О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


Aprel to'ntarishi va uning oqibatlari



Download 4 Mb.
bet212/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Aprel to'ntarishi va uning oqibatlari Armiya qismlari 1978-yilning 27-aprelida AXDP rahbarligida davlat to'ntarishi o'tkazdilar. To'n-tarishni polkovnik Abdulqodir boshqardi. Hoki-miyat Inqilobiy Kengash qo'liga o'tdi. Bu Kengashga AXDP rahbari N. M. Taraqqiy rahbarlik qildi. B. Karmal unga o'rinbosar bo'ldi. Dovud o'ldirildi. 1977-yilgi Konstitutsiya bekor qilinib, 1978-yil 30-aprel da mam­lakat Afg'oniston Demokratik Respublikasi deb e'lon qilindi. Taraqqiy o'z mavqeyini mustahkamlash maqsadida SSSR bilan munosabatni yaxshilay boshladi.
Yangi hukumat Afg'onistondagi real hayotni hisobga olmay islohotlar o'tkazishga kirishdi. Bu islohotlar SSSRda o'tkazilgan islohotlar andozasiga o'tish edi. Shuning uchun ham Afg'oniston xalqi bu islohotlarni qabul qilmadi. Ruhoniylar hukumat siyosatini islom asoslaridan qaytish, deb baholadi. Ular aholini sovetparast hukumatga qarshi kurashga chaqirdi. Millionlab xalq Pokiston va Eron hududiga qochib o'tdi. Hukumatga qarshi kuchlar ittifoqi vujudga keldi. AXDPda birlik bo'lmadi. 1978-yil 17-avgustda B. Karmal, Abdulqodir va boshqalar fitnada ayblanib qamoqqa olindi. Bu omil mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishini muqarrar qilib qo'ydi. Bu e'lon qilinmagan urushni G'arb rag'batlantirdi.
Buning ustiga AXDP ichida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Shunday sharoitda, 1979-yil sentabr oyida Taraqqiy o'ldirildi. Hokimiyatni uning o'rinbosari, suiqasd tashkilotchisi H. Amin egalladi. Mamlakatda terror va zo'ravonlik avj oldi. Aprel inqilobi shu bilan barham topdi.
Bu davrga kelib qurolli muxolifat kurashni kuchaytirdi. Ular Amin hukumatini qiyin ahvolga solib qo'ydi. Hukumat qo'shinlari nazorati ixtiyorida faqat Kobul va yana bir nechta shahar qoldi, xolos. Shunday sharoitda Afg'onistonning o'z strategik maqsadlari doirasidan chiqib ketishini istamagan SSSR avantyuraga qo'l urdi.
1979-yil 25-dekabrda SSSRning qo'li bilan Amin hukumati ag'darildi. SSSRga sodiq bo'lgan va Pragadagi elchilik vazifasidan Afg'onistonga kelgan B. Karmal prezidentlik lavozimiga o'tkazildi. 28-dekabrda SSSR o'z harbiy qismlarini Afg'onistonga kiritdi. Tez orada bu qo'shinlar soni 85 ming kishiga yetdi. Jahon jamoatchiligi SSSRning bu harakatini qattiq qoraladi. Ayni paytda sovet-amerika munosabatlari yanada keskinlashdi. 1982-yildan Jenevada bu masalada BMT komissiyasi ishladi.
Asosan Pokiston hududiga joylashgan muxolifatchi kuchlari AQSHning zamonaviy qurollari bilan qurollantirildi. SSSR qo'shinlari Afg'onistonda 10 yil turdi. Harbiy operatsiyalarda qatnashdi. Biroq u himoya qilgan rejim hech nimaga erisha olmadi. Xo'sh, nega shunday bo'ldi?
Chunki Afg'oniston hukumati sovet nusxasidagi jamiyatni qurmoqchi bo'lgan edi. Afg'onistonda bunday jamiyatni qurishning esa iloji yo'q edi. Ikkinchidan, afg'on xalqi ko'z o'ngida yangi hukumat ateistik davlat armiyasini o'z davlati hududiga kiritib katta gunohga botgan edi. Bunday hukumatni qo'llash esa undan-da katta gunoh bo'lur edi. Shu tariqa SSSR Afg'onistonda harbiy muvafFaqiyatsizlikka uchradi. Buni yaxshi anglab yetgan M. S. Gorbachyov SSSR armiyasini Afg'onistondan olib chiqib ketishga qaror qildi. Va 1989-yilning fevral oyida bu vazifa amalda bajarildi. 15 mingdan ortiq sovet jangchilari halok bo'ldi.


Fuqarolar urushining davom etishi Poytaxt Kobul shahrida'AXDP rahbarlaridan biri, 1986-yilda B. Karmal o'rniga kelgan Najibullo hokimiyatni saqlab turdi. Ayni paytda muxolifat kuchlar ham o'z hukumatini tuzdilar. Sibhatullo Mujadaddiy mamlakat prezidenti etib tayinlandi.
Muxolifat kuchlar 1992-yilda Najibullo hukumatini ag'darishga muvaffaq bo'ldilar. Najibullo BMTning Afg'onistondagi vakolatxonasida boshpana topdi. Shu tariqa SSSRning Afg'onistondagi tayanchi quladi. Jahon jamo­atchiligi 10 yil davom etgan va mamlakatni vayronaga aylantirgan, millionlab kishilar boshiga cheksiz kulfatlar solgan urush shu bilan tugadi, deb umid qilgan edi. Biroq bunday bo'lmadi. Afg'onistonda fuqarolar urushi davom etaverdi. Buning sababi muxolifat kuchlar g'alabasidan so'ng ular o'rtasida hokimiyat uchun boshlangan kurash edi. Muxolifat kuchlar Afg'onistonda yashovchi turli etnik (pushtunlar, tojiklar, o'zbeklar va boshqalar) hairfda diniy guruhlarning vakillari edilar.
Najibullo ag'darilgach, Kobul shahrini birinchi bo'lib general Ahmad Shoh Mas'ud boshchiligidagi tojiklarning qurolli kuchlari egalladi. Shu etnik guruh vakili Burhoniddin Rabboniy esa prezidentlik lavozimini egalladi.
Tojiklarning hokimiyatni egallaganligiga pushtunlar lideri Hikmatyor toqat qila olmadi. Boshqa etnik guruhlar esa o'zlari egallab kelayotgan hududda mustahkamlanib ola boshladi. Ba'zilari goh u tomon, goh bu tomon bilan kelishishga intildi. Shu tariqa fuqarolar urushi yangi bir sharoitda davom etdi. Buning oqibatida minglab begunoh tinch aholi halok bo'ldi. B. Rabboniy mamlakatning kelgusi taqdirini hal etishi lozim bo'lgan Ta'sis majlisini chaqirishni istamadi.
Bosh vazir Hikmatyor esa norozilik belgisi sifatida iste'fo berdi. Qurolli kurash yana avj oldi. Mamlakatda siyosiy vaziyat borgan sari og'irlashdi.
Mana shunday sharoitda Afg'oniston siyosiy hayotida hech kutilmagan yangi siyosiy kuch — tolibonlar (Alloh o'quvchilari) paydo bo'ldi. Ular 1994-yilning noyabr oyida kurash maydoniga chiqdilar. Xo'sh, tolibonlar kimlar edi o'zi?
Ular Afg'onistonda jamiyat hayotini sof islom asosida qayta qurish uchun kurashga bel bog'lagan diniy-siyosiy guruh vakillaridir. Ularning katta qismini fuqarolar urushi davrida yetim qolgan bolalar tashkil etardi. Sovet armiyasi Afg'onistonga kiritilgach, ular Pokiston hududida boshpana topgan edilar. Urush davrida Pokistonga qochib o'tgan 5 mln afg'on qochoqlar farzandlarining ham ma'lum qismi tolibon guruhiga jalb etilgan. Tolibonlar Pokiston harbiy mashq maktablarida puxta tayyorgarlikdan o'tganlar. Zamonaviy qurollarning deyarli barchasi bilan mukammal muomala qila olishga o'rgatilgan. Tolibonlar rahnamosi diniy fanat (vahhobiy) Mulla Umar edi. U ismoiliylik va vahhobiylik vakili edi. Tolibonlar Pokiston va Saudiya Arabistoni tomonidan qo'llab- quwatlandi. Xalqaro terrorist Usama ben Laden bilan mustahkam aloqa bog'ladilar. To'xtovsiz qonli urushdan charchagan aholining katta qis­mi ularni qo'llab-quvvatladi. Tolibon qurolli kuchlari 1995-yilning yanvar oyida hujumga o'tdilar. Tolibonlarga qarshi kuchlar orasidagi o'zaro kelishmovchilik ularga qo'l keldi. 1996-yilning oktabr oyida tolibonlar Kobul shahrini egalladi. So'ng ular jamiyatni to'la islom- lashtirish siyosatini yurita boshladilar.
Dunyoviy maktablar yopildi. Ayollar paranji yopinishga, erkaklar soqol qo'yishga majbur etildi, qarshilik ko'rsatganlar ayovsiz jazolandi. 1997- yilning iyunida ular muxolifat kuchlarni (asosan tojik Ahmad Shoh Mas'ud va o'zbek Abdurashid Do'stum harbiy kuchlarini) tor-mor etish yo'lida urushni davom ettirdi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish