O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TA’LIM TO‘G‘RISIDA
UMUMIY QOIDALAR
Ushbu qonunning maqsadi. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim,
tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini
belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy
huquqini ta’minlashga qaratilgan.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari ushbu qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi muno-
sabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan
ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasidagi
qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa,
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |