10.3. Qo‘riqlash xabarlovchilarining montaji
Elektrokontaktli va magnitokontaktli xabarlovchilar ochiladi-
gan qurilish konstruksiyalarini himoyasi uchun qo‘llaniladi.
Harakatlanadigan va harakatlanmaydigan kontaktlardan tu-
zilgan elektrokontaktli xabarlovchilar har bir himoyalanayot-
gan elementga ikkitadan o‘rnatilishi kerak. Bunda bir xabar-
lovchi eshik oshiq-moshig‘iga o‘xshatib biri tepasida, ikkinchisi
esa pastida bo‘lishi kerak. Xabarlovchilar orasidagi masofa 500
mm dan kam emas. Xabarlovchining harakatlanadigan kontak-
tlari himoya qilinayotgan elementning harakatlanmaydigan qis-
mida, harakatlanmaydigan kontaktlar harakatlanadigan element-
da o‘rnatilishi kerak.
Metall qurilish konstruksiyalariga xabarlovchilarni o‘rnatganda,
ular orasida himoyalovchi «prokladka» (tekstolit, ebonit, geti-
naks, taxta va hokazolar) qo‘llaniladi.
Magnit yordamida boshqariladigan va doimiy magnitdan
tarkib topgan magnitoboshqariladigan xabarlovchilar himoyala-
nayotgan elementning ichki tomonidan bir donadan yashirin yo-
ki ochiq holatda o‘rnatiladi.
Magnit yordamida boshqariladigan kontakt harakatlanmay-
digan qurilish elementida, doimiy magnit esa harakatlanadigan
qurilish elementida o‘rnatiladi. Ular orasidagi masofa ularning
pasportlarida belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Oynali yuzalarni himoyalaganda xabarlovchilar xona ichka-
risidan o‘rnatilishi kerak. O‘rnatish joyi va xabarlovchilar so-
ni himoyalanayotgan maydon o‘lchamiga bog‘liq. Xabarlovchi-
lar himoyalanayotgan yuzada yelim yordamida, xabarlovchilarni
84
shley
f bilan ulanishi esa ochiladigan qurilish konstruksiyalari
uchun mo‘ljallangan simlar yordamida qotirilishi mumkin.
Oyna yuzasiga folga yelimlanganda havo harorati musbat
bo‘lishi kerak. Folga yo‘nalishi o‘zgargan joylarda, folga yelim-
lanishi uchun oynaga latun yoki po‘lat plastinalar o‘rnatilishi ke-
rak. Folga o‘rnatilgandan so‘ng u bo‘yaladi, bunda bo‘yoq folga
chetidan 3 mm ga chiqib turishi kerak.
Qurilish konstruksiyalarini buzishga qarshi himoyalaganda,
konstruksiyaning ichki tomonidan butun maydon bo‘yicha paral-
lel ravishda simlar tortilib, ular skobalar yordamida har 200 mm
masofada qotirilishi kerak. Himoyalovchi simlar orasidagi maso-
fa 200 mm dan oshmasligi lozim.
Himoyalovchi simlar ochiq ravishda o‘rnatilganda ular mexanik
shikastlanishlarga qarshi faner yoki orgalit bilan berkitilishi kerak.
Yashirin o‘rnatilgan taqdirda simlar devordagi pazlarga
o‘rnatilib ustidan shpatlyovka qilinib bo‘yaladi. Paz chuqurligi va
eni sim diametridan ikki barobar katta bo‘lishi kerak.
Xona ichkarisida o‘rnatilgan metall panjaralarning vertikal va
gorizontal prutlari bir juft himoyalovchi sim bilan o‘ralib chiqila-
di. Himoyalanayotgan yacheykalar o‘lchami 200 mm, po‘lat prut
diametri esa 10 mm dan kam bo‘lishi mumkin emas.
Optikoelektron, hajmli va radioto‘lqinli xabarlovchilar vibrat-
siya qilmaydigan qurilish konstruksiyalarida kronshteynlar yoki
boshqa moslamalar yordamida o‘rnatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |