О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet181/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Tashqi siyosat Hindiston tashqi siyosatida muhim muammolar-dan biri Pokiston bilan munosabatlardir. 1947-yildan beri Kashmir masalasida ikki mamlakat janjal qilib keladi. Deyarli har 10 yilda qurolli to'qnashuvlar bo'lib turadi. Hindiston tashqi siyosatida tinch-totuv yashashning o'zi tashabbuskor bo'lgan besh tamoyiliga (pancha chila — 1955-yilgi Bandung konferensiyasida Osiyo xalqlari o'rtasida xalqaro munosabatlarga asos qilib olingan) amal qiladi. (qarang: Xitoy mavzusi). J. Neru SEATO va SENTO bloklarining tuzilishini qoraladi. U bir qancha mahalliy janjallarni tinchitishda o'z hissasini qo'shdi.
Sovet davlati Hindistonga 60 dan ortiq sanoat korxonalarini qurishda yordam berdi. Harbiy texnika bilan ta'minladi. Qo'shilmaslik harakatining rahbarlaridan biri va «olti mamlakat guruhi» a'zosi bo'lmish Hindiston qurollanish poygasini to'xtatishga, qurolsiz-lanishga, yadro urushi xavfini yo'q qilishga, kosmosni harbiylashtirishga yo'l qo'ymaslikka, yangi xalqaro iqtisodiy tartib o'rnatishga qaratilgan muhim takliflar bilan bir necha bor xalqaro maydonga chiqdi.
Hindiston Hind okeanini tinchlik zonasiga aylantirish yo'lidagi kurashga salmoqli hissa qo'shdi. AQSHning Diyego-Garsiya harbiy oroliga bazasini joylashtirishiga qarshi chiqdi. Yangi mustamlakachilikka, irqiy kamsitish va aparteidga qarshi faol kurashib keldi. Hindiston Janubiy Osiyo mahalliy hamkorligi uyushmasi (SAARK) faoliyatida ishtirok etmoqda. Shri Lanka va Janubiy Osiyodagi ahvolni yaxshilashga muhim hissa qo'shmoqda.
Hindiston — O'zbekiston munosabatlari O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasidagi aloqalar mustaqillikdan oldin ham ancha rivojlangan edi. O'zbekiston mustaqilligidan keyin bu aloqalar yangi bosqichga ko'tarildi. Ikki mamlakat o'rta­sidagi munosabatlarning rivojlanishida O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga tashrifi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Sho'rolar zamonidagi mavjud tamoyillarni buzib, Hindiston bilan mustaqil hamkorlikni kengaytirishga birinchi bo'lib kirishdi.
Natijada Hindiston bilan O'zbekiston o'rtasida birinchi marta teng huquqli mamlakatlar kabi iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitimlar tuzildi.
Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda zamona-viy mehmonxonalar qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid qilish uchun 1993-yilda Hindiston 10 mln dollar mablag' ajratdi.
1993-yil may oyida Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, havo yo'llarini ochish, yangi zamonaviy mehmonxonalar qurish bilan shug'ullanuvchi hind — o'zbek qo'shma korxonalarini ochish haqida 10 ta bitim tuzildi. Undan tashqari hind firmalari respublikamizdagi sheriklari bilan jami 100 mln dollarlik mahsulot yetkazib berish bo'yicha 15 ta savdo shartnomasiga imzo chekishdi.O'zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishda hindlar katta yordam ko'rsatmoqda. Bunlng uchun Surxondaryoda maxsus qo'shma korxona tashkil etildi. O'zbekiston FAning yigirmadan ortiq ilmiy-tadqiqot instituti Hindistondagi sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda.«O'zbeksanoat» davlat assotsiatsiyasi Hindistonning «Xabargrup» firmasi bilan yiliga 4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurdi. Hindistonning «Modi», «Rotan», «Shri eksport» va boshqa firmalari O'zbekistonda katta obro' qozondi.2005-yil aprel oyida Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo'ldi. 2004-yilda Hindiston bilan O'zbekiston o'rtasida tovar ayirboshlash 150 mln dollarga yetdi. 1993-yildan beri 800 ga yaqin o'zbek mutaxassislari axborot texnologiyalari, bank ishi, kichik biznes yo'nalishlari bo'yicha Hin­distonda ta'lim olishdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun 45 ta shartnoma imzolangan.
Shunday qilib, Hindiston — hozirgi kunda metall quyish, to'qimachilik, mashinasozlik, tog'-kon ishlari, neftni qayta ishlash, elektronika, ximiya sanoati tez rivojlanayotgan mamlakat. U 2004-yilda 12,5 mlrd dollarlik axborot texnologiyalarini xorijga eksport qildi.Yalpi ichki mahsulotning 30 foizi qishloq xo'jaligiga to'g'ri keladi.-Hin­diston g'alla bilan o'zini o'zi to'la ta'minlaydi. Sholi yetishtirishda dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Turli texnik ekinlarini katta miqdorda yetishtiradi. Lekin mamlakat janubida millionlab odamlar qashshoqlikda yashaydi. Eng muhim muammo — inflatsiyaning kuchayishi va tashqi qarzning o'sishidir.



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish