O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Download 465,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/64
Sana18.09.2021
Hajmi465,45 Kb.
#177424
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
Bog'liq
pedagogika. TORAYEVA

Savol va topshiriqlar

1. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan talablarning ortib borishi nima bilan

bog‘liq?

2. Kasbiy layoqatlilik deganda Siz nimani tushunasiz?

3. O‘qituvchining asosiy sifatlarini sanab bering.

KASBNI RIVOJLANTIRUVCHI O‘YINLAR

O‘yinlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, oliy o‘quv yurtigacha

va oliy o‘quv yurtining boshlang‘ich davrida quyidagi o‘yin-

lardan foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi. Bular reprezentativ profes-

sional faoliyatga bog‘liq holatlar:

— variativ usul — mazkur faoliyat uchun variant tanlash,

muomalalik, o‘qituvchining ish faoliyatini o‘rganishga mo‘ljal-

langan hamda asosiy masalalarni yechishga qaratilgan vazifalar

kiradi.

— moslashuv usuli — muayyan bir masalani yechish usulini

qo‘llashdan iborat bo‘lib, bu usul ishning  yakunida aniq bir

pedagogik faoliyatga moslashish kerak bo‘ladi;

— evristik usul — masalaga mustaqil va yangicha yondashish.

Masalan, dars jarayonini metodik tahlil qilish; alternativ reja

tuzish; ma’lumotni qabul qilish, tushunish, tashqi olamga

ishonchni rivojlantirish; o‘z-o‘ziga hurmatni oshirish; o‘ziga

berilgan bahodan kelib chiqib ish sharoitini yaxshilash. Har

bir yangilikning yechimini topish. Shunday holatlarda insonning

o‘ziga o‘zi ishonishi yaxshi natija beradi va tortinchoqlik yo‘qoladi.

O‘qituvchi kirib kelayotgan yangilikni qabul qiluvchi va o‘z

hayotiga tatbiq qiluvchilardan biridir. O‘qituvchi o‘z faoliyatini

o‘zgartirishda novator bo‘lishi lozim.

Psixologiya tizimining o‘z mexanizmi, ya’ni identifikatsi-

yasi bor. Identifikatsiya — bu inson kechinmasining o‘ziga

xosligidir. Shunday ekan, har bir o‘qituvchi yangilikni olib

kiruvchi, rivojlantiruvchi novator bo‘lib hisoblanadi. U yan-

gilikni qabul qilib olar ekan, uning natijasini yaxshi tomonga

buradi va uni hayotga tatbiq qiladi.




35

Psixologiyaning har bir usuli ko‘rib chiqilar ekan, turli

xulosalarga kelinadi.

Himoya usullari.

Antiðedagogik baryer — adabiyotda qadriyat, odatni hayot-

da tatbiq qilish, o‘qituvchining o‘zligini anglashidir. Uni qabul

qilish usullari quyidagicha tavsiflanadi:

1. Masalan, bizda bir yangi fikr bor. Bu fikrdagi yangilik,

eskisi bilan qanday o‘xshashligi solishtiriladi.

2. Buni biz bajara olmaymiz. Nega?  Chunki biz bunda sal-

biy javobga loyiq ijobiy bazaga ega emasligimizga  tayanamiz.

3. Bu yangilik hech qanday o‘zgarishga olib kelmaydi.

Bunda guruhga bo‘lib o‘qitishning ta’siri o‘zgarishga olib kel-

maslik fikri bor.

4. Bu yangilik qo‘shimcha ish yuritishni talab etadi. Ish

tajribasidagi kamchiliklar ishlab chiqiladi.

5. Bu yangilikning eskisidan unchalik farqi yo‘qdir.

6. Yana qo‘shimcha ma’lumotlar kirita olish usullari bo‘lsa,

kiritiladi.

Òajribada boshqa maktablarning bu yangilikka kiritgan

o‘zgartirishi bilan tanishib chiqish.

Bu yangilikning ish sharoitiga tatbiq qilish metodikasi

ishlab chiqiladi.

1. Yangilik haqidagi hujjatni ishlab chiqish.

2. Kerakli tomonini alohida yoritish.

3. Eksperiment sifatida qo‘llash.

4. Salbiy metod muhokamasi.

5. Ikkala natijani solishtirish.

Insonning yangilik oldidagi qo‘rquv fikrining salbiy ta’siri

bo‘ladi. Bu pedagog o‘zi tanlagan uslubini tatbiq qilishda ta’sir

qiladigan to‘siqlar hisoblanadi.

Bunday izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, fikriy o‘yin model-

lashtirilishda o‘quv faoliyati ijodiy o‘quv faoliyatiga o‘tadi.

O‘yin modellashtirilishi bolaning fikrlash doirasini kengay-

tiradi va  kelgusi faoliyatiga ijobiy  ta’sir ko‘rsatadi.




Download 465,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish