О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet211/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________

14-mavzu: Afg`oniston Respublikasining tashkil etilishi. Afg`onistonda aprel to`ntarishi va uning oqibatlari.
Reja:

  1. Afg`onistonda urushdan keyingi ahvol

  2. Afg`oniston Respublikasining tashkil etilishi.

  3. Afg`onistonda aprel to`ntarishi va uning oqibatlari.

  4. Afg`onistonda fuqarolar urushining davom etishi

  5. Afg`onistonda tolibonlarning hokimiyatni egallashi.

  6. O`zbekistonning Afg`oniston muammosiga munosabati

Urushdan keyingi ahvol Afg'oniston konstitutsiyaviy-monarxiya davlati edi. Davlat boshlig'i qirol hisoblangan.Urushdan keyingi yillarda ham M. Zokirshoh (1933-yilda taxtga o'tirgan) qirol edi. Uning hukmronligi davrida mamla-kat ichki hayotida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yuz bermadi. Mam-lakat hayotida o'rta asrchilik munosabatlari hukmronligicha qolaverdi.Urush yillarida ichki siyosiy hayot keskinlashdi. 1946-yilda kabinet almashuvi bo'lib, hukumatga qirolning tog'asi Shoh Mahmud boshchilik qila boshladi.
Tashqi siyosatda dastlab AQSH bilan yaqinlashish boshlandi.Ammo AQSH janubdagi irrigatsiya inshootlarini vaqtida (1949) tugallamay qo'shimcha mablag' talab qildi Afg'onistonni noqulay vaziyatda 39,5 mln dollarlik asoratli zayom olishga majbur qildi. Shu sababli ko'p o'tmay bu siyosat o'zgara boshladi. Buning ustiga AQSH va Buyuk Britaniya betaraf Afg'onistonni harbiy-siyosiy ittifoqlar-ga jalb etishga urinishlari, ikkinchi tomondan esa, afg'on-pokiston munosabatlaridagi keskinlikning vujudga kelishi ahvolning chigallashuviga sabab bo'ldi. Ma'lumki, Pokistonning Afg'oniston bilan chegara hududlarida pushtun xalqi yashaydi. Buyuk Britaniya bu hududlarni ham Pokiston hududiga qo'shib yuborgan edi. Afg'oniston pushtunlarga (Afg'oniston aholisining katta qismini pushtunlar tashkil etadi) taqdirini o'zi belgilashi huquqi berilishi tarafdori edi.
1955-yilda Pokiston Afg'oniston tovarlarining Pokiston hududi orqali o'tkazilishini taqiqlab qo'ydi. Bunday sharoitda SSSR o'z hududi Afg'oniston tashqi savdosida tranzit vazifasini o'tashi mumkinligini ma'lum qildi. 1955-yilda bu masala xususida sovet-afg'on bitimi imzolandi. M. Zokirshohning 40-yillik hukmronligi davrida mamlakat taraqqiyoti o'ta sekin rivojlandi. Mamlakatda atigi 300 ta katta-kichik sanoat korxonasi qurildi, xolos. (Uning 140 tasi SSSR yordami bilan qurilgan.) Buning oqibatida mamlakat qoloqligicha, aholi turmush darajasi esa pastligicha qola berdi.
Afg'oniston Respublikasining tashkil etilishi Mamlakatda Afg'onistonni zamon ruhiga monand davlatga aylantirishni istovchi davlat arboblari ham yo'q emas edi. Bu arboblardan biri — qirolning qarindoshi Muhammad Dovud edi (1908—1978). U 1953-yildan 1963-yilgacha Bosh vazir lavozimida ishladi. Dovud iqtisodning davlat yo'li bilan boshqarilishi, mamlakat ichki hayoti-ni erkinlashtirish tarafdori edi. 1956-yilda hukumat 5 yillik reja qabul qildi. Unda asosiy e'tibor sanoat, transport, qishloq xo'jaligiga qaratildi. 1959-yilda ayollarning chodra yopinib yurishi bekor qilindi.
Dovud hukumati boshlagan o'zgarishlar islohotga qarshi kuchlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Bu kuchlar mamlakat hayotida chuqur o'zgarishlarga tayyor bo'lmagan aholi katta qismiga tayanar edi. Natijada, Dovud 1963-yilda iste'fo berishga majbur bo'ldi.
Dovud hukumatidan keyingi hukumatlar ham (Muhammad Yusuf 1963— 1967, Nur Ahmad Etimodi 1967-1971, M. Shafiq 1972-1973) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida biror jiddiy o'zgarish qila olmadilar. Aksincha, iqtisodiy qiyinchilik kuchaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash qiyinlashdi. Mamlakatda kuchaygan ijtimoiy-iqtisodiy muammo-lar oxir-oqibatda hukmron doiralarda bo'linish yuz berishiga olib keldi.
Shunday sharoitda, 1973-yilning 17-iyulida harbiylar davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Hokimiyat Afg'oniston markaziy qo'mitasi qo'liga o'tdi. Uning tarkibi, harbiylardan tashqari: fuqaro arboblaridan ham iborat edi. Ularga sobiq bosh vazir Dovud rahbarlik qildi. Markaziy qo'mita Dovudni davlat boshlig'i va bosh vazir etib tayinladi. Shu tariqa monarxiya quladi. Afg'oniston Respublika deb e'lon qilindi.
To'ntarish ro'y bergan vaqtda Zokirshoh chet el (Italiya) safarida edi. U avgust oyida o'zining taxtdan voz kechganligini e'lon qildi. Dovud 5 yil davlatni boshqardi. Biroq u mamlakat hayotida tub o'zgarishlar qila olmadi. Uning siyosati eski tartib manfaatlariga to'la javob beradigan qatlamlar — ruhoniylar, katta yer egalari, davlat amaldorlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Ikkinchidan esa, Dovud mamlakatda o'z rejimini o'rnatishga intildi. Chunonchi, u 1964-yilgi Konstitutsiyani bekor qildi. Parlamentni tarqatdi va yakka partiyaviy tizimni joriy etdi. Bu rasmiy partiyaga uning o'zi rahbarlik qildi. 1976— 1978-yillarda hukumat mavjud tartibga qarshi kuchlarni qata-g'on qilishni kuchaytirdi. Terror va qatag'ondan mamlakat harbiylari orasida ham ta'sirga ega bo'lgan Afg'oniston xalq-demokratik partiyasi ham chetda qolmadi (AXDP 1965-yilda tuzilgan edi).
Dovud rejimi diniy-ekstremistik kuchlar bilan yaqinlashdi. Rejim bu kuchlardan o'z raqiblariga qarshi kurashda foydalandi. Bu yo'l Dovud re-jimiga qarshi ikki guruh muxolifatini vujudga keltirdi. Ularning biri diniy muxolifat, ikkinchisi harbiy muxolifat bo'ldi. Harbiy muxolifat AXDP bilan yaqin aloqani o'rnatishga erishdi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish