73
bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qiUsh nazarda tutilgan jinoyatlar kirishi belgilangan: «O'ta og'ir jinoyatlarga
qasddan sodir etilib, qonunda o'n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o'lim jazosi nazarda tutilgan
jinoyatlar kiradi». Shaxsning tayyorlanayotgan yoki sodir qilingan jinoyat haqida qaysi organga xabar qilishining
ahamiyati yo'q, qoidaga ko'ra shaxs davlat organlari - prokuratura, militsiya, soliq inspeksiyasi, bojxona xizmati, Milliy
xafsizlik xizmatiga, shuningdek, boshqa organlarga, masalan, hokimiyat, harbiy bo'linma rahbarlariga xabar berishi
mumkin.
Ushbu jinoyatning obyektiv tomonini tahlil qilishda shaxsning jinoyatga tayyorgarhk ko'rilayotganligi yoki
sodir qilinganligi to'g'risida uning, ya'ni og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishga tayyorlanayotganligi yoki sodir
qilinganligi haqida aniq bilganligiga e'tibor berihshi kerak.
Ba'zan, jinoyatning subyekti og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishga aynan kim tayyorgarhk ko'rayotgani yoki
sodir qilinganligini aniq bilmasligi ham mumkin.
Agar shaxsda obyektiv ravishda xabar berish imkoniyati mavjud bo'lmasa, u jinoiyjavobgarlikka tortilishi
mumkin emas. Ushbu jinoyat to'g'risida xabar bermagan vaqt jinoyatning tugallangan payti hisoblanib, ijtimoiy xavfli
oqibat kelib chiqqan yoki chiqmaganligi ahamiyat kasb etmaydi. Shaxs tegishli organlarga jinoyatga tayyorgarhk
ko'rilayotganligi yoki sodir etilganligi to'g'risida aniq ma'lumot kelib tushgan zahoti xabar berishi lozim. Sudlar jazo
tayinlanayotganda tayyorgarlik ко'rilayotgan jinoyat to'grisida xabar bermaslikka nisbatan sodir etilgan jinoyat haqida
xabar bermaslik og'irroq ekanligini hisobga olishlari kerak.
Jinoyat kodeksining 241-moddasi, 2-qismida og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatlarni oldindan va'da bermasdan
yashirish to'g'risida so'z boradi. Oldindan va'da bermasdan yashirishga: jinoyatchini, jinoyat quroli va vositasini, boshqa
dalil va ashyolami yashirish kiradi. Jinoyatchini yashirish deganda, aybdorni huquqni muhofaza qilish organlaridan
yashirish uchun uni joy bilan ta'minlash tushuniladi. Yashiruvchi jinoyat quroli yoki vositasini, jinoyat izlarini ham yo'q
qilishi mumkin. Bu jinoyat qasddan sodir etiladi. Shu bilan birga aybdor og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatni yashirayot-
ganligini tushunib yetishi lozim.
Jinoyat kodeksining 31-moddasi, 3-qismida 241-moddadagi jinoyatga subyekt bo'la olmaydigan shaxslar
keltirilgan, ya'ni «Oldindan va'da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tor-tilmaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: