93
1
. Terrorizm to‘g‘risida qanday tushunchaga egasiz?
2
. Terrorchi so‘zining ma’nosini bilasizmi?
3.
Sodir etilgan terrorilik ishlariga misol keltira olasizmi?
O‘quv materiallarining mazmuni.
4-ilova.
Terrorchilik harakati sodir etilgandagi harakatlar
.
Terrorizm
– umuminsoniy va davlat ahamiyatiga
molik masalalarni hal etish
yo‘lida asosiy to‘siqlardan biri bo‘lish uchun harakat qilayotgan zamonamizning o‘ta
xavfli jamiyatlaridan biridir. Bu jarayonga nisbatan samarali qarshi turish uchun,
avvalo terrorizmning mohiyatini,
uning sabablari, yuzaga kelish shartlari va
omillarini tushuntirib olish zarur.
Terrorizmning usullari.
Terrorchilar o‘z maqsadlari yo‘lida quyidagi usullardan
foydalanadilar:
– uylarni, binolarni, jamoat transportlarni, do‘konlarni, bozorlarni, odamlar
gavjum va ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni portlatish;
– tinch aholini garovga olish;
–
qurol- yarog‘ ishlatish bilan odamlarni o‘ldirish;
– o‘t qo‘yish;
– epidemiya tarqatish;
–
zaharlanish;
–bosqinchilik;
Qo‘poruvchilik harakatlaridan qanday saqlanish mumkin?
Terrorchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun turli usullardan foydalanadilar.
SHuni nazarda tutib, yurtimizda barqarorlikni ta’minlash, uning ravnaqi yo‘lida halol
qilayotgan har bir pok niyatli respublikamiz fuqarosi hushyor va sergak bo‘lishi, talab
etiladi. Ana shundagina sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz voqealarning oldini
olish mumkin. Har bir fuqaro ko‘chada, jamoat transportda, bekatlarda .uylar eshigi
oldida, ma’muriy binolarda,
odamlar gavjum joylarda, bozorlarda, do‘konlarda,
ommaviy yig‘inlar bo‘ladigan joylarda, qarovsiz qoldirilgan transport, sumka, paket,
quti, jomadon va boshqa buyumlarga e’tibor berish lozim.
Ushbu buyumlar tashqi jihatidan chiroyli, kishini o‘ziga jalb qiladigan bo‘lishi
mumkin. Lekin birgina hushyorlikni unutib qilingan nojo‘ya harakat o‘nlab
insonlarning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun ham ogohlikni bir zum unutmagan holda:
– agar qarovsiz yotgan buyumni jamoat transportida ko‘rib
qolsangiz,
atrofingizdagilardan kimning buyumi ekanligini so‘rang, hech kim javob bermasa,
darhol haydovchiga xabar bering;
– agar qarovsiz yotgan buyum uy eshigi oldida yoki yo‘lakda bo‘lsa, qo‘ni-
qo‘shnilardan kimning buyumi ekanligini so‘rang, egasi topilmasa,
darhol uyingiz
yaqinidagi militsiya bo‘limiga xabar bering va topilmani ko‘rgan vaqtingizni belgilab
qo‘ying;
– agar qarovsiz yotgan buyum ma’muriy bino oldida yotgan bo‘lsa, darhol
ma’muriyatga xabar bering;
– agar qarovsiz yotgan buyum bozorda yoki do‘kon bo‘lsa, zudlik bilan militsiya
bo‘limiga yoki ma’muriyatga xabar bering;
94
– bozorlarda, do‘konlarda, temir yo‘l vokzallarda,
bekatlarda, aeroportlarda va
avtovokzallarda begona shaxslarning narsalarini, ya’ni sumka, paket,
diplomat,
jamoadan va shu kabi buyumlarni qarab turishni yoki biror manzilga olib qo‘yish
tavsiya etilmaydi, chunki, uning ichida qo‘lbola portlovchi kurilma(modda) bo‘lishi
mumkin;
– bolalar bog‘chasiga kelgan kichkintoylar o‘zining o‘yinchog‘ini uyda qoldirib
kelgan bo‘lsa va o‘yinchog‘ini sizga olib kelinadigan bo‘lsa, bu o‘yinchoqni olish
tavsiya etilmaydi, chunki uning ichida qo‘lbola portlovchi qurilmalar(modda) bo‘lishi
mumkin;
Yuqorida aytilgan hollarda va shunga o‘xshash hollarda topilgan buyumga:
– tegish;
– joyidan qo‘zg‘atish;
– ichini ochish; qat’iyan man etiladi.
Shubhali buyum oldiga mutaxassislar etib
kelgunga qadar hech kimni
yaqinlashtirmaslik kerak, iloji boricha shubhali buyum atrofida to‘planganlarni
uzoqroq masofaga borishni iltimos qiling (so‘rang).
Shubhali buyum ichida qo‘lbola portlovchi qurilma yoki portlovchi modda
bo‘lishi mumkin, shuning uchun quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan uzoqlikka borish
tavsiya etiladi:
– RGD-5 granatasi……………………. 60 metr
– F-1 granatasi………………………. 200 metr
– Trotil shashkasi (200 gramm)…….. .50 metr
– Trotil shashkasi (400 gramm)…….. .60 metr
– MON-50 minasi…………………….100 metr
– Quti………………………………….150 metr
– Paket……………………………… 100 metr
– Avtoulov……………………………1000 metr
Do'stlaringiz bilan baham: