O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet26/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Oltin tanga standarti. Oltin standarti birinchi marta XVIII asrda Angliyada va XIX asrning oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin monometalizmi, deb ham ataldi. Ol­tin tanga standarti oltin standartining ilk ko‘rinishidir. Bu standart I Jahon urushi boshlanishiga qadar hukm surdi.

Oltin tanga standartiga xos bo‘lgan belgilar quyidagilardan iborat bo‘lgan: tovarlarning baholari faqatgina oltinda o‘lchanishi; oltin tanganing muomalada bo‘lishi; davlat xazinasi tomonidan cheklanmagan miqdorda moneta zarb qilinishi; kredit pullarni ularning nominali bo‘yicha oltinga erkin almashtirilishi; oltinni olib kirish yoki olib chiqishning taqiqlanmaganligi; ichki bozorda oltin moneta va banknotalar bilan birga haqiqiy qiymatga (ya’ni to‘la haqiqiy qiymatga) ega bo‘lmagan chaqalar va ma’lum kursga ega bo‘lgan davlat qog‘oz pullarining muomalada bo‘lishi.

Bu tizim mustahkam pul tizimi bo‘lib, inflatsiyani inkor etar edi. Muomala uchun zarur bo‘lmagan oltin miqdori yana xazina ko‘rinishiga qaytar edi. Ammo kapitalizmning krizisi davrida bu muvozanat izdan chiqdi. I Jahon urushi davrida AQSHdan boshqa urushayotgan davlatlar banknotalarni oltinga almashtirishni va ol- tinni chetga olib chiqishni bekor qilishdi. Oltin muomaladan surib chiqarilib xazinaga aylantirildi. AQSHda esa oltin monetalar 1934-yilga qadar muomalada bo‘ldi.

  1. Oltin quyma standarti. I Jahon urushidan keyin, 20-yillarda ba’zi mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy qilindi. Bu standart- ning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda ediki, muomala- dagi banknotalar 12—12,5 kg atrofidagi oltin quymalarga almash- tirilardi. 12,5 kg.li quymaga banknotani almashtirish uchun An- gliyada 1700 ft. st., Fransiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan oltin muomaladan xalqaro aylanmaga chiqarildi. Ichki ay- lanmada esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldor- lar ega bo‘lib qoldilar, xolos.

  2. Oltin deviz standarti. Oltin quyma standartga kirmagan mam- lakatlarda banknotalarni bevosita oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o‘z kredit pullarini oltin quyma standartga kiruv- chi mamlakatlarning devizlariga (ya’ni valutalariga) almashtirish- ni mo‘ljallagan edilar. Bu bir mamlakat valutasining ikkinchi davlat valutasiga bog‘liqligini keltirib chiqarar edi. Pul tizimining bu ko‘rinishi oltin deviz standarti nomini oldi.

1929—1933-yillardagi inqirozdan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartining ba’zi elementlarini oltin dollar standarti o‘zida olib qoldi. Bu standartning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSH dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi, xolos. 1971-yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartining barcha ko‘rinishlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

Oltin standarti barbod bo‘lishi va iqtisodiyot davlat ishtirokida boshqarilishiga o‘tilishi bilan metall pul nazariyasi boshqa nazariya bilan almashtiriladi. Neometalizmning asosiy kamchiligi shundaki, ular iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi bilan oltinga almashtirilmaydigan kredit pullar orasida ichki bog‘liqlikni e’tiborga olishmadi.

  1. Pulning nominallik nazariyasi

Nominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar ta’limotida yuzaga kelgan bo‘lib, bu ilk nominalizmdir. Birinchi nominalistlar tanga tarkibini buzish (tanganing og‘irlik miqdorini kamaytirish)ni ko‘r-ko‘rona madh etuvchilar bo‘lishgan. Yemirilib ketgan tan- galarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir xilda yurgan- ligiga asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki nomi- nali muhimdir, deb da’vo qilib chiqishdi.

Nominalizm XVTI—XVni asrlarda pul muomalasi to‘la qim- matga ega bo‘lmagan tangalar bilan to‘lgan davrda shakllandi. Xud- di shu to‘la qimmatga ega bo‘lmagan tangalar (qog‘oz pullar emas) ilk nominalizm asosida yotar edi. Xuddi metallizm nazariyasi sin- gari ilk burjua nominalizm vakillari ham Angliyadan chiqdi. Bular yepiskop, faylasuf idealist J. Berkli (1683—1753) va iqtisodchi J. Styuart (1712—1780) lardir.

Nominalistlar quyidagicha xulosaga keldilar: pulni davlat bunyodga keltiradi, pulning qiymati uning ko‘rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Yangi paydo bo‘lgan bu nazariya nominalizm deb atala boshlandi. Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo‘yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar edi. J. Berkli pul aslini olganda marka, uning qanday materialdan yasalganli- gining va nimani aks ettirishining qanday ahamiyati bor, degan g‘oyani oldinga surdi. U mehnat qiymat nazariyasini va pulning tovarlik tabiatini rad etdi. Pulning umumiy qiymat ekvivalenti si- fatida obyektiv ravishda paydo bo‘lish mohiyatini tushunmay, nominalistlar uning qiymati davlatning subyektiv xohishi va iro- dasiga bog‘liqligini ilgari surishdi.

Nominalistlar pulning qiymat o‘lchovini va baholar masshtabini aralashtirib yuborishdi. J. Styuart pulni teng bo‘lgan bo‘laklardan iborat masshtab sifatida aniqladi. Shu bilan birga, agar buning asosida masofa mavjud bo‘lsa, geografik masshtabni tushunish va ishlatish mumkin. Agar u qandaydir og‘irlikka ega bo‘lsa, mah- sulot og‘irligini o‘lchash mumkin. Shu kabi pul ham qiymat o‘lchovi funksiyasini bajarishi uchun tovar bilan qandaydir jinsdoshlikka ega bo‘lishi kerakligini qayd qilib o‘tdi.

Nominalizmning keyingi rivojlanishi (asosan, Germaniyada) XIX asr oxiri va XX asr boshiga to‘g‘ri keladi. Bu davr nomina- listlarining asosiy namoyandalaridan bin G. Knap (1842—1926) edi. G. Knap o‘zining «Davlat pul nazariyasi» (1905) asarida aytishicha, pulning davlat tomonidan belgilanadigan sotib olish qobiliyati mavjud. Shu sababli ham, pul davlat tomonidan yarati- ladi. Bu nazariyani esa davlat pul nazariyasi deb ataydi.

G. Knap va uning izdoshlari oldingi nominalistlardan farqli o‘laroq, o‘z nazariyalarini to‘la qimmatga ega bo‘lmagan tangalarga emas, balki qog‘oz pullarga asoslagan edi. G. Knap pul massasini tahlil qilishda davlat xazina biletlari va almashinadigan tangalarni- gina e’tiborga oldi. Kredit pullari (veksel, chek, banknota)ni alo- hida tushuncha deb qarab, ularni o‘z tadqiqotlari doirasidan chiqa- rib tashlaydi. Bu ularning katta xatosi edi. Nominalistlarning asosiy kamchiligi shundaki, ular pulning mohiyatini uning huquqiy asosidan izladilar.

  1. Pulning miqdoriy nazariyasi

Miqdoriy nazariya XVI—XVIII asrlarda merkantilistlarning konsepsiyasiga javoban paydo bo‘ldi. Bu nazariyaning asoschisi fransuz iqtisodchisi J. Boden (1530—1596) edi. U birinchi bo‘lib, Yevropada o‘sha davrda yuz bergan «baholar revolutsiyasi»ni ochib berishga harakat qildi. Baholarning sakrashiga sabab, Yevropaga Amerika qit’asidan oqib kelgan qimmatbaho metallar bo‘lganligini tushuntirdi. XVI—XVIII asrlarda Yevropada oltin miqdori 1500-yilda bo‘lgan oltin miqdoridan 16 marta ko‘payib ketgan edi. J. Boden baholarning o‘zgarishi muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi deb tushuntirdi. Shu sababli ham, bu nazariya miqdoriy nazariya degan nom oldi. Ammo ilk miqdoriy nazariya tarafdorlari pul miq- dorining bahoga bo‘ladigan ta’sirini qanday yo‘llar bilan va qaysi hollarda bo‘lishini aniq ochib bera olmadilar.

XVIII asrga kelib, bu nazariyani inglizlar D. Yum (1711— 1726) va J. Mill (1773—1836) hamda fransuz Sharl Monaskyo (1689—1755) rivojlantirishdi. Ingliz iqtisodchisi, faylasuf, ruh- shunos va tarixchi D. Yum o‘zining subyektiv idealistik qarash- lari bilan qiymat substansiyasi tushunchasini rad etdi. Amerika- dan qimmatbaho metallarning oqib kelishi va baholarning oshishi orasidagi to‘g‘ri proporsional bog‘lanishni ko‘rsatmoqchi bo‘lib, «pul qiymatini uning miqdori belgilaydi» fikrini ilgari surdi. D. Yumning fikricha, tovarlarning bahosi va pulning qiymati muomalada bo‘lgan tovar va pul hajmi bilan aniqlanadi. Muoma­ladagi pulning ko‘payishi dastlab bir tovar bahosining oshishiga, so‘ngra ikkinchi tovarning va oxir-oqibatda barcha tovarlar bahosi­ning muomaladagi pul miqdoriga proporsional ravishda oshishiga olib keladi. Mana shu pulning miqdoriy nazariyadagi pul massasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi:

Pul massasining _ Baholar darajasining

o‘sish sur’atlari o‘sish sur’atlari

Demak, tovarlar bahosi hamisha pul miqdoriga to‘g‘ri pro- porsional bo‘ladi. Haqiqatda esa, yangi oltin va kumush konlari- ning ochilishi bilan bu metallar kamroq ijtimoiy mehnatni o‘zlarida aks ettira boshladi. Shunday qilib, miqdoriy nazariya vakillarining fikrlari shunda ediki, pulning sotib olish qobiliyati xuddi baho kabi (yangi tovar bahosi kabi) bozorda aniqlanadi; muomalada barcha chiqarilgan pullar bo‘ladi; pulning sotib olish qobiliyati pul miqdoriga teskari proporsional va baholar o‘zgarishi pul miq­doriga to‘g‘ri proporsional tarzda gavdalanadi.

Miqdoriy nazariya tarafdorlari pulning faqat muomala vosi- tasi ekanligini ko‘ra oldi, xolos. Ularning ta’kidlashicha, pul va tovar massalarining to‘qnashishi natijasida baholar belgilanadi hamda pulning qiymati aniqlanadi. K. Marks D. Yumni tanqid qilib: «Uning asosiy xatosi shundaki, u «pul muomalaga kirayot- ganda qiymatga ega emas, tovar esa bahoga ega emas» degan noto‘g‘ri taxminda edi», deb yozgan edi.

Ularning ikkinchi xatosi shunda ediki, hamma pul massasi faqat muomalada bo‘ladi, deb qarashgan. Aslida, qiymat qonuniga muvofiq, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlovchi iqtisodiy qonun mavjud. Muomalada bo‘lgan haqiqiy naqd pulga, har qanday pul miqdori emas, balki shu davr uchun zarur bo‘lgan, to‘lov muddati uzaytirilgan, hisob-kitoblar va pul birik- malarining aylanishida band bo‘lgan pullar kiradi.

Miqdoriy nazariya xazinaning metall pul muomalasida stixiyali regulator ekanligini rad etadi.

  1. Pul nazariyasining yangicha talqin qilinishi

Zamonaviy miqdoriy nazariya qog‘oz pullar muomalasiga asoslanadi. Bu nazariya A. Marshall, amerikalik I. Fisher, shved- lar G. Nassel va B. Xansen, iqtisodchi A. Pigu, monetarist M. Frid­man tadqiqotlarida o‘z aksini topdi. Amerikalik iqtisodchi, statist va matematik I. Fisher (1867—1942) pulning miqdoriy nazariyasiga yangi sifat kiritdi. U pulning mehnat qiymatini rad etdi va pulning «sotib olish quvvati»ga asoslandi.

Miqdoriy nazariyani matematik yo‘l bilan isbotlamoqchi bo‘lgan I. Fisher pulning «sotib olish quvvatiga» ta’sir etuvchi olti omil- ni ko‘rsatdi:

M — muomaladagi naqd pul massasi;

V — pulning aylanish tezligi;


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish