«Shtorm-2» xabarlovchisining mexanik montaji
Xabarlovchi devorda yoki uning ustunda o‘rnatilishi mumkin.
Nurning o‘qi himoya zonasining markaziga yo‘naltiriladi. Xabar-
lovchining maksimal o‘rnatiladigan balandligi 3–7 metrga teng.
Himoya zonasining rasmi quyidagida keltirilgan.
«Shtorm-2» xabarlovchisining elektr montaji
Xabarlovchi 220 V o‘zgaruvchan tok manbaidan ta’minlanadi.
Asosiy tok manbai uzilgandan keyin u avtomatik ravishda 24 V
zaxira tok manbaiga o‘tadi. Xabarlovchiga 220 V asosiy, 24 V
zaxira, xabarlovchi shleyfi va «Неисправность» shleyfi ulanadi.
Kuchlanish 170 V gacha pasayganda «Неисправность» shleyfi
ishga tushadi. Xabarlovchi qobig‘i yerga ulanishi kerak.
79
24-rasm. «Shtorm–2» xabarlovchisi himoya zonasining shakli
Do'stlaringiz bilan baham: |