jarayonidan boshlanadi. Kollejning o‘quv reja va fanlar bo‘yicha
nazarda tutiladi.
qo‘llashga ham imkon beradi. Bunday mashg‘ulotlar tanlangan
giya fani bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etiladi. Ilmiy jamiyat
yo‘nalishga ega bo‘lgan jamoa ishlarida ishtirok etadilar. Talabalar
ahamiyatga ega. Bu amalyot 1, 2- kurslarda amalga oshiriladi.
33
talabalarni maktabga o‘rgatish, o‘qituvchilik kasbidan xabardor
qilib borishdir, qolaversa, uzluksiz amaliyot kasb tanlashga
yo‘llash vazifasini ham o‘taydi. Bunday amaliyotlar birinchi
kursning o‘zidayoq: tanlagan kasbim to‘g‘rimi? Shu kasbni
egallashga menda imkoniyat va xohish bor edimi, degan savollarga
javob qaytarish imkoniyatini beradi. Bunday amaliyot davomida
talabalar maktab va sinf jihozi, sinf o‘qituvchisining ish tartibi,
plan-konspekti, o‘quvchilar tarkibi, ularning uy sharoitlari,
darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganligi kabilar bilan
tanishadilar. O‘qituvchining darslarini kuzatadilar, sinfdan va
maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda o‘qituvchiga yordam
beradilar, maktabda kuni uzaytirilgan guruhlari bo‘lsa, shu
guruh tarbiyachilari ishi bilan tanishib boradilar. Ota-onalar
majlislarini tayyorlashda va o‘tkazishda o‘qituvchiga yordam
berishadi. Xulosa qilib aytganda, uzluksiz pedagogik amaliyot
talabalarni o‘quv-pedagogik amaliyotga tayyorlab boradi.
O‘qituvchining kasbiy shakllanish jarayonida maktab rahba-
riyati va jamoatchiligi katta rol o‘ynaydi. Yosh o‘qituvchilarga
tajribali o‘qituvchilarni biriktirib qo‘yish, ularning darslarini
kuzatish, metod birlashma ishlariga jalb etish maktab rahba-
riyatining vazifasidir. Maktabda o‘qituvchining o‘z ustida
ishlashiga, ilmiy-nazariy va metodik bilimlarini tinmay oshirib
borishiga katta ahamiyat beriladi. O‘qituvchi asta-sekin o‘z
kasbini o‘zlashtirib borish bilan birga, ota-onalar o‘rtasida
pedagogik bilimlarni targ‘ib etadi.
O‘qituvchilik kasbiga kirish va pedagogik mahoratni egallash
jarayoni uni maktab o‘qituvchilari jamoasiga kiritib, unda o‘z
o‘rnini topib keta olishiga bog‘liq. Jamoaning yordamidan yuz
o‘girmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushmay, o‘z
xatolarini ko‘ra bilish va uni yo‘qotish uchun harakat qilish
uning o‘qituvchi bo‘lib shakllanishidan darak beradi.
Shu bilan birga, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishga, o‘z ustida
tinmay ishlashga harakat qilish kasbiy fazilatlarning ajralmas
qismi hisoblanadi.
„O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’limi muassasalari
pedagog kadrlarning attestatsiyasi to‘g‘risida“ Nizom ishlab
chiqildi va bu Nizom 1993-yil 12-avgustda Vazirlar Mahka-
masining qarori bilan tasdiqlandi. Attestatsiya o‘qituvchilar va
boshqa pedagog xodimlarga mehnatlarining pirovard natijasiga
3 — Pedagogika
34
ko‘ra ish haqi olish imkonini, agar pedagog ta’lim va tarbiya
jarayonida yaxshi ishlasa, uning mehnati e’tibordan chetda
qolmasligiga kafolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: