25
• jinoyatchilik kishilik jamiyatida mavjud bo'ladigan o'zining qonuniyatlariga, sifat va miqdor tavsifiga ega
bo'lgan, jamiyat va kishilar uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqaradigan va uning ustidan davlat va jamiyatning maxsus
nazorat choralari o'rnatishni talab qiladigan salbiy, ijtimoiy-huquqiy hodisadir.
Alohida ijtimoiy xavfii qilmishlaraing jinoyat ekanligi masalasi jinoyat huquqida o'rganiladi. Kriminologiya fani esa,
qilmishning jinoyat va jinoyat emasligini emas, balki jinoyatchilikni kishilik jamiyatida mavjud bo'ladigan salbiy
ijtimoiy hodisa sifatida o'rganadi.
Jinoyat huquqi jinoyatga yuridik fakt sifatida qarasa, kriminologiya jinoyatni ijtimoiy hodisa sifatida o'rganadi.
Shunga ko'ra, jinoyat huquqi bilan kriminologiya fani bir-biri bilan uzviy bog'liq ekanligi jinoyat huquqida belgilanadi.
Shunga ko'ra, kriminologiya o'zining boshlang'ich asoslarini jinoyat huquqidan oladi.
Jinoyat hodisasi
- jinoyat-huquqiy nuqtayi nazaridan o'rganil-ganda, bu hodisa inson tomonidan jinoyat qonuni bilan
taqiqlangan aktni sodir etish, deb baholanadi. Jinoyatga jinoyat huquqiy nuqtayi nazardan baho beriladigan tushuncha
jinoyat huquqi nazariyasida ishlab chiqilgan. Jinoyat huquqida sodir etilgan ijtimoiy xavfii qilmishga jinoyat tarkibi
qoidalari tatbiq etilib, jinoyat tarkibi to'rt tomondan, ya'ni jinoyatning obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va
subyektiv tomoni tahlil qilinib, qilmishning jinoyat yoki jinoyat emasligi aniqlanadi, Jinoyat kodeksidagi muayyan
moddasining belgilariga taqqoslanib ko'riladi va o'sha moddada nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan, deb topiladi.
Qilmishni jinoyat deb, hisoblash masalasi to'rt belgi bilan, ya'ni qilmishning ijtimoiy xavfliligi, huquqqa
xilofligi, jazoga sazovorligi va aybning mavjudligi belgilari bilan ifodalansa, jinoyat kriminologiya nuqtayi nazardan
o'rganilganda ikki jihatdan yondashiladi, ya'ni:
•
birinchidan
- jinoyat sodir qilgan shaxsning o'zini tavsifi va uni o'rab turgan atrof-muhit nuqtayi nazardan;
•
ikkinchidan —
jinoyatga bir marta sodir qilingan alohida akt sifatida emas, balki vaqt va makonda sodir etilgan
jarayon nuqtayi nazardan o'rganiladi.
Demak, jinoyat hodisasi jinoyat-huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilinganda, shaxsni jinoyat qonunining
muayyan moddasi bilan javobgar qilish uchun zarur bo'lgan belgilar tizimi tahlil qilinadi. Kriminologiya nuqtayi
nazardan qaralganda esa, jinoyat sodir qilishning sharoit va sabablari, jinoyat sodir etgan kishining o'ziga xos shaxsiy
xususiyatlari va jinoiy xulqning oqibatlari o'rganiladi. Shunga ko'ra, jinoyat hodisasi kriminologiya nuqtayi nazardan
tahlil qilinganda ushbu shaxs tomonidan jinoiy faoliyatni davom ettirishi yoki yangi jinoyat sodir etish mumkinligining
oldini olish uchun qanday harakatlar qilish kerakligi va boshqa shaxslar tomonidan ham shunday qilmish sodir
etilishining oldini olish uchun qanday choralar ishlab chiqish kerakligi nazarda tutiladi. Bundan tashqari, jinoyat sodir
qilgan shaxsga qonun doirasida jinoyatning oldini olishda qanday aniq choralari ko'rish mumkinligini ham belgilaydi.
Jinoyat huquqi jinoyatni jinoyat sodir qilish paytida qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso shaxs
tomonidan sodir etilgan yuridik fakt sifatida o'rgansa, kriminologiyada jinoyatchilik quyidagi belgilarda ifodalanadigan
hodisa, deb o'rganiladi:
1. Jinoyatchilik - jamiyatda mavjud bo'ladigan hodisa.
2. Jamiyat va kishilar uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqaradigan va uning ustidan davlat va jamiyatning
maxsus nazorat choralarini o'rnatishni talab qiladigan salbiy ijtimoiy hodisa.
3. Jinoyatchilik - o'zgaruvchan hodisa.
4. Jinoyatchilik - ijtimoiy-huquqiy hodisa.
Jinoyatchilik
- kishilik jamiyatida mavjud bo'ladigan o'zgaruvchan hodisa. Jinoyatchilikning holati, darajasi,
strukturasi inson taraqqiyoti davomida sifat va miqdor jihatdan o'zgarib boruvchi hodisaligi shundaki, jamiyatdagi
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquqiy o'zgarishlarga qarab o'zgarib boradi. Sifat jihatidan sodir etish usuli, uyushgan gurah
bo'lib sodir etilishi, zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalanib sodir etilishi va hokazolarda ifodalanadi.
Jinoyatchilikning ijtimoiy hodisa ekanligi shundaki, jinoyatlarning subyektlari jamiyat a'zolarining o'z ichidagi
shaxslar bo'lib, ular o'zlari bilan birga yashab turgan jamiyatdagi ijtimoiy munosa-batlarga va jamiyat a'zolariga tajovuz
qiladi. Jinoyatchilik hodisaning sharoit va sabablari ham ijtimoiy sabablar tufayli yuz beradi. Jinoyatchilik ijtimoiy
hodisa sifatida boshqa har qanday ijtimoiy munosabatlardagi iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy, ruhiy boshqaruv, huquqiy va
hokazo munosabatlar bilan bog'lanib ketgan. Shuning uchun ham jinoyatchilikning o'sishi, xususiyatlari, ijtimoiy jara-
yonlarning o'zaro aloqadorligi qarama-qarshiliklar, kriminologik vaziyatlarning miqyosi bilan belgilanadi.
Jinoyatchilik sodir etilgan jinoyatlarning oddiy yig'indisidan iborat bo'lmay, bir butun ijtimoiy hodisani tashkil
qiluvchi jinoyatlar tizimidan iborat. U o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'zining ijtimoiy munosabatlar bilan
bog'lanib ketgan. Shuning uchun uning sabablari ham ana shu ijtimoiy munosabatlarda yotadi.
Jinoyatchilik muayyan hududda, muayyan vaqt mobaynida sodir etilgan jinoyatlar jamidan iborat ekan, jinoyat
va jinoyatchilikning aloqadorligi bir qismdan bir butunga, alohidalikdan umumiylikka ega bo'lgan umumiy
qonuniyatlarga asoslanadi. Jinoyatchilikning qonuniyatlari alohida turdagi jinoyatlar orqali emas, balki uni bir butun
salbiy ijtimoiy hodisa sifatida tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Jinoyatchilikni oddiy raqamlarda ifodalab, uning mazmun va mohiyatini ochib berib bo'lmaydi. Shunga ko'ra,
jinoyatchilik kriminologiyada sifat va miqdor ko'rsatkichlari orqali ifodalanadi. Jinoyatchilikning miqdor ko'rsatkichlari
uning darajasi va dinamikasi bo'lsa, sifat ko'rsatkichlari uning strukturasi va xususiyatlaridagi o'zgarishlardir.
O'zbekiston bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tishi jarayonida uyush-gan jinoyatchilik, giyohvand vositalar bilan
noqonuniy muomala qilish, korrupsiya jinoyatlarining o'sganligi kuzatildi. Bular jinoyatchilikdagi sifat o'zgarishlardir.
Jinoyatchilikning sabablari g'oyat murakkab mavzulardan biri hisoblanib, insoniyatning ko'p ming yillik tarixida
bu salbiy ijtimoiy hodisa odamlarning eng ilg'or qismini har doim tashvishga solib kelgan. Nima sababdan odamlarning
muayyan qismi jinoyat sodir qiladi? Jinoyat sodir qilishning sababi qayerda yotadi? Bu muammo fanlarning turli
tarmoqlari mutaxassislari tomonidan jiddiy muno-zaralarga sabab bo'lib kelmoqda va hozirgi kunda ham olimlar bu
borada bir fikrga kelishgan emas. Jinoyatchilik sabablari to'g'risidagi masalalar «Kriminologiya» darsligining III
bo'limida, ya'ni 5 va 6-boblarda batafsil bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: