Ikkinchidan, AQSH hukumati va sarmoyadorlari GFRga katta iqtiso-diy yordam ko'rsatdilar. Chunonchi, birgina «Marshall rejasi» doirasida 1948— 1949-yillarda 1,4 mlrd dollar miqdorida yordam ko'rsatildi. Bu mablag' korxonalarni ilg'or texnika va texnologiya bilan qayta ta'minlash imkonini berdi.
Uchinchidan, harbiy xarajatlarning deyarli yo'qligi iqtisodiyotga zarur mablag' sarflashga imkon berdi.
Va, nihoyat, nemis xalqi yuksak vatanparvarlik va tadbirkorlik xislatlarini namoyon etdi. Bu omillar tez orada o'z samarasini ko'rsatdi. 1950-yilning oxiriga kelib esa 2,5 baravar o'sdi. 1950—1975-yillarda gaz ishlab chiqarish 60 mln kub metrdan 19,7 mlrd kubmetrga, po'lat 14 mln tonnadan 54 mln tonnaga, avtomobil 306 mingdan 4 mln donaga o'sdi. Qishloq xo'jaligi ham yuksak sufatlarda rivojlandi. G'alla hosildorligi 40 sentnerdan oshdi. 50-yillarning o'rtalariga kelganda GFRda oziq-ovqat muammosi tola hal etildi.
1950— 1964-yillar oralig'ida jami milliy mahsulot 3 baravar ko'paydi. GFR butun Germaniyaning urushdan oldingi darajasidan ko'p mahsulot ishlab chiqardi. Eksportning importdan doimo yuqori boiishi katta miqdorda valuta zaxirasi to'plashga imkon berdi. Bu borada dunyoda AQSHdan so'ng ikkinchi o'ringa chiqdi. Flin, Tissen, Siteks va boshqalarning harbiy-sanoat konsernlari o'z kapitallarini urush davridagiga nisbatan 3—4 baravar ko'paytirdilar. GFR iqtisodiyotidagi bu mislsiz o'zgarishlar «german mo'jizasi» deb nom oldi.
Ayni paytda hukumat kuchli ijtimoiy siyosat ham yuritdi. Natijada mehnatga qobiliyatli aholi amalda ish bilan deyarli tola ta'minlandi. Korxona ishchilariga arzon narxli — xalq aksiyalari sotildi. Xalq turmush darajasi keskin yaxshilandi.
K. Adenauer hukumati tashqi siyosatda G'arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH bilan yaqinlashish yoiidan bordi. 1951-yilda uning hududida okkupatsiya tartibi bekor qilindi. 1954-yilda GFRga 12 diviziya, harbiy aviatsiya va harbiy flotning cheklangan kuchlaridan iborat armiyaga ega bo'lishga ruxsat etildi. Shu tariqa harbiy sanoat oyoqqa tura boshladi.
1955-yilda GFR NATOga a'zo bo'ldi. 1956-yilda bundesverni (GFR armiyasini) «Qurollarning yangi turlari bilan qurollantirish» hamda «Umumiy majburiy harbiy xizmat haqida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar bundesverga NATOning zarbdor kuchiga aylanishiga imkon berdi. 1958-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YEIH) ga a'zo bo'ldi. YEIHga a'zo bo'lgan barcha davlatlar sanoat mahsulotining 44 foizini ishlab chiqardi. K. Adenauer hukumati ayni chog'da Sharqqa nisbatan tan olmaslik siyosatini qo'lladi. Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyin tarkib topgan chegara o'zgarishlarini tan olmadi. GDRni sovet okkupatsiyasi zonasi, deb hisob-ladi. 1955-yilda e'lon qilingan «Xalshteyn doktrinasi» ga ko'ra, GFR GDR ni tan olgan har qanday davlat bilan diplomatik aloqani to'xtatishini ma'lum qildi.
Bu qoida faqat SSSRga tatbiq etilmadi. Chunki K. Adenauer SSSR bilan munosabatning o'ta yomonlashuvi GDRni GFRga qo'shib olishga imkon bermasligini yaxshi tushunar edi. 1961-yilning avgust oyida GDR hukumati Berlin shahrining sharqiy qismini g'arbiy qismidan ajratib turuv-chi devor qurishga majbur bo'ldi. Bu devor tarixga «Berlin devori» nomi bilan kirdi.
Bu davrda GDRda sotsialistikjamiyatning inqirozi boshlangan edi.
Mavjud tuzumga qarshi qo'zg'olonlar ham ko'tarildi. Ular GDR hududiga joylashtirilgan sovet armiyasining kuchi bilan bostirildi.
Ko'plab aholi G'arbiy Berlin orqali GFRga qochib o'ta boshladi. Buning oldini olish maqsadida GDR rahbarlari, yuqorida qayd etilganidek, «Berlin devori» ni qurganlar. Bu hodisa har ikki nemis davlati o'rtasidagi munosa-batni yanada keskinlashtirdi.
K. Adenauer siyosatida norozilik kuchaydi. Natijada 1963-yil oktabrda 87 yoshli davlat rahbari iste'foga chiqdi. Uning o'rnini Lyudvig Erxard egalladi. Lekin iqtisodda pasayish ro'y berdi. Yaponiya GFRni taraqqivotda quvib o'tdi. Norozilik kuchayib, 1966-yil oktabrda Erxard iste'fo berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |