O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________
4-mavzu: XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr boshlarida
Bolgariya Respublikasi
Reja:
Bolgariyada sotsializmning qaror topishi;
Sotsializm inqirozi. Demokratiyaning qaror topishi
1944-yil 9-sentabrda Bolgariyada Vatan fronti hukumati tuzilib, unga K. Georgiyev boshchilik qildi. 20 yillik emigratsiyadan 1945-yil noyabrda mamlakatga qaytib kelgan G. Dimitrov Xalq majlisi raisligiga saylandi. 1945-yil noyabrda fashizmga yon bosganlar mulki milliylashtirildi. 1946-yil martda agrar islohot o'tka-zildi.
1946-yil 15-sentabrda Bolgariya Xalq Respublikasi deb e'lon qilindi va yangi hukumatga G. Dimitrov boshchilik qildi. Mamlakatda sovet namunasidagi sotsializm qurish boshlandi. 1947-yilda barcha mulklar milliylashtirildi.G. Dimitrov 1949-yil iyul oyida, uning o'rniga kelgan V. Kolarov esa 1950-yil yanvarda vafot etdi. Davlat va partiya boshlig'i lavozimini G. Chervenkov egalladi. Uning shaxsiga sig'inish iqtisodiyotga katta zarar yetkazdi. Sanoat o'sishi, aholini zarur mahsulotlar bilan ta'minlash darajasi pasaydi. Bir qator shaxslar qatag'on qilindi.
1954-yil martida partiya rahbarligiga Todor Jivkov keldi. G. Chervenkov hukumat boshlig'i lavozimidan ozod qilindi, uning o'rniga A. Yugov tayinlandi. Todor Jivkov 1962-yilda A. Yugov o'rnini ham egalladi. U 1971-yil iyulidan mamlakat Prezidenti lavozimiga saylandi va diktaturasini o'rnatdi. Mamlakat hokimiyat tuzilmalarida urug'-aymoqchilik avj oldi.
T. Jivkov davrida yangilanish va zamonaviy texnika hamda texnologi-yalarni joriy etish, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning samarador-ligini oshirish uchun xo'jalik va boshqaruv tizimi o'zgartirib borildi. Mehnat intizomining qattiqlashuvi oylik maosh va nafaqalarni oshirish, ijtimoiy iste'mol fondlarini kuchaytirish hamda yangi uy-joylar qurilishi bilan qo'shib olib borildi. Mamlakatda sanoat o'sdi, AESlar qurildi, qishloq xo'jaligi va shaharlar yangi qiyofaga kirdi. Mamlakat 0'IYOK ishida faol qatnashdi.
Ammo ishlab chiqarish samaradorligi deyarli o'zgarmadi, yuksak texnologiyalarni uning asosiy kuchiga aylantirishga muvaffaq bo'linmadi. Investitsiyalar qisqara bordi, milliy boylikning o'sish sur'atlari, mehnatkashlar turmush darajasi pasaydi. Mamlakatda korrupsiya kuchaydi. 80-yillarning ikkinchi yarmida aholining keng qatlamlari tuzumdan norozi bo'laboshladi. Sovet davlatidagi qayta qurishni T. Jivkov norozilik bilan qarshi oldi. U 1987-yilda Bolgariyani SSSR tarkibiga qo'shib olishni so'radi, lekin sovet rahbariyati bunga rozi bo'lmadi. Shundan so'ng T. Jivkov mamlakatda «sotsializmning yangilangan modeli»ni qurishga kirishdi.
1988-yildan boshlab hech qanday tayyorgarliksiz korxonalarning o'zini o'zi boshqarishi to'g'risida, qishloq joylarda o'zini o'zi mablag' bilan ta'minlashni tashkil etish haqida farmonlar chiqardi va dunyo bozori narx-larini joriy qildi. Ammo bu ahvolni yanada murakkablashtirdi.
1989-yil 10-noyabrda T. Jivkov o'z lavozimidan chetlashtirildi, sud qilinib, qamoq jazosiga hukm qilindi. 1996-yildan uy qamog'ida saqlanadigan bo'ldi. 1990-yil yozidagi saylovlardan so'ng Jelyu Jelev prezidentlik lavozimini egalladi. Lekin ishlab chiqarishning pasayishi, inflatsiyaning o'sishi, oziq-ovqat tanqisligi kuchaydi. 1996-yil kuzidagi saylovlarda mamlakat prezidentligiga P. Stoyanov saylandi. 2001-yilgi saylovlarda Georgi Parvanov g'alaba qildi.
Bolgariyada Yevropa lttifoqi bilan yaqinlashish, bozor iqtisodi qonun-larini joriy etish natijasida milliy valutaning kuchayishi va inflatsiyaning susayishi ta'minlandi. Aholi sotsialistik xomxayollardan qutulabordi.
B/B/B jadvali
-
Do'stlaringiz bilan baham: |