) ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tash tartibida ularga nisbatan o'ziga xos qoidalar qo'llanadi. 
Bir qancha jinoyatlar davomli va uzoqqa cho'zilgan jinoyatlardan farq qilib, ikki yoki undan ortiq jinoyatlardan 
tashkil topadi. Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 3-qismiga muvofiq, umumiy qasd bilan qamrab olingan yagona 
maqsadga yo'naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o'xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat 
bo'lgan (davomli) jinoyat takroran jinoyat sodir etilgan, deb topilmaydi. Qonun mazmuniga ko'ra, bunday jinoyatlar 
davomli jinoyat, deb topiladi. 
Davomli jinoyatlar quyidagi belgilarga ega: 
1) bir-biriga o'xshash bo'lgan jinoyatlardan iboratligi; 
2) barcha harakatlarning bitta obyektga zarar yetkazishga qaratilganligi; 
3) ularning yagona maqsad assosida birlashganligi va shuning uchun ham yagona bir jinoyat tarkibini tashkil qilishi; 
4) qasdning yagonaligi; 
5) davomli jinoyatlarning faqat qasddan va harakat bilan sodir etilishi. 
Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 4-qismiga ko'ra, uzoqqa cho'zilgan jinoyat deganda, vazifalarni uzoq vaqt 
bajarmasdan, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan jinoyat tushuniladi. Bu jinoyatda qilmish yagona bo'lib 
uzoq vaqtga cho'zilgan. Bu jinoyat harakat yoki harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin. Harakatsizlik orqali bu 
jinoyat shaxsning huquqiy majburiyatlarini bajarmasligi orqali, harakat bilan esa qonun bilan taqiqlangan vositalarni 
saqlash orqali sodir etiladi. Uzoqqa cho'zilgan jinoyatlar aybning qasd va ehtiyotsizlik shakllari orqali sodir etilishi 
mumkin. 
Bundan tashqari yuridik adabiyotlarda sistematik va tarkibli jinoyat tushunchasi mayjud. Tarkibli jinoyat 
shunday jinoyatki (murakkab tarkibli), u ikki mustaqil jinoiy harakatdan tashkil topadi, lekin ichki birligi va o'zaro 
bog'liqligi tufayli yagona jinoyat tarkibini tashkil etadi. Masalan, nomusga tegish jinoyati ikkita bir xil bo'lmagan 
harakatdan: jismoniy zo'rlik yoki qo'rqitish va jinsiy yaqinlik qilishdan iborat. Zo'rlik yoki qo'rqitishsiz ikkinchi harakat 
ham sodir etilmaydi. 
Murakkab tarkibli jinoyatlarga bir harakat orqali sodir etila-digan, lekin ikki yoki undan ortiq oqibatlarni 
keltirib chiqaradigan jinoyatlar ham kiradi. Masalan, qasddan badanga og'ir shikast yetkazish odam o'limiga sabab 
bo'lsa, jinoyat hisoblanadi (104-mod-da). 
194 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish