24
qismi muayyan moddasi dispozitsiyasida jinoyatlar sodir etilgan vaqt, joy va vaziyat asosiy mezon sifatida ko'rsatiladi.
Masalan, harbiy qism yoki xizmat joyini o'zboshimchalik bilan bir kecha-kunduzdan o'n kecha-kunduzgacha tashlab
ketilgan bo'lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 287-moddasi, 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi, agar bunday muddat bir
kecha-kunduzgacha bo'lsa, u intizomiy huquqbuzarlik hisoblanadi.
Qonunda jinoyatlarni huquqbuzarliklardan farqlovchi subyekiv belgilar: aybning shakli, maqsad va motivining
o'zgarmasligi kabi holatlar belgilab qo'yilgan. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat bo'lsa (Jinoyat
kodeksining 109-moddasi), ehtiyotsizlik orqasida badanga yengil shikast yetkazish fuqaroviy huquqbuzarlik hisoblanadi
(Fuqarolik kodeksining 1003,1004-mod-dalari).
Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqlovchi yana bir belgi —
ularning huquqqa xiloflilik xususiyati
hisoblanadi.
Jinoyatlar uchun javobgarlik ham jinoyat qonuni bilan tartibga solinadi. Bu uni boshqa huquqbuzarliklardan
farqlaydi. Boshqa huquqbuzarliklar sodir etilganida, o'sha huquq sohasiga tegishli normalar, ya'ni qonunlar emas, balki
qonunosti normativ huj-jatlardagi qoidalar ham buziladi.
Faqat jinoyat sodir etilganida sudlanganlikni vujudga keltiravchi jinoiy jazoni qo'llash mumkin, boshqa
huquqbuzarliklarning huquqiy sanksiyalari esa hech qachon «sudlanganlik»ni keltirib chiqarmaydi. Bundan tashqari,
jinoiy jazo davlatning majburlov choralarini qo'llash orqali amalga oshiriladi.
Barcha qilmishlar ham huquqbuzarlik, deb tan olinmaydi. Qonun chiqaruvchi bu borada shaxs, jamiyat va
davlat uchun ko'proq xavfli bo'lgan xatti-harakatlarni huquqbuzarlik sifatida baholaydi. Shaxs tomonidan sodir qilingan
qilmish uchun javobgarlik Jinoyat kodeksida ko'rsatilmagan bo'lsa, bunday qilmish jinoyat, deb hisoblanmaydi.
Qilmis h jinoyat qonunida huquqqa xilof, deb e'lon qilinganidan boshlab jinoyatga aylanadi, davlat esa o'z
navbatida bunday qilmishlarga qarshi jinoyat huquqiy vositalar bilan kurashish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqlashning moddiy mezoni
huquqbuzarlik oqibatida yuzaga kelgan
zarar hajmi
hisoblanadi.
Jinoyatlar hamma vaqt ham boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan jamiyatga ko'proq zarar yetkazadi,
jinoyatchilarning aybi xavfliroq, motivi o'zgarmas, qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ni sodir etish usuli esa qo'polroq,
ya'ni xavfliroq hisoblanadi.
Obyekti bir xil bo'lgan jinoyat va ma'muriy huquqbuzarliklarning, har ikkisida ham — shaxs, ularning huquq va
erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk obyekti hisoblanadi, ularni bir-biridan farqini ko'rsatuvchi asosiy belgi
«yetkazilgan zarar» miqdori hisoblanadi.
Fuqaroviy huquqbuzarlik
— jarima va zararni qoplash ko'ri-nishidagi jazo qo'llash tahdidi bilan taqiqlangan,
shaxsiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar bilan bog'liq mulkiy munosabatlarning buzilishi. Jinoyatlarni fuqaroviy
huquqbuzarliklardan turli shakldagi mulkka yetkazilgan zarar bilan bog'liq mulkka qarshi va iqtisodiyot sohasidagi
jinoyatlar ajratib turadi.
Jinoyatlarni huquqbuzarliklardan farqlashga misol sifatida oila-nikoh munosabatlari sohasida ota-onalar va
bolalarning majbu-riyatlarini keltirish mumkin. Oila kodeksiga ko'ra ota-onalar o'zlarining voyaga yetmagan yoki
muomalaga layoqatsiz voyaga yetgan, ammo yordamga muhtoj farzandlarini boqishga majbur.
Mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlar ham o'zlarining mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-
onalariga g'amxo'rlik qilishlari shart. Bunday majburiyatlarning buzilishi Jinoyat kodeksining 122, 123-moddalarida
nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Mansabdor shaxs tomonidan o'z mansab vakolatidan foydalangan holda sodir etilgan g'ayriqonuniy qilmish
shaxsning huquq va manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga
sabab bo'lsa, bunday qilmish jinoyat deb, agar bunday oqibat mavjud bo'lmasa, unda bunday qilmish
intizomiy
huquqbuzarlik,
deb hisoblanadi.
O'zboshimchalik shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga
sabab bo'lsa, (Jinoyat kodeksining 229-moddasi) jinoyat deb, bunday oqibat mavjud bo'lmasa, ma'muriy huquqbuzarlik
(Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 200-moddasi), deb topiladi.
Soliq va boshqa to'lovlami to'lashdan bo'yin tovlash ancha miqdorda sodir etilsa, jinoyat (Jinoyat kodeksining
184-moddasi), ancha miqdordan kam bo'lgan miqdorda sodir etilsa, soliqqa oid huquqbuzarlik hisoblanadi.
Demak, jinoyat boshqa huquqbuzarliklardan quyidagi belgilar bilan farq qiladi:
1) umumiy obyektiga ko'ra (jinoyatning obyekti faqat umum-insoniy qadriyatlar bo'lsa, boshqa huquqbuzarliklarning
obyekti ancha kengroqdir);
2) ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko'ra (jinoyat tufayli boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan jamiyatga
ko'proq, og'irroq zarar yetkaziladi);
3) g'ayrihuquqiyligiga ko'ra (jinoyatlar faqat Jinoyat kodeksi bilan taqiqlansa, boshqa huquqbuzarliklar qonunosti
me'yoriy hujjatlari bilan ham tartibga solinadi, g'ayriaxloqiy qilmishlar esa axloq normalarida belgilangan bo'ladi);
4) yetkazilgan zararning miqdoriga ko'ra (jinoyatlar tufayli boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan jamiyatga ko'proq zarar
yetkaziladi).
Do'stlaringiz bilan baham: