106
bilim olishidagi faoliyatlarini faollashtirib ijodiy muhitni yuzaga keltiradi degan xulosaga
kelish asoslidir.
Hozirgi kunda ta’lim muassasasining turidan qat’iy nazar mashg‘ulot
rahbarining innovatsion faoliyati, ta’lim muassasasi pedagogikasining bosh
muammolaridan biridir.
Shu jihatdan ta’lim muassasasi o‘qituvchisi innovatsion faoliyatining
shakllanish konsepsiyasi, innovatsiyaning ijtimoiy-madaniy va hayot-faoliyati
aspektlari haqida bahslar yuritilib kelingan va kelinmoqda.
Ta’kidlash joizki, har bir mashg‘ulot rahbari tavsiya etilgan texnologiyalarni
samara beradiganini tanlay olishi, shu bilan birga o‘quvchilar faolligini oshirishida
ularning ish faoliyati shakllarining tashkil etishda mashg‘ulot rahbarining pedagogik
mahorati va bunga ijodiy yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘tkaziladigan mashg‘ulot uchun mashg‘ulot rahbari pedagogik innovatsion
texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun quyidagilarni inobatga olib ish
tutishi to‘g‘ri bo‘ladi;
– o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarning xususiyatlarini;
– o‘quv materialining mazmunini murakkab yoki aksincha murakkab emasligi;
– o‘quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasini;
– o‘quv-moddiy baza va moddiy texnik ta’minotning ahvolini.
Bu borada mashg‘ulot rahbarining o‘z faoliyatiga tanqidiy qarashi, samarasiz
bo‘lib qolgan eski uslublardan voz kechib, ta’lim berishning ilg‘or yangi uslublarini
qo‘llashda o‘z ustida mustaqil ishlashi va orttirilgan tajribalarga tayanishi muhimdir.
Endilikda ta’lim berishdek mas’uliyatli vazifalarni uddalash uchun mashg‘ulot
rahbari zamon talabidan kelib chiqib ta’lim berishdagi tashkiliy va uslubiy faoliyat
jarayoni bo‘yicha faktlarni tahlil qilishi, umumlashtirish va shu asosda ilmiy xulosa
chiqara olishi, ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishda kasbiy
mahoratini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishiga to‘g‘ri keladi.
Xulosa qilib aytilganda, texnologiyalashtirishning yangidan-yangi usullari
ilmiy-texnik taraqqiyot ishlab chiqarish sohasi bilangina cheklanib qolmay,
ta’limning barcha sohalariga ham kirib kelishi, axborotlar hajmining keskin
ko‘payishi, fan va texnika taraqqiyotining keskin o‘sishi, ayniqsa raqibni aniqlash
tizimi masofadan avtomatik boshqariluvchi datchiklar, retranslyatorlar va axborotni
qayta ishlash markazlari jihozlanib bo‘lgan bir davrda harbiy ta’lim tizimini asosiy
halqasi bo‘lgan mashg‘ulotni mazmunan isloh qilish hamda mashg‘ulot rahbarining
faoliyatini yuksak darajada takomillashtirib borish zaruriyatini vaqtning o‘zi talab
qilib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: