O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


  4-dars ishlanmasi........................................................................ 71-89  3.3.5



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/106
Sana09.04.2022
Hajmi1,81 Mb.
#539253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK

3.3.4. 
4-dars ishlanmasi........................................................................ 71-89 
3.3.5. 
5-dars ishlanmasi........................................................................ 90-104 
Xulosa
........................................................................................................
 
105-106 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
...........................................................
 
107 
GLOSSARIY
...........................................................................................................
 
108-117 



KIRISH 
 
“…bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga
ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, 
hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan 
islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri – bularning 
barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan 
yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi 
bilan 
chambarchas 
bog‘liqligini 
barchamiz 
anglab 
etmoqdamiz”. 
 
Islom Karimov 
 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tizimi va uning 
mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ygani bejiz emas. Zero, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni har 
tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar 
dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, 
jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni 
nazarda tutadi. 
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs 
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini 
yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish 
Respublikada 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarning 
asosiy 
maqsadi 
va 
harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, 
texnika va texnologiya sohasidagi yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning 
mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy 
qilish va o‘zlashtirish lozimligi ko‘p marta takrorlanib, ularni o‘quv muassasalariga 
olib kirish zarurligi uqtirilgan. Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan
mintaqamizning 
ijtimoiy-pedagogik 
sharoitiga 
moslashgan 
pedagogik 
texnologiyalarni yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqda. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan biri – ta’lim jarayonida yangi 
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash hisoblanadi. 



Respublikamizda bu borada keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda. Ushbu 
muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos 
jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi.
Prezidentimiz Islom Karimov Kadrlar tayyorlash milliy dasturi haqida fikr 
yuritar ekan, “Tafakkur” jurnalining bosh muharriri savollariga bergan javobida 
ishonchim komil, agar bu islohotni amalga oshirsak, tez orada hayotimizda ijobiy 
ma’nodagi “portlash effekti”ga, ya’ni uning samaradorligiga erishamiz, deb 
ta’kidlagan edi. 
Ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga 
chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi. 
Oldimizda turgan har qanday vazifani bajarishda, maqsadlarga erishishda 
jamiyatimizning har bir a’zosi qo‘shadigan hissa “portlash effekti”ga olib keladi. 




Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish