O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 4,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/121
Sana03.07.2022
Hajmi4,2 Mb.
#736570
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121
Bog'liq
KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2) iskasndar-converted

IKKINCHI BO‘LIM 
MATERIALSHUNOSLIK ASOSLARI 
Bu bo‘limda konstruksion materiallarning ichki tuzilishi, 
kimyoviy tarkibi va xossalari orasidagi miqdoriy hamda sifat 
ко‘rsatkichlari bog‘liqligiga oid qator masalalar o‘rnatiladi. 
V bob. MATERIALLARNING TUZILISHI, 
KRISTALLANISHI VA ALLOTROPIK SHAKL 
O‘ZGARISHLARI 
 
l-§. Umumiy ma’lumot 
 
Ma’lumki, materiallar metall va nometallarga ajratiladi. 
Nometall materiallarga sopol, shisha, plastmassa va 
boshqalar kirishib ularning atomlari fazoviy panjarada 
metallar singari ma’lum tartibda emas, balki tartibsiz 
joylanadi. Ular aniq tempe-raturada suyuqlanmaydi, qizdir- 
ganda avvaliga yumshab keyin suyuqlanadi. Shu boisdan 
ularning fizikaviy, kimyoviy, mexanikaviy va texnologik 
xossalari metallarnikidan farqlanadi. Metallarga kelsak, 
ularning turiga ko‘ra fazoviy panjaralari xili va ularda 
atomlarning joylanishi har xil tartibda bo‘ladi va ularda 
asosan quyidagi fazoviy kristall panjaralar ko‘proq uchraydi: 
1.
 
Hajmi markazlashgan elementar kub panjara. 
Bunday 
fazoviy kristall panjarada metall atomlarining 8 tasi kubning 
uchlarida, bittasi esa kub markazida joylashgan bo‘ladi (21- 
rasm, a). Bu xil fazoviy kristall panjara Fe
a
, Cr, W, V, Mo, 
Nb, Та, Li va boshqa metallarga xosdir. 
2.
 
Yoqlari markazlashgan elementar kub panjarada. 
Bunday fazoviy kristall panjarada metall atomlarining 8 tasi 
kubning uchlarida va 6 tasi kub yoqlarining markazida 


53 
joylashgan bo‘ladi (21-rasm, b). Bu xil fazoviy kristall panjara 
Fe
Y
, Al, Cu, Pb, Au, Ag va boshqa metallarga xosdir. 
3.
 
Olti qirrali (geksogonal) elementar panjara. 
Bunday 
fazoviy kristall panjarada metall atomlarining 12 tasi olti qirrali 
prizmaning uchlarida, 2 tasi ustki va ostki asoslar markazida va 3 
tasi yoqlar o‘rtasida joylashgan bo‘ladi (14-rasm, d). Bu xil 
fazoviy kristall panjara Zn, Cd, Mg,. Ni
a
, Co
a
, Ti
a
va boshqa 
metallarga xosdir. Geksogonal panjara parametrini prizma 
tomonini (a) va bo‘yini (s) harflar xarakterlaydi. 
Elementar fazoviy panjaradagi atomga eng yaqin masofada 
joylashgan qo‘shni atomlar soniga koordinatsion son 
(K) 
deyiladi. 
Masalan, hajmi markazlashgan elementar kub panjarada 
K-8, 
yoqlari markazlashgan elementar kub panjarada 
K-12 
ga teng 
bo‘ladi. 
К 
ning qiymati qancha katta bo‘lsa, atomlarning joyla- 
shish zichligi ham shuncha katta bo‘ladi. 

Download 4,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish