Zarba-kontaktli xabarlovchilarning yolg‘on
ishlashini oldini olish
Zarba-kontaktli xabarlovchilarni xato ishlashi sabablari-
dan biri OSD o‘rnatilgan oynaning mexanik tebranishi (bego-
na predmetlar bilan oynaga urish, o‘tayotgan transportdan oyna
titrashi, shamol ta’siri, chaqmoq chaqishi, past uchayotgan sa-
molyot va hokazo) bo‘lishi mumkin. Yolg‘on ishlashlarni kamay-
tirish uchun oyna qalinligini to‘g‘ri tanlab, uni butun perimetr
bo‘ylab yaxshi mustahkamlash kerak. Boshqa sabablardan ya-
na begona qurilmalarning SIB ga elektromagnit ta’sirini aytib
o‘tish mumkin. Agar OSD ulangan liniyalarga 1kVA kuchlanish-
li o‘zgaruvchan tokli reaktiv elektropriyomniklarning kommutat-
siyasi natijasida xalaqitlar bo‘lsa, SIB va OSD korpusiga elekt-
rostatik razryadlar ta’sir ko‘rsatsa, UQT (ultra qisqa to‘lqinli)
38
radiostansiyalar xalaqit bersa, xabarlovchilar tashvish xabarini
uzata olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |