О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


Tolibonlarning hokimiyatni egallashi



Download 4 Mb.
bet213/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Tolibonlarning hokimiyatni egallashi
Mamlakat hududining 90 foizi tolibonlar nazoratiga o'tdi. Tolibonlarga qarshi kuchlar mamlakat shimoliga siqib qo'yildi. Ular endi birlashishga majbur bo'ldilar. Shu tariqa Shimoliy Alyans deb atalgan ittifoq vujudga keldi.
To'xtovsiz fuqarolar urushi Afg'onistonni narkotik moddalar yetishtirish va xalqaro terrorchilik bo'yicha jahonning asosiy markaziga aylantirib qo'ydi. Ayni paytda Afg'oniston muammosi O'rta Osiyo davlatlarida siyosiy barqarorlikni xavf ostiga qo'ydi. Terrorizm qanchalik yovuz kuchga aylanganligini 2001-yilning 11- sentabrida AQSHda amalga oshirilgan vahshiyona voqealar yana bir bor tasdiqladi.
O'zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jahon jamoatchiligi e'tiborini Afg'onistondagi fuqarolar urushini to'xtatish muammosiga qaratib keldi. Prezident I. Karimov 1993,-yildayoq BMT min- baridan turib, bu muammoni hal etishning dastlabki qadami sifatida ayrim davlatlarning muxolifat tomonlarga qurol-yarog' yetkazib berishini taqiqlash haqida qaror qabul qilishga, muxolifat tomonlarni esa Afg'oniston muam- mosini tinch yo'l bilan hal etishga chaqirdi.
O'zbekistonning Afg'oniston muammosiga munosabati
Shu maqsadda Tolibon hukumati hamda Shimoliy Alyans vakillarini muzokaralar stoliga o'tqazishga harakat qildi. Bunday uchrashuvni Toshkentda o'tkazishni taklif etdi. Va, nihoyat, 1998-yil Toshkentda «6+2» deb shartli nom bilan ataluvchi davlatlar (Eron, Pokiston, Turkmenistan, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, shuningdek, AQSH va Rossiya) vakil- larining uchrashuvini o'tkazishga muvaffaq bo'lindi. Unda tolibon va Shimoliy Alyans vakillari ham qatnashdi. Uchrashuv so'ngida «Toshkent Deklaratsiyasi» deb nomlangan hujjat qabul qilindi. Uzoq yillardan beri davom etayotgan Afg'onistonda tinchlik o'rnatish muammosini bir uchrashuv bilan hal etib bo'lmasdi. Shunday bo'lsa-da, Toshkent uchrashuvi o'tkazilishining o'zi jahon hamjamiyati e'tiborini yana bir bor bu muammoga qaratishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo'ldi.
Ayni paytda I. Karimov xalqaro terrorizmga qarshi kurash jahon jamoatchiligining asosiy vazifalaridan biri ekanligini qayta-qayta ta'kidlamoqda. Chunonchi, 1999-yilning 18—19-noyabr kunlari Istambul shahrida bo'lib o'tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining yig'ilishida xalqaro terrorizmga qarshi kurash vazifasini yana bir bor ko'tardi. I. Karimov yig'ilishda so'zlagan nutqida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash uchun BMT doirasida xalqaro markaz tuzishni taklif etdi. Terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazi mazmuniga yanada aniqlik kiritib, bu haqda, jumladan, quyidagilarni ta'kidladi: «Xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo'yishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Markazning asosiy vazifasi terrorizm ko'rinishlari bilangina emas, eng awalo, xalqaro terrorizmni mablag' bilan ta'minlayotgan, qo'llab-quvvatlayotgan, qurol-yarog' bilan ta'minlab, joylarga jo'natayotgan manbalarga qarshi kurash bo'yicha qabul qilingan qarorlarning so'zsiz bajarilishi bo'yicha faoliyatlarni muvollq- lashtirishdan iborat bo'lishi lozim».
Afsuski, I. Karimov takliflariga o'z vaqtida quloq solinmadi. Oqibatda xalqaro terrorizm 2001-yil 11-sentabrda AQSHda vahshiyona jinoyat sodir etdi. AQSHdagi fojiadan keyingina buyuk davlatlar harakatga tushib qoldilar. AQSH hukumati Afg'oniston hududiga joylashib olgan xalqaro terrorchilarni yo'qotish hamda ularni tayyorlovchi markazlarni yo'q qilishga qaratilgan harbiy operatsiyalar o'tkazish haqida qaror qabul qildi. Ayni paytda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat yordamiga umid bog'lashini bildirdi.
O'zbekiston ham xalqaro terrorizmga qarshi kurashda qatnashuvchi davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Shundan so'ng AQSH mudofaa vaziri Ramsfeld 2001-yilning oktabrida O'zbekistonga tashrif buyurdi. O'zbekiston AQSH yuk samolyotlari hamda vertolyotlari uchun bitta harbiy aerodrom ajratishi haqida kelishuvga erishdi. Bu samolyotlar faqat gumanitar hamda qidiruv-qutqaruv ishlaridagina qatnashishi qat'iy belgilandi. Shuningdek, O'zbekiston hukumati O'zbekiston hududidan Afg'onistonga havodan yoki yerdan hujum uyushtirilishiga yo'l qo'ymasligini ochiq-oydin ma'lum qildi. *
Ha, xalqaro terrorizmga qarshi kurashga har bir davlat baholi qudrat hissa qo'shmog'i zarur. Zero, terrorchilar qo'liga ommaviy qirg'in qurollari tushib qolishi xavfi borgan sari kengayib bormoqda. Agar xalqaro terrorizm bunday qurolni qo'lga kiritsa, u yanada dahshatli kuchga aylanishi muqarrar. AQSH hukumati 2001-yil 8-noyabr kuni Afg'onistondagi terrorga tayyorlovchi markazlarni yo'qotishga qaratilgan harbiy operatsiyalarni amalga oshirishga kirishdi. Bu operatsiyalar xalqaro koalitsiya yordami- da muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi. Mamlakatni H. Karzay bosh- chiligida vaqtli hukumat boshqardi va 2004-yil 9-oktabrda u Prezident qilib saylandi.
Bugungi kunda Afg'onistonda nisbatan tinch bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Lekin ahvol murakkabligicha qolmoqa. Xalqaro hamjamiyat bu borada Afg'onistonga zarur yordamni berayotir. To'g'ri, 20 yillik fuqarolar urushidan so'ng Afg'oniston iqtisodiyotini qayta tiklash, mustahkamlash, siyosiy barqarorlikni qaror toptirish ishi oson kechmaydi.


  1. Urushdan keyin Afg'onistonning ahvoli qanday edi?

  2. Afg'oniston nima uchun 50-yillarda sovet ta'sir doirasiga tushib qoldi?

  3. 1953—1963-yillarda mamlakatda qanday o'zgarishlar amalga oshirildi?

  4. 1973-yil 17-iyulidagi harbiylar davlat to'ntarishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

  5. 1978-yil aprel davlat to'ntarishi qanday oqibatlarga olib keldi?

  6. Sovet qo'shinlarining Afg'onistonga kiritilishi qanday oqibatlarga olib keldi?

  7. Nega xalqaro hamjamiyat Afg'onistonda fuqarolar urushini to'xtatishga erisha olmadi?

  8. Xalqaro terrorizmning dahshatli kuchga aylanganligini tasdiqlovchi misol keltiring.

  9. O'zbekiston xalqaro terrorizmga qarshi kurashishga qanday hissa qo'shmoqda?


Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish